|
-rasm. Avtomatik rostlagich tizimining bir konturli berk funksional sxemasi
|
bet | 21/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni4.4-rasm. Avtomatik rostlagich tizimining bir konturli berk funksional sxemasi.
Datchiklar sodda (bevosita ta‘sir etuvchi) va murakkab (bilvosita ta‘sir etuvchi) bo’ladi. Sezgir element bilan datchik bir bo’lgan qurilma bevosita ta‘sir etuvchi datchik hisoblanadi. Bilvosita ta‘sir etuvchi datchiklarda esa bu elementlar mustaqil ishlanadi. Datchik ishlab chiqargan rostlanuvchi kattalikning ayni qiymati haqidagi ma‘lumot avtomat rostlagichning kirishiga keladi. Ayni vaqtda shu ma‘lumot ko’rsatuvchi, jamlovchi (integrallovchi), kayd qiluvchi, signal beruvchi yoki kombinatsiyalashgan ikqilamchi o’lchash asbobini kirishiga ham keladi. Rostlagich texnologik rejimni saqlab turadi. Tizimda avtomatik rostlagich bo’lsa ikqilamchi asbobning bo’lish shart emas. Lekin avtomatlashtirishda odamning vazifasi o’lchash asboblari, rostlagichlar va ijro etuvchi mexanizmlarning ishini nazorat qilishdan iborat bo’lgani uchun, ARTda ko’pincha ikqilamchi o’lchash asbobidan foydalanish nazarda tutiladi. Yuqorida aytilganidek ba‘zan, rostlagichlar va o’lchash asboblari bir korpusda ishlanadi, bunday rostlagichlar asbob turida bo’ladi.
Avtomatik rostlagich tarkibiga solishtirish bloki kiradi. Bu datchik va zadatchik signallarini algebraik jamlash (integrallash) operatsiyasini bajaradigan qurilmadir. Solishtirish bloki o’zining chiqishida ayni va berilgan qiymatlar ayirmasiga teng qiymatli signalni, ya‘ni tengsizlik qiymatini ishlab chiqaradi. SHuning uchun, solishtirish blokiga keladigan signallarning fizik xossalari bir xil bo’lish kerak.
Zadatchik - o’zining chiqishida rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymatiga mutanosib signal ishlab chiqarishga mo’ljallangan qurilma. Ammo tengsizlik signalining quvvati, odatda, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini harakatga keltirish uchun kamlik qiladi. SHuning uchun, avtomatik rostlagich orqali amalga oshiriluvchi rostlash qonuniga muvofiq, bu signal kuchaytirilib tuzatiladi. Bu operatsiyani kuchaytirgich va tuzatuvchi blok bajaradi. Rostlanuvchi kattalik bilan kirish signali o’rtasidagi funksional bog’lanishga rostlash qonuni deb ataladi.
Signal avtomatik rostlagichning chiqishidan ijro etuvchi mexanizm kirishiga keladi. Rostlagichning buyruq signalini o’zidagi rostlovchi organning tegishli signaliga o’zgartiruvchi qurilma ijro etuvchi mexanizm deyiladi.
Ko’rilgan bir konturli ART uchun rostlash tizimi konturining yopiq holati xarakterlidir. Bu tizimning yana bir xususiyati uning detektorlash qobiliyatiga egaligi hisoblanadi. SHuning uchun, rostlash konturidagi, ta‘sir faqat bir yunalishda bo’ladi. Funksional belgilariga ko’ra avtomatik rostlash tizimidagi elementlarni quyidagi guruhlarga bo’lishi mumkin:
1) sezgir elementlar; 2) datchiklar; 3) solishtirish elementlari; 4) topshiriq bergich yoki boshqaruvchi elementlar (zadatchik); 5) o’zgartiruvchi elementlar (biror fizik xossalarga ega bo’lgan signallarni ikkinchi xil fizik xossalarga ega bo’lgan signallarga aylantirishga mo’ljallangan); 6) kuchaytirgichlar; 7) tuzatuvchi elementlar (tizimni talab qilingan dinamik sifatlar bilan ta‘minlaydi); 8) ijro etuvchi elementlar; 9) stabilizatorlar (tizimning ish paytida berilgan fizik kattalik tebranishlarini stabillashga mo’ljallangan); 10) signallarni uzatish uchun xizmat qiladigan taqsimlagichlar (turli elementlarni bir-biriga ketma-ket ulashga mo’ljallangan); 11) hisoblash elementlari (konkret texnologik masalalarini echish va ma‘lum matematik operatsiyalarni bajarishga mo’ljallangan).
|
| |