• Stabilashtiruvchi ARS larda
  • Dasturiy ARS larda
  • Kuzatuvchi ARSlarda
  • ARS larni boshqarish vazifasining maqsadiga va elektr signal xarakteriga ko‘ra turlari




    Download 5,68 Mb.
    bet22/71
    Sana05.06.2024
    Hajmi5,68 Mb.
    #260470
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71
    Bog'liq
    0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni

    ARS larni boshqarish vazifasining maqsadiga va elektr signal xarakteriga ko‘ra turlari.

    ARS larning asosiy o‘ziga xos jihati ularda boshqarish obyekti avtomatlashtirish sistemasining tarkibiy elementi sifatida qaraladi.


    Boshqarish masalasining asosiy maqsadiga ko‘ra ARS lar quyidagi turlarga bo‘linadi:

    • Stabillovchi;

    • Dasturiy boshqarish;

    • Kuzatuvchi sistemalar.

    Stabilashtiruvchi ARS larda rostlanuvchi kattalikning qiymati doimiy bo‘ladi. Bu sistemalarda rostlagichning vazifasi rostlanuvchi kattalikni muayyan, mutloqo doimiy qiymatida saqlash va texnologik jarayonni stabillashtirish hisoblanadi. Bu holda texnologik reglament talablariga ko‘ra rostlanuvchi kattalikning qiymati doimiy bo‘ladi. Hozirda bunday ARS lar keng tarqalgan.

    -rasm.
    Dasturiy ARS larda oldindan ma’lum bo‘lgan qonunga ko‘ra o‘zgaradigan qiymatli rostlanuvchi kattalik mavjud bo‘ladi. Bu sistemada rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati rostlagichning topshiriq beruvchi bloki orqali ma’lum qonun bo‘yicha ishlab chiqariladi.


    -rasm.
    Kuzatuvchi ARSlarda rostlanuvchi kattalik vaqt mobaynida oldindan ma’lum bo‘lmagan qonun asosida o‘zgaradi va qandaydir tashqi erkin jarayon orqali aniqlanadi. Bunday sistemalarda rostlagichning vazifasi rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati ikkinchi mustaqil kattalik qiymatini aniq takrorlashdan (yoki uni kuzatishdan) iborat.


    -rasm.
    Shu bilan birga ARS larning optimal, ekstremal va adaptiv sistemalar kabi turlari ham mavjud. Rostlanuvchi kattalikning qiymati rostlagich tamondan berilsa yoki optimal qiymatda saqlansa, bunday sistema optimal rostlash sistemasi deyiladi. Ba’zan texnologik jarayon o‘tishining optimal sharoitini tajriba o‘tkazmasdan, avvaldan aniqlash qiyin bo‘ladi. Shunda ekstremal sistema tanlangan optimallik mezoniga muofiq ravishda sharoitlarni topish va ularni saqlash vazifasini amalga oshiradi.


    Xarakteristikalari o‘zgargan texnologik jarayonlarning o‘tishi optimal bo‘lgan sharoitlarni topib, ularni amalga oshiruvchi sistemalarni adaptiv ARSlar deyiladi.
    Rostlanayotgan kattaliklar soniga ko‘ra sistemalar bir o‘lchovli (bir rostlanuvchi kattalik) yoki ko‘p o‘lchovli (bir necha rostlanuvchi kattaliklar) bo‘lishi mumkin.
    ARS lar shuningdek uzluksiz va uzlukli (diskret) turlarga bo‘linadi. Uzluksiz ARSlarda rostlanuvchi kattalik sistema zanjiri bo‘yicha uzluksiz o‘zgaradi va rostlanuvchi ob’ektga nisbatan rostlovchi miqdorning uzluksiz ta’sirini hosil qiladi.
    Uzlukli rostlash sistemasida rostlanuvchi kattalikning uzluksiz o‘zgarishi boshqaruvchi va ijro etuvchi zvenolarga vaqti-vaqti bilan ta’sir etadi.
    Uzlukli sistemalar o‘z o‘rnida impulsli va releli (pozitsion) sistemalarga bo‘linadi. Agar sistemaning rostlovchi ta’siri o‘tayotgan vaqtning muayyan davrlarida beriladigan bir qator impulslardan iborat bo‘lsa, bu sistema impulsli rostlash sistemasi bo‘ladi. Bu sistemalarda impulslar parametrlari (amplituda, uzunlik va ishora) tengsizlik miqdoriga bog‘liq.
    Agar ARS tarkibiga biror rele harakatidagi element kirsa, bu sistema releli rostlash sistemasi deyiladi. Rele elementining chiqish signali pog‘onasimon bo‘lib, kirish signali biror muayyan qiymatga yetganda, u bir marta qayd qilingan holatdan ikkinchisiga o‘tadi. Rele elementlarining chiqish signali qayd qilingan qiymatlari soniga ko‘ra ARSlar ikki yoki ko‘p pozitsion bo‘ladi.
    Iste‘mol qilinadigan energiyaning turiga ko’ra avtomatik rostlash tizimi elementlari elektrik, pnevmatik, gidravlik va kombinatsiyalashgan bo’ladi. Avtomatik tizimlarning xususiyatlari ularning elementlari xususiyatlariga bog’liq. Har bir elementning umumiy va asosiy xarakteristikasi uning o’zgartirish koeffitsienti, ya‘ni element chiqish kattaligining kirish kattaligiga bo’lgan nisbatiga teng. Avtomatika tizimlarining elementlari qiymat va sifat o’zgarishlarini bajaradi. Qiymat o’zgartirishlar kuchaytirish, stabillash va boshqa koeffitsentlarni nazarda tutadi. Sifat o’zgartirishlarda bir fizik kattalik ikkinchisiga o’tadi. Bu holda o’zgartirish koeffitsienti element sezgirligi deyiladi.
    Avtomatika elementining yana bir muhim xarakterkasi – element (kirish kattaligi o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan) chiqish kattaligining o’zgarishidan hosil bo’lgan o’zgartirish xatoligi hisoblanadi. Bu xatolikga sabab atrof-muhit temperaturasining ta‘minlash kuchlanishining o’zgarishi va hokazolar bo’lishi mumkin. Element xarakteristikalarining o’zgarishi natijasida paydo bo’lgan xatolik nostabillik deb ataladi.
    Ba‘zi elementlarning kirishi va chiqish kattaliklari o’rtasida ko’p qiymatli bog’lanish mavjud. Bunga quruq ishqalanish, gisterezis va boshqalar sabab bo’lishi mumkin. Bunday kattalikning har bir kirish qiymatiga uning bir necha chiqish qiymatlari mos keladi. Sezgirlik chegarasining mavjudligi shu hodisa bilan bog’liq.


    1. Download 5,68 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




    Download 5,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ARS larni boshqarish vazifasining maqsadiga va elektr signal xarakteriga ko‘ra turlari

    Download 5,68 Mb.