|
-mavzu. Boshqarish obyektlarining vaqt xarakteristikalarini olish va approksimasiyalash
|
bet | 25/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni5-mavzu. Boshqarish obyektlarining vaqt xarakteristikalarini olish va approksimasiyalash.
Reja.
Rostlash obyektlarining o‘tish xarakteristikalari. O‘tish xarakteristikalarini olish usullari.
O‘z-o‘zini to‘g‘irlovchi va to‘g‘irlamaydigan bir sig‘imli rostlash obyektlarining o‘tish xarakteristikasi.
Ko‘p sig‘imli rostlash obyektlarining o‘tish xarakteristikalari.
Rostlash obyektining impuls xarakteristikalari.
Rostlash obyektlarining o‘tish xarakteristikalari. O‘tish xarakteristikalarini olish usullari.
Rostlash sistemalarining element tarkibini, rostlash qonunini tanlash, rostlash jarayonining talab etilgan sifatini ta’minlash ko‘p jihatdan ARS elementlarining va asosan rostlash ob’ektining dinamik xususiyatlari orqali aniqlanadi. Rostlash ob’ektining dinamik xususiyatlarini aniqlash uchun ob’ektning o‘tish xarakteristikasi, impuls xarakteristikasi, chastota xarakteristikalari kabi xarakteristikalaridan foydalaniladi.
Dinamik xarakteristikalar odatda tajriba natijasida aniqlanadi. Agar tajriba xarakteristikalarini olishga imkon bo‘lmasa ARSning o‘zini tutishini differensial tenglama orqali xarakteristikalash orqali tuzilgan matematik modellash usulidan foydalaniladi.
Boshlang‘ich shartlar nolga teng bo‘lganda kirishiga beriladigan birlik pog‘onali signalga ob’ektning ko‘rsatadigan reaksiyasiga o‘tish xarakteristikasi deyiladi. Rostlash ob’ektining o‘tish xarakteristikasini olish uchun birlik pog‘onali signal rostlash ob’ektiga yoki rostlagichga berilishi mumkin.
O‘tish xarakteristikasi o‘tish xarakteristikasi tugashi uchun qiymati va vaqt bo‘yicha davomiyligi yetarli bo‘lgan ta’sir berish mumkin bo‘lgan sinovlar yoki sozlash vaqtida olinadi. O‘tish xarakteristikasining tugashi deganda rostlanayotgan parametrning stabillashuvi yoki uning o‘zgarish tezligining stabillashishi tshuniladi.
|
| |