1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari




Download 5,68 Mb.
bet33/71
Sana05.06.2024
Hajmi5,68 Mb.
#260470
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71
Bog'liq
0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni

Kaskad ARS
Kaskad sistemalarni rostlash kanali bo‘yicha katta inersionlikka ob’ektlarni avtomatlashtirishda qo‘llaniladi. Bu holda rostlash sistemasiga ikki rostlagich ulanadi: ob’ektning asosiy chiqishi y ni stabillashtirishga mo‘ljallangan asosiy (tashqi) rostlagich; yordamchi koordinata y1 ni rostlashga mo‘ljallangan yordamchi (ichki) rostlagich. Yordamchi koordinata o‘ta xavfli g‘alayonlarga nisbatan inersionligi kamroq bo‘lgan koordinata bo‘lib, unga nisbatan ham ob’ektning asosiy chiqishiga ta’sir etuvchi rostlovchi ta’sirlar qo‘llaniladi. Yordamchi rostlagich uchun vazifa sifatida asosiy rostlagichning chiqish signali hizmat qiladi.

38-rasmyu Kaskad ARSning struktura sxemasi.
1-asosiy rostlagich, 2- yordamchi rostlagich.
Rostlash qonunini rostlagichlarning nima uchun mo‘ljallanganligiga ko‘ra tanlanadi. Asosiy chiqish koordinatasini statik xatoliksiz berilgan qiymatda ushlab turish uchun asosiy rostlagichning rostlash qonuni integral tarkibiy qismga ega bo‘lishi lozim. Yordamchi rostlagichdan esa asosan tezkorlik talab etiladi. Shuning uchun bu rostlagichning rostlash qonuni proporsional tarkibiy qismga ega bo‘lishi lozim.
39-rasmda issiqlik almashtirgichdan chiqayotgan suyuqlik haroratini rostlashning kaskad ARS misoli keltirilgan. Bu yerda yordamchi kontur sifatida isituvchi par sarfining ARS keltirilgan. Par bosimi bo‘yicha g‘alayonli ta’sir bo‘lganda 1 rostlagich rostlovchi klapanning ochilish darajasi shunday o‘zgaradiki, u berilgan sarfni ushlab turadi. Apparatta issiqlik balansi buzulsa (masalan suyuqlikning chiqish temperaturasi yoki sarfi o‘zgarishi orqali, issiqlikning yo‘qotilishi orqali) va buning natijasida chiqish temperaturasi berilgan qiymatdan chetlashsa harorat rostlagichi 2 sarf rostlagichi 1ning vazifasini korreksiyalaydi.



кир

чиқ

суюқлик

39-rasm. Harorat rostlgichi orqali (2) par sarfi rostlagichi (1) vazifasiga korreksiya kiritish orqali haroratni rostlashning kaskad ARS

Ximiko-texnologik jarayonlarda odatda yordamchi va asosiy koordinatalar bir xil fizik tabiatga ega bo‘ladi va bir texnologik parametrning sistemaning turli nuqtalaridagi qiymatini xarakterlaydi (40-rasm).



40-rasm. Oraliq nuqtada yordamchi koordinatani o‘lchovchi kaskad
ARSning struktura sxemasi..
Shu struktura sxemaga mos keluvchi misol tariqasida texnologik sxema frangmentini keltiramiz (41-rasm). Bu sxema reaksiya aralashmasi isitgichi va reaktordan, shuningdek reaktordagi haroratni stabillashtirish sistemasidan tashkil topgan. Rostlovchi ta’sir – par sarfi – issiqlik almashtirgich kirishiga beriladi. Ikki apparat va quvirlardan tashkil topgan rostlash kanali katta inersionlikka ega bo‘lgan murakkab dinamik sistemadir. Ob’ektga sistemaning turli nuqtalariga beriluvchi qator g‘alayonlar ta’sir etadi – par bosimi, reaksiya aralashmasining harorati va sarfi, reaktordagi issiqlik yo‘qotilishi v.h. k. Rostlash sistemasining tezkorligini oshirish uchun kaskad ARSdan foydalaniladi va bu sistemada asosiy rostlanuvchi kattalik reaktordagi harorat, yordamchi koordinata sifatida esa issiqlik almashtirgich va reaktor oralig‘idagi aralashmaning harorati tanlangan.

Реакция аралашмаси

Маҳсулот

41-rasm. Issiqlik almashtirgich (2) chiqishidagi harorat rostlagichi (3) vazifasini reaktor (1) dagi harorat rostlagichi (4) chiqishi orqali korreksiyalovchi kaskad ARS.
Kaskad ARSning hisobi ob’ektning asosiy va yordamchi kanallar bo‘yicha dinamik xarakteristikalari berilgan sharoitida asosiy va yordamchi rostlagichlarning sozlanishini aniqlashni nazarda tutadi. Bu ikki rostlagichlarning sozlanishi o‘zaro bog‘liq bo‘lganligi sababli ularning hisobi iteratsi usuli yordamida olib boriladi.
Iteratsiyaning har bir qadamida rostlagichlardan biri evivalent ob’ekt deb qaraladi va keltirilgan bir konturli ARS hisoblanadi.
Itteratsiyaning birinchi qadamiga ko‘ra kaskad ARS hisobining ikki usuli mavjud. 1) Hisoblash asosiy rostlagichdan boshlanadi. Bu usul yordamchi kanalning inersionligi asosiy kanalnikiga nisbatan ancha kam bo‘lganda qo‘llaniladi. 2) Hisoblash yordamchi rostlagichdan boshlanadi. Kaskad ABSni hisoblash algoritmlarining blok-sxemasi 42-rasmda keltirilgan.

42-rasm. Kaskad ARS hisoblash algoritmlarining blok-sxemasi.
Sinov savollari.

  1. Qanday hollarda kombinirlashgan ARSdan foydalaniladi?

  2. Kombinirlashgan ARSning qanday usullarini bilasiz?

  3. Invariantlik prinsipiga ta’rif bering.

  4. Kombinirlashgan ARSning fizik va texnik tadbiqi deganda nimani tshunasiz?

  5. Qanday hollarda kaskad ARSdan foydalaniladi?

  6. Kaskad ARSning qanday usullarini bilasiz?

  7. Kaskad ARS hisoblash algoritmlarining blok-sxemasini tshuntiring.





  1. Download 5,68 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71




Download 5,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari

Download 5,68 Mb.