• Kombinirlashgan ARS.
  • 1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari




    Download 5,68 Mb.
    bet32/71
    Sana05.06.2024
    Hajmi5,68 Mb.
    #260470
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71
    Bog'liq
    0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni

    Ko’p konturli ARS ning turlari.

    Standart rostlash qonunlarini qo‘llanilgan oddiy bir konturli sistemalarda rostlash sifatining qoniqarli bo‘lishi ob’ektning o‘tish xarakteristikalari maqbul bo‘lgan hollardagina yaxshi natijalar beradi. Ammo ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlari ob’ektlari uchun katta kechikish va katta vaqt doimiylari o‘rinlidir. Bunday xollarda bir konturli ARSning rostlagichi eng optimal sozlangan bo‘lsa ham bu sistemalar katta dinamik xatolik, rostlashning past chastotasi va uzoq o‘tish xarakteristikalariga ega bo‘ladi. Rostlash sifatini yaxshilash uchun bir konturli ARSlaridan g‘alayon yoki yordamchi chiqish koordinatalari bo‘yicha qo‘shimcha (korreksiyalovchi) impuls qo‘llovchi murakkabroq sistemalarga o‘tish lozim bo‘ladi. Bunday sistemalar oddiy standart rostlagichlardan tashqari yordamchi rostlovchi qurilma – dinamik kompensatorlar yoki qo‘shimcha rostlagichlarni o‘z ichiga oladi.


    Korreksiyalovchi impuls xarakteriga ko‘ra quyidagi ko‘p konturli ARS mavjud: dinamik kompensator orqali g‘alayon bo‘yicha qo‘shimcha impuls kiritiladigan qo‘shimcha ta’sir kanali bo‘lgan yopiq rostlash konturini o‘z ichiga oluvchi kombinirlashgan ARSlari; rostlash uchun asosiy chiqish koordinatasidan tashqari qo‘shimcha oraliq impulsni qo‘llaydigan ikki standart rostlagichlar asosida qurilgan ikki sathli yopiq ARSli kaskad ARSlari.
    Kombinirlashgan ARS.
    Kombinirlashgan ARS sezilarli katta va o‘lchash mumkin bo‘lgan g‘alayonli ta’sir ostida bo‘lgan ob’ektlarni avtomatlashtirishda qo‘llaniladi.
    34-rasmda bug‘latish uskunasini avtomatlashtirish sxemasining funksional sxemasi fragmenti keltirilgan. Bunday uskuna uchun eng kuchli g‘alayonlardan biri boshlang‘ich suyuqlikning sarfi hisoblanadi. Rostlashning asosiy vazifasi isituvchi par sarfini o‘zgartirish orqali bug‘latilgan suyuqlik konskntratsiyasini stabillashtirish. Bu rostlash 1 rostlagich orqali amalga oshiriladi. Par berilishini rostlovchi rostlash klapaniga rostlagich signalidan tashqari dinamik kompensator 2 orqali boshlang‘ich suyuqlik sarfi bo‘yicha korreksiyalovchi impuls ham beriladi.

    Буғлатиган суюқлик

    Пар

    Сок пари

    Бошланғич суюклик

    34-rasm. Bug‘latilgan suyuqlik konsentratsiyasini rostlashning
    kombinirlashgan sistemasi: 1- rostlagich, 2- dinamik kompensator
    35-rasmda rektifikatsion kalonnada distillyant tarkibini rostlashning kombinirlashgan ARSga misol keltirilgan. Distillyant tarkibini rostlash 5 rostlagich orqali kolonnaga purkash uchun beriladigan flegma sarfini o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu jarayon uchun asosiy g‘alayon faktori ajratilayotgan aralashmaning sarfi. Shuning uchun rostlagich 5ga berilgan vazifaning bu g‘alayonga ko‘ra avtomatik korreksiyasi amalga oshiriladi va shu orqali rostlash sifati oshiriladi. Korreksiyalovchi impuls rostlagich vazifasiga dinamik kompensator 6 orqali uzatiladi.
    Bu keltirilgan misollar kombinirlashgan ARS qurishning ikki usulini ko‘rsatadi. 36 va 37 – rasmlarda keltirilgan ikki misolning struktura sxemalari keltirilgan. Ikki rostlash sistemasi ham ikki rostlash konturi – yopiq (1-rostlagich orqali) va ochiq (2 kompensator orqali) konturlardan tashkil topgan. Ularning farqi shundaki, birishchi holda korreksiyalovchi impuls ob’ekt kirishiga, ikkinchi holda esa rostlagich kirishiga beriladi.

    Бошланғич аралашма

    сув

    35-rasm. Disstilyant tarkibini rostlashning kombinirlashgan ARS
    1- boshlang‘ich aralashmani isitgich, 2- retifikatsion kalonna, 3 – deflegmator, 4- flegma sig‘imi, 5- tarkib rostlagichi, 6- dinamik kompensator.


    Eng kuchli g‘alayon bo‘yicha korreksiyalovchi impulsning kiritilishi rostlashning dinamik xatoligini sezilarli kamaytirishga olib kelinadi. Korreksiyalovchi ta’sirning o‘zgarish qonunini shakillantiruvchi dinamik kompensator to‘g‘ri tanlangan va hisoblangan bo‘lishi lozim.
    Bunday sistemalarni hisoblashning asosida invariantlik prinsipi yotadi. Unga ko‘ra chiqish koordinatasining berilgan qiymatdan chetlashishi xar qanday beriladigan yoki g‘alayonli ta’sirlarda doimiy ravishda nolga teng bo‘lishi lozim.



    37-расм. Комбинирлашган АРСнинг компенсатор чиқиши ростлагич киришига уланган структура схемаси. 1- ростлагич, 2- компенсатор





    36-расм. Комбинирлашган АРСнинг компенсатор чиқиши объект киришига уланган структура схемаси. 1- ростлагич, 2- компенсатор

    Invariantlik prinsipi bajarilishi uchun ikki sharoit bo‘lishi lozim: barcha g‘alayonli ta’sirlarning ideal kompensatsiyasi va vazifa signalining ideal amalga oshirilishi. Real rostlash sistemalarida absolyut invarinantlikning amalga oshirilishi mumkin emas. Odatda eng havfli g‘alayonlarga nisbatan qisman invariantlik bilan cheklaniladi.
    Korreksiyalovchi impuls ob’ekt kirishiga berilgan holda rostlash sistemasining biron bir g‘alayonga nisbatan invariantligini ta’minlash uchun shunday dinamik kompensator o‘rnatish kerak-ki, uning uzatish funksiyasi g‘alayon kanali bo‘yicha olingan uzatish funksiyasining rostlash kanali bo‘yicha olingan uzatish funksiyasiga teskari ishora bilan olingan nisbatiga teng bo‘lishi lozim.


    (1)
    Korreksiyalovchi impuls rostlagich kirishiga beriladigan holda rostlash sistemasining biron bir g‘alayonga nisbatan invariantligini ta’minlash uchun shunday dinamik kompensator o‘rnatish kerak-ki, uning uzatish funksiyasi faqat ob’ektning emas, balki rostlagichning xarakteristikasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
    (2)
    Rostlashning invariant sistemalarini tuzishda ularning fizik amalga oshirilishi, ya’ni (1) va (2) shartlarga javob beruvchi kompensatorni qo‘llash eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
    Strukturasi berilgan va faqat sozlash talab etiladigan odatiy sanoat rostlagichlaridan farqli ravishda dinamik kompensatorning strukturasi to‘liq ravishda ob’ektning g‘alayon va rostlash kanallari bo‘yicha dinamik xarakteristikalaring munosabati orqali aniqlanadi. Bu struktura juda murakkablashib ketishi va bu xarakteristikalar munosabati nomaqbul bo‘lgan holda fizik jihatdan amalga oshirib ham bo‘lmasligi mumkin.
    “Ideal” kompensatorlar quyidagi hollarda fizik jihatdan amalga oshirila olinmaydilar:

    1. rostlash kanali bo‘yicha kechikish vaqti g‘alayon kanali bo‘yicha kechikish vaqtidan ko‘p bo‘lsa;

    2. agar kompensatorning uzatish funksiyasidagi polinomlar darajasi suratda maxrajga nisbatan ko‘p bo‘lsa.

    Odatta kompensatorni oson amalga oshirish mumkin bo‘lgan dinamik zvenolardan biri sifatida tanlanadi.

    Download 5,68 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71




    Download 5,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari

    Download 5,68 Mb.