|
1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari
|
bet | 31/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matniNazorat savollari.
2-Modul. Avtomatik rostlagichlar
7-mavzu. Avtomatik rostlagichlar tuzilishi va sinflanishi.
Reja.
Avtomatik rostlash sistemasi funksional sxemasi va uning tavsifi.
Ko’p konturli ARS turlari.
Bir va ko’p kanalli rostlagichlar.
Avtomatik rostlash sistemasi funksional sxemasi va uning tavsifi.
ARS tarkibiga rostlagich deb ataluvchi boshqaruvchi uskuna kirdi va bu uskuna xatolikga (chetlashish) bog‘liq holda boshqaruvchi ta’sirni ishlab chiqish orqali asosiy boshqarish vazifasini bajaradi. Demak rostlash qonuni deb rostlovchi signal xrost (rostlash organining tutgan joyi) bilan rostlagich kirishiga berilayotgan xkir (farq signali) signallar orasidagi matematik bog‘liqlikka aytiladi, ya’ni
Rostlash qonunlarining chiziqli va nochiziq turlari mavjud. Biz odatda chiziqli rostlash qonunlari bilan ishlaymiz.
Rostlagichning funksional sxemasi 30-rasmda ko‘rsatilgan va u quyidagi elementlardan tashkil topgan bo‘ladi
xкир
Xчик
К
ТБ
СЭ
ВБ
30-rasm. Rostlagichning funksional sxemasi. D – datchik;V-vazifa beruvchi; S-solishtirish elementi; K-kuchaytirgich; IM –ijro mexanizmi; TB- teskari bog‘lanishi uskunasi; RO – rostlash organi.
Rostlash qonunlarining shakillanishi rostlagichning uch elementi – K, TB va IM larning statik va dinamik xususiyatlari asosida amalga oshiriladi.
Rostlashning quyidagi asosiy qonunlari mavjud:
- proporsional rostlash qonuni, P –qonun;
- integral rostlash qonuni, I –qonun;
- proporsional - -integral rostlash qonuni, PI –qonun;
- proporsional– differensial rostlash qonuni, PD –qonun;
- proporsional – integral – differensial rostlash qonuni, PID –qonun;
|
| |