Ko‘p sig‘imli rostlash obyektlarining o‘tish xarakteristikalari.
Ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda ikki, uch va undan ko‘p sig‘imli ob’etlarga duch kelinadi. Bundayo ko‘p sig‘imli ob’ektlar ketma-ket bog‘langan bir sig‘imli zvenolar zanjiridan iboratdir. Masalan ikki sig‘imli ob’ektga misol tariqasida haroratni rostlash ob’ekti bo‘lgan burma isitgichli issiqlik almashtirgichini ko‘rib chiqish mumkin. Bu ob’ekt ketma-ket ulangan ikki zvenodan iborat. Birinchi zveno bu isituvchi burmalar, ikkinchi zveno esa issiqlik almashtirgichning o‘zi. Haroratni rostlashda birinchi zvenoning dinamik xossalari bursalarning issiqlik sig‘imi orqali aniqlanadi, ikkinchi zvenoning xossasi esa isitilayotgan modda issiqlik sig‘imi orqali baholanadi. Ko‘p sig‘imli ob’ektlar ham o‘z-o‘zini tshg‘irlovchi yoki astatik xossalarga ega bo‘lishi mumkin. Agar ketma-ket ulangan zvenolar zanjirida birgina zveno o‘z-o‘zini to‘g‘irlash xususiyatiga ega bo‘lmasa, u holda butun ob’ekt astatik ob’ekt hisoblanadi.
Yчиқ
Yчиқ
9-rasm. Ko‘p sig‘imli rotlash ob’ektlarining o‘tish xarakteristikalari
a) astatik ob’ekt b) statik ob’ekt (o‘z-o‘zini to‘g‘irovsi).
Bunday ob’ektlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ularga ta’sir berilgandan so‘ng rostlanayotgan parametr sezilarli o‘zgarmaydi. Bunday ob’ektlarning chiqishidagi parametrlar vaqt bo‘yicha orqada qoladi. Bu orqada qolish ob’ektning kechikishi deyiladi va orqali belgilanadi.
Yчиқ
10-rasm. Transport kechikishli rostlash ob’ektining o‘tish xarakteristikalari.
Rostlash ob’yektining impuls xarakteristikalari.
Ishlab chiqarish jarayonlarining ishlayotgan uskunalarida uzoq ta’sir etuvchi birlik pog‘onali ta’sirning berilishi doim ham mumkin emas. Agar ishlab chiqarish sharoitiga ko‘ra ish rejimini uzoq buzilishi mumkin bo‘lmasa u holda ob’ektning dinamik xususiyatlari o‘tish xarakteristikalari orqali emas, balki impuls xarakteristikalar orqali aniqlanadi.
Boshlang‘ich shartlar nolga teng bo‘lganda kirishiga beriladigan birlik impuls signalga ob’ektning ko‘rsatadigan reaksiyasiga impulsli xarakteristikasi deyiladi.
Bir sig‘imli rostlash ob’ekti o‘z-o‘zini to‘g‘irlash xususiyatiga ega bo‘lmasa impuls xarakteristika quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi (11- rasm, a)
Bu xoldaob’ektning faqat birgina parametri – tezlab ketish tezligi ni aniqlash lozim.
( agar k=1 bo‘lsa).
Lekin , shuning uchun ,
Yoki , bu yerda , - ta’sir impulsi egallagan yuza.
O‘z-o‘zini to‘g‘irlovchi rostlash ob’ekti uchun impuls xarakteristika 11-rasm b da keltirilgan. Bu holda tezlab ketish tezligi , tezlab ketish vaqti va o‘z-o‘zini to‘g‘irlash darajasi (uzatish koeffitsienti ) ham aniqlanadi.
Yчиқ
Yчиқ
11-rasm. Bir sig‘imli rostlash ob’ektining impuls xarakteristikalari: a) o‘z-o‘zini to‘g‘irlamaydigan, b) o‘z-o‘zini to‘g‘irlaydigan.
|