|
O‘tish xarakteristikasini olish usullari
|
bet | 26/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matniO‘tish xarakteristikasini olish usullari quyidagi asosiy shartlarni bajarilishigaorqali amalga oshiriladi:
- birlik pog‘onali ta’sir berilishidan oldin o‘tish xarakteristikasi olinayotgan rostlanuvchi parametrga ko‘ra rostlash ob’ektining ish rejimi stabillashtiriladi;
- rostlash ob’ekti va rostlanayotgan parametr rostlagichi oraisdagi asosiy teskari bog‘lanish uziladi;
- ta’sirning kattaligi rostlash ob’ekti ish rejimini buzish davomiyligining ishlab chiqarishdagi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Rostlash ob’ektiga berilayotgan ta’sir tajriba vaqtida mavjud bo‘lgan tasodifiy g‘alayonlardan ancha katta bo‘lishi lozim (odatda bunday ta’sir maksimal mumkin bo‘lgan ta’sirning 10% dan kam bo‘lmasligi lozim). Murakkab rostlash ob’ektlari xar xil ta’sir turlarida turlicha dinamik xususiyatga ega bo‘lganliklari uchun o‘tish xarakteristikalari boshqaruvchi va g‘alayonlai ta’sirlarda olinadi. Tajriba aniqlik darajasi yetarli bo‘lishi uchun kamida ikki marotaba o‘tkaziladi.
Rostlanuvchi obyektning chastotali xarakteristikasi deb, obyekt kirish kattaligining o‘zgarishi, uning turg‘unlashgan garmonik tebranish chastotasiga bog‘liligiga aytiladi. Chiziqli turg‘unlashgan obyekt kirishiga doimiy chastotaning garmonik tebranishlari ta’sir qilib tursa, o‘tish jarayonining tugashiga kadar obyektning rostlanuvi qiymati garmonik o‘zgarib boradi. Lekin chiqish kattaligining tebranish amplitudasi va fazasi kirish kattaligining tebranish chastotasi hamda obyektning dinamik xususiyatlariga bog‘liq.
Obyekt kirishiga beriladigan davriy g‘alayonlanish sinusoidal qonun bo‘yicha o‘zgaradi deb faraz qilaylik:
bu yerda, - kirish ta’sirining tebranish amplitudasi, - tebranishlarning burchak chastotasi, 1/s.
O‘tish jarayoni tugagandan so‘ng, obyekt chiqishida majburiy tebranishlar o‘rnatiladi, ya’ni:
bu yerda, - chiqish kattaligining tebranish amplitudasi; - faza bo‘yicha kechikish burchagi.
nisbat bilan faza bo‘yicha kechikish burchagi tebranish burchak chastotasi o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. Kirish kattaligining tebranish chastotasi qancha ko‘p bo‘lsa rostlanuvchi kattalikning tebranish amplitudasi shuncha kichik bo‘ladi. Amplitudalar nisbati va faza bo‘yicha kechikish qiymatlari obyektning dinamik xususiyatlariga bog‘liq. Boshqacha qilib aytganda, bu parametrlar obyekt dinamikasini ifodalaydi.
Har bir obyekt uchun kesish chastotasi mavjud bo‘lib, bu chastotadan yuqorida obyekt «filtr»ga aylanib, yuqori chastotali tebranishlarni o‘tkazmaydi. Shuning uchun, chastotali xarakteristika rostlanuvchi obyekt tebranish xususiyatiga ega bo‘lgandagi chastota diapazonida eksperimental aniqlanadi. Chastotali xarakteristikalarni eksperimental aniqlash usuli yuqorida keltirilgan hollarga o‘xshash bo‘lib, unga faqat qo‘shimcha ravishda tebranishlar generatori ulanadi. Bu generator kirishning sinov ta’sirlariga sinusoidal xarakter beradi. Bu usul orqali rostlanuvchi obyektlarning dinamik xususiyatlari ishonchliroq aniqlanadi.
|
| |