|
1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari
|
bet | 29/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matniNazorat savollari.
1. Rostlash ob’ektlarining o‘tish xarakteristikalariga ta’rif bering;.
2. O‘tish xarakteristikalarini qanday usullar orqali olinadi?
3. O‘z-o‘zini to‘g‘irlovchi bir sig‘imli rostlash ob’ektlarining o‘tish xarakteristikasining taxlilini aytib bering;
4. O‘z-o‘zini to‘g‘irlamaydigan bir sig‘imli rostlash ob’ektlarining o‘tish xarakteristikasning . taxlilini aytib bering;
5. Ko‘p sig‘imli rostlash ob’ektlarining o‘tish xarakteristikalari taxlilini aytib bering;
6. Rostlash ob’ektining impuls xarakteristikalariga ta’rif bering.
6-mavzu. Rostlashning asosiy sifat ko‘rsatkichlari.
Reja.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri, ildizli, chastotaviy va integral sifat ko‘rsatkichlari.
Tipik optimal jarayonlar. Sifatni baxolash usullari.
Rostlash sifatining ko‘rsatgichlari. Rostlash sifatining integral mezoni.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri, ildizli, chastotaviy va integral sifat ko‘rsatkichlari.
Turg‘unlik texnikaviy tizimlarning yaroqliligini faqat zaruriy sharti, lekin yetarli sharti emas.
Tizim turg‘unlikdan tashqari oldindan berilgan sifat ko‘rsatkichini ham qanoatlantirishi kerak.
Sifat ko‘rsatkichi deganda rostlash vaqti, o‘tarostlash, statik va dinamik aniqliklar tushuniladi.
Sifatni baholash to‘g‘ri va vositali usullarga bo‘linadi.
Sifat ko‘rsatkichlari o‘tish jarayoni egri chizig‘i orqali topilsa, sifat baholashning to‘g‘ri usuli deyiladi.
Sifatni vositali baholash usuli o‘tish jarayonining grafigini topishni talab qilmaydi.
Sifatni baholash usullari asosan uch guruhga bo‘linadi:
Ildizlar usuli.
Integrallar usuli.
Chastota usuli.
Pog‘onali funksiya ta’sir qilganda o‘tish jarayonning asosiy sifat ko‘rsatkichlari. Tizimning kirishiga birlik pog‘onali funksiya ta’sir qilayotgan bo‘lsin,
u holda chiqish koordinatalarining reaksiyasi o‘tish jarayonini ifodalaydi.
|
| |