|
1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari
|
bet | 2/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matniAvtomatik boshqaruv deb – insonni bevosita ishtirokisiz, ma’lum maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan texnik obyektni boshqarishga aytiladi. Bunda insonning vazifasi avtomatik boshqarish tizim (ABT) ishlashini kuzatish, uni ishga tushirish va o‘chirishdan iborat bo‘ladi. Agar boshqarish vazifalarini inson qisman bajaradigan bo‘lsa, bunday tizimlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari deb ataladi.
Avtomatika deb – insonni bevosita ishtirokisiz ishlaydigan texnik vosita (jarayon) larning boshqaruv tizimlarini barpo etish nazariyasi va prinsiplarini o‘z ichiga oladigan fan va texnika sohasiga aytiladi.
Avtomatik boshqarish obyekti – boshqarish avtomatik qurilmalar orqali amalga oshirilsa, u holda boshqarish obyektiga avtomatik boshqarish obyekti deb aytiladi.
2. Avtomatlashtirishning maqsadi. Avtomatlashgan boshqarish sistemalarining (ABS) ta’rifi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning rivojlanishi asosan 50-60 - yillarda boshlangan. Texnika siyosatini maqsad sari yo‘naltirilganligi hisobiga kimyoviy ishlab chiqarishning turli sohalarida avtomatlashtirishning darajasi oshdi.
Avtomatlashtirishning maqsadi – mehnat unumdorligi va ishlab chiqarishning sifatini oshirish rejalarini avtomatlashtirish, optimallashtirish va boshqarish, insonni zararli sharoitlarda ishlashdan ozod qilishdir. U fan va texnikani umumiy rivojlantirish natijasidir.
«Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish» kursining asosiy maqsadi: avtomatikaning zamonaviy texnik vositalari hamda EHM bilan boshqariladigan mikroprotsessorli texnika bazasi asosida ARS larni qurish usullari va prinsiplarini to‘la-to‘kis o‘rganishdan iborat. Kursning amaliy mohiyati mamlakatimiz xalq xo‘jaligi va ishlab chiqarish sanoati taraqqiyotidagi ustuvor vazifalar bilan bog‘langan.
Texnologik jihozlanishning yaxlitligi va undagi o’zlashtirilgan texnologik jarayonlarni boshqarishni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshirilishi, texnologik obyektni boshqarishni tashkil qiladi. Axborotlarni avtomatlashtirilgan holda yig’ish va qayta ishlashni ta’minlovchi hamda inson faoliyatining turli sohalardagi optimal boshqarish uchun zarur bo’lgan inson-mashina sistemasiga – Avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi (ABS) deyiladi.
|
| |