-rasm. Yuk bo‘yicha ART ning prinsipial (a) va funksional (b) sxemasi




Download 5,68 Mb.
bet14/71
Sana05.06.2024
Hajmi5,68 Mb.
#260470
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71
Bog'liq
0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni

3.5-rasm. Yuk bo‘yicha ART ning prinsipial (a) va funksional (b) sxemasi:
Q2o‘l.-o‘lchash natijasi; Q2o‘rn.-idishdagi suyuqlik sarfining o‘rnatilgan qiymati; ∆X= Q2o‘rn.- Q2o‘l. idishdagi suyuqlik sarfining o‘rnatilgan qiymatdan og‘ishi.

Boshqarish obyekti parametrlarini nazorat qilish orqali ham rostlashni amalga oshirish mumkin. Masalan, idishdagi suyuqlik sathi balandligini bir me’yorda (ho‘rn.) ushlab turish talab qilinsin. Bu yerda boshqarish ob’ekti idishdagi suyuqlik, boshqariladigan qiymat - suyuqlik balandligi Y=h, g‘alayonli ta’siri, ya’ni yuk – idishdagi suyuqlik sarfi (G=Q2), boshqaruvchi qiymat idishga quyiladigan suyuqlik hajmi (U= Q1), boshqarish elementi ventil hisoblanadi. Obyekt yukni og‘ishi bo‘yicha boshqarilayotganligi uchun suyuqlik sarfini o‘lchash amalga oshiriladi. Tizimning prinsipial (a) va struktur (b) sxemasi 3.5-rasmda keltirilgan


Boshqarish ta’siri suyuqlik sarfiga nisbatan ishlab chiqiladi, ya’ni boshqaruvchi qiymat g‘alayonli ta’sirning funksiyasi bo‘lib, U=U(G), boshqarish masalasi ushbu funksiyani topish orqali yechiladi. Bunda Y=Yt=const sharti bajarilishi kerak. Bu yerda Yt=ho‘rn. talab qilinayotgan suv sathi.
G‘alayonli ta’sir bo‘yicha rostlash prinsipi asosida loyihalangan tizimlarning afzalligi yukni o‘zgarishiga tizim reaksiyasini tezkorligi, hamda boshqarish tizimi xarakteristikalarining aniqligini uning turg‘unlik holatiga ta’sir qilmasdan turib yaxshilash mumkin.
Tizimning kamchiligi quyidagilar:
- rostlash jarayoni faqat nazorat qilinayotgan g‘alayonli ta’sir o‘zgargandagina yuz beradi (masalan, idishdagi suyuqlik bug‘lanishi yoki idishni boshqa qismidan suyuqlik chiqib ketishi natijasida suyuqlik sathi pasayib ketganda ham rostlash amalga oshmaydi);
- g‘alayonli ta’sirni har doim ham o‘lchash (nazorat qilish) imkoni bo‘lavermaydi, hamda bu jarayon judda murakkab va qimmat hisoblanadi.




  1. Download 5,68 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71




Download 5,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Yuk bo‘yicha ART ning prinsipial (a) va funksional (b) sxemasi

Download 5,68 Mb.