3-mavzu. Boshqarishning asosiy prinsiplari.
Reja.
Berilgan algoritm tushunchasi, boshqarishning asosiy vazifalari.
Ochiq va g‘alayonli boshqarish prinsipi.
Yopiq (berk) boshqarish prinsipi.
Kombinirlashgan boshqarish prinsipi.
Berilgan algoritm tushunchasi, boshqarishning asosiy vazifalari.
Berilgan algoritm odatda ishchi parametrni vaqt bo‘yicha doimiy ushlab turilishini yoki vaqt bo‘yicha oldindan ma’lum bo‘lgan yoki ma’lum bo‘lmagan qonuniyatlar bo‘yicha o‘zgarishini ta’minishini amalga oshiruvchi algoritm hisoblanadi.
3.1-rasm.
Boshqarishning asosiy vazifasi obyekt g‘alayonli ta’sir ostida bo‘lganda berilgan algoritmni ta’minlab beruvchi boshqaruvchi ta’sir o‘zgarishi qonunini shakllantirishdan iborat. Bu vazifani yechish uchun boshqarishning uchta fundamental prinsiplaridan foydalaniladi:
Ochiq boshqarish prinsipi;
G‘alayon bo’yicha boshqarish prinsipi;
Yopiq (berk) boshqarish prinsipi.
Ochiq va g‘alayonli boshqarish prinsipi.
Ochiq sikl bo‘yicha rostlash prinsipida rostlagich X vazifa asosida boshqarish signali U ni ishlab chiqadi va bu signal boshqarish obyektining ijro elementlariga ta’sir etadi. Vazifa ishchi personal tamonidan yoki maxsus vazifa beruvchi uskuna orqali beriladi. Bu prinsip texnik jixatdan amalga oshirishda soddaligi bilan ajralib turadi, lekin g‘alayonli ta’sir haqida yetarli darajada ma’lumot bo‘lmagan holatlarda samarali natija bermaydi.
a) b)
3.2- rasm. Boshqarishning asosiy prinsiplari.
R- rostlagich; BO- boshqarish obyekti; G‘- g‘alayon o‘lchagich;
K - korreksiyalovchi qurilma.
ABS ni loyihalash bir qator rostlash (boshqarish) prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Rostlash prinsiplari boshqarilayotgan kattalikni berilgan qiymatdan og‘ishini bartaraf etish usuli bilan farqlanadi va ART larida boshqarish ta’sirini tashkil etish usulini aniqlaydi.
Eng sodda holda rostlash oldindan belgilangan boshqarish algoritmi asosida amalga oshiriladi. Bu rostlash prinsipiga ochiq sikl bo‘yicha rostlash prinsipi deyiladi.
Rostlashning bu prinsipida boshqarish algoritmi oldindan belgilangan tizimni ishlash algoritmi asosida amalga oshiriladi va boshqarish ta’sirini bajarilish darajasi nazorat qilinmaydi (3.3-rasm).
|