|
-rasm. Ochiq sikl bo‘yicha ABS ning funksional sxemasi
|
bet | 12/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni3.3-rasm. Ochiq sikl bo‘yicha ABS ning funksional sxemasi
Ochiq tizimda boshqarish ta’siri tizimning kirish elementidan (boshqarish algiritmini ishlab chiqarish qurilmasi va boshqarish qurilmasi) chiqish elementi (boshqarish obyekti) ga uzatiladi.
Ochiq tizimlarda tizimning chiqishidagi signal Y bilan kirishidagi signal Xtop orasidagi farqni kam bo‘lishiga tizimning konstruksiyasi va tizim elementlarining o‘zaro mosligini ta’minlash orqali erishiladi.
G‘alayonli (G, F) ta’sirlar katta bo‘lganda, ochiq tizim yetarli darajada ishlash algoritmini aniqligini ta’minlay olmaydi. Kamchiliklariga qaramasdan ochiq sikl bo‘yicha rostlash prinsipli tizimlar keng qo‘llaniladi, lekin hamma vaqt ham alohida rostlash prinsipi sifatda ajratib ko‘rsatilmaydi.
G‘alayonli ta’sir bo‘yicha boshqarish prinsipi (kompensatsiyalash prinsipi) yordamida obyektga ta’sir qilayotgan g‘alayonni e’tiborga olgan holda boshqarishni amalga oshirish mumkin. Bu prinsipda rostlagich X vazifa asosida U boshqarish signalini ishlab chiqadi. Bir vaqtning o‘zida g‘alayon o‘lchanadi va korreksiyalovchi uskuna K ga uzatiladi. Bu uskuna boshqarish signalini g‘alayonga ko‘ra korreksiyalaydi va korreksiyalangan U signal boshqarish obyektining ijro mexanizmlariga uzatiladi. Bu boshqarish prinsipining asosiy kamchiligi bu prinsipni g‘alayonni o‘lchash mumkin bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkinligidadir.
Agar tashqi g‘alayonli ta’sir katta bo‘lsa, ochiq sikl bo‘yicha rostlash boshqarish aniqligini ta’minlay olmaydi. Boshqarish aniqligini oshirish uchun tashqi ta’sirni nazorat qilish va nazorat natijasiga nisbatan yuzaga kelgan og‘ishni kompensatsiyalash maqsadida boshqarish algoritmiga qo‘shimcha (korrektirlovchi qurilma) qilish zarurati tug‘iladi.
G‘alayonli ta’sir bo‘yicha rostlashda ta’sirni qiymati yoki sarfi o‘lchanadi va u berilgan yoki shartlashilgan qiymatdan og‘ganda boshqarish ta’siri hosil bo‘ladi. Bunday tizimlarda boshqarish ochiq kontur orqali amalga oshiriladi, ya’ni boshqarish ta’siriga nisbatan rostlanayotgan kattalikning o‘zgarishi nazorat qilinmaydi. G‘alayonli ta’sirning qiymatini nazorat qilish uchun maxsus kompensatsiyalovchi kanal bo‘lib, bu kanal orqali tashqi ta’sir nazorat qilinadi.
Misol sifatida generator kuchlanishini avtomatik rostlash tizimini ko‘rib chiqamiz (3.4-rasm). O‘zgarmas tok generatori kuchlanishi:
bu yerda .
|
| |