|
-rasm. Avtomatik rostlash tizimining tuzilish sxemasi
|
bet | 20/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni4.3-rasm. Avtomatik rostlash tizimining tuzilish sxemasi
Avtomatik rostlash tizimining tuzilish sxemasidagi barcha elementlar (4.3-rasm) to’g’ri to’rburchakliklar bilan tasvirlanadi. Bular signalni uzatish yo’lini ko’rsatuvchi strelkali chiziqlar vositasida bir-biriga bog’langan. Rostlash tizimi shunday to’g’ri to’rtburchaklaridan kontur hosil qiladi. G‘alayonlovchi ta’sir va topshiriq konturga tashqaridan beriladi. Avtomatik rostlash tizimidagi elementlarning har biri boshqalari bilan shunday birlashtirilganki, uning chiqish signali keyingi elementning kirish signali bo’ladi.
Avtomatik rostlash tizimlari blok tarzida tuzilganda uning ba’zi tashkil etuvchi elementlari tanlangan rostlash tizimiga qarab ma’lum birikmada ishlatiladigan mustaqil bloklar tarzida yasaladi.
Tizimning ishlash vaqtida rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati berilgan qiymatiga mos kelishi uchun tizimga ta‘sir ko’rsatish kerak (boshqariladigan o’zgaruvchi orqali). Boshqariladigan o’zgaruvchi tizim boshqaruv ta‘sirining (xom ashyoning sarfi, tarkibi va boshqalar) sonli xarakteristikasi hisoblanadi.
SHunday qilib, sanoatning eng muhim talablaridan biri - texnologik jarayonning turg’unlashgan rejimini saqlashdan iborat. Moddiy va energetik balansga rioya qiladigan mashina yoki apparat rostlanuvchi obyekt deyiladi.
Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishning vazifasi rostlagich yordamida rostlanuvchi obyektdagi kerak bo’lgan texnologik sharoitni avtomatik ravishda saqlash, agar bu sharoit buzilsa, uni qayta tiklashdan iboratdir. Avtomatik rostlash vaqtida (rostlanuvchi obyektga rostlagichning ta‘siri tufayli) rostlanuvchi kattalikning ayni qiymati berilgan qiymatga teng yoki shunga yaqin bo’ladi.
Avtomatik tizimlar bir-birlari bilan ma‘lum ketma-ketlikda bog’langan bo’lib, har biri tegishli vazifani bajaruvchi alohida elementlardan iborat. Mustaqil funksiyani avtomatik tizim tarkibining biror qismi avtomatika elementi deyiladi. Avtomatika elementlarini ularning funksional vazifasiga ko’ra tasniflash maqsadga muvofiq.
Rostlanuvchi obyekt va avtomatik rostlagich birligi avtomatik rostlash tizimni (ART) tashqil qilib, rostlash konturi nomli berk zanjirni hosil qiladi. Bu zanjir ART ning tuzilish sxemasiga emas, balki funksional sxemasiga tegishli hisoblanadi.
Quyida rasmda tasvirlangan bir konturli ART ning funksional sxemasini ko’rib chiqamiz.
|
| |