-rasm. Gidravlik idish sxemasi (a) va uning o’tish jarayoni grafigi (b)




Download 5,68 Mb.
bet19/71
Sana05.06.2024
Hajmi5,68 Mb.
#260470
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
Bog'liq
0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni

4.2-rasm. Gidravlik idish sxemasi (a) va uning o’tish jarayoni grafigi (b).

Obyektning dinamik xususiyatlarini uning o’tish jarayoni grafigidan (4.2. b-rasm) ko’rish mumkin. O’tish grafigidan ko’rinib turibdiki, gidravlik idishning chiqish parametri muvozanatlangan boshlang’ich qiymatdan (Hb) yangi muvozanat qiymatga o’tayapti (Ham).


Bu gidravlik idish muvozanatlanish xususiyatiga ega bo’lgan bir sig’imli obyekt bo’lib, uning o’tish grafigi eksponenta ko’rinishida bo’ladi. Eksponenta shunday xususiyatga egaki, uning ixtiyoriy nuqtasidan o’tkazilgan urinma parametrning (H) potensial chizig’iga (Ham) bir xil vaqtda yetib boradi. Bu vaqt rostlash obyektining o’zgarmas vaqti deyiladi.
Bundan tashqari o’tish grafigidan jarayonning o’tish vaqtini ham aniqlash mumkin.
O’tish vaqti deb rostlanayotgan parametrning bir muvozanat holatidan ikkinchi muvozanat holatiga o’tish vaqtiga aytiladi.
O’z-o’zidan muvozanatlanish xususiyatiga ega bo’lmagan obyektlardagi jarayonlarni boshqarish o’z-o’zidan muvozanatlanadigan obyektlarni boshqarishdan murakkab bo’ladi.
Sanoatning turli sohalarida texnologik jarayonlarning bir me’yorda bajarilishini ta’minlash temperatura, bosim, sarf, sath va boshqa kattaliklarni belgilangan darajada saqlash yoki ularni berilgan qonuniyat bo’yicha o’zgartirish uchun avtomatik rostlagichlar va avtomatik rostlash tizimlari qo’llaniladi.
Avtomatik rostlagich texnologik jarayonni tavsiflovchi rostlanadigan kattalikning o’zgarishini sezadi va rostlanadigan kattalikning berilgan qiymatini saqlash yoki uni berilgan qonunyat bo’yicha o’zgartirish maqsadida bu jarayonni boshqaradi. Avtomatik rostlagich topshiriq beruvchi qurilma-boshqaruvchi ta’sir yuzaga keltiruvchi topshirgich; rostlanadigan kattalikning berilgan qiymatdan og’ishini o’lchaydigan va rostlagichning boshqarish qurilmasiga ta’sir etuvchi o’lchash qurilmasi; o’lchash qurilmasidan ta’sirni qabul qiluvchi va ijro mexanizmiga bevosita yoki kuchaytirgich orqali energiya berishni boshqarib turuvchi boshqarish qurilmasidan iborat.
Avtomatik rostlanish tizimi deb, rostlanadigan obyekt va u bilan birga ishlash vaqtida bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi avtomatik rostlagichdan iborat majmuasiga aytiladi. Rostlanadigan obyekt o’zining chiqish signali (mos signal ko’rinishidagi rostlanadigan kattalik) bilan rostlagichning kirish qismiga, rostlagich esa obyektning kirish qismiga ta’sir etadi. Shunday qilib, rostlanadigan kattalikning berilgan qiymatidan og’ishiga qarshi ta’sir ko’rsatadi.
Eng oddiy avtomatik rostlash tizimiga avtomatik rostlagichning tarkibiy qismlaridan boshqa quyidagilar: rostlanadigan obyektga bevosita o’rnatiladigan va rostlanadigan kattalikning o’zgarishlarini sezgir element vositasida qabul qiluvchi o’zgartirgich, rostlagichning boshqarish qurilmasidan signal olib, rostlash organiga ta’sir etuvchi ijro mexanizmi, rostlash organi-rostlanadigan kattalikning berilgan qiymatini (masalan, quvuryo’ldagi suyuqlik yoki gazning miqdorini) bevosita saqlab turuvchi jo’mrak, klapandan kiradi.
Avtomatik rostlash tizimlari berilayotgan ta’sirning xususiyatiga qarab quyidagi asosiy turlarga bo’linadi:
Stabillovchi – rostlanadigan kattalikning berilgan qiymati o’zgarmas saqlanadi;
Dasturli – bunda rostlanadigan kattalikning berilgan qiymati o’zgarmas saqlanmaydi, balki vaqt davomida avvaldan belgilangan tartib dastur bo’yicha o’zgaradi;
Kuzatuvchi – bunda rostlanadigan kattalik berilgan qiymati oldindan belgilanmaydi, balki vaqt davomida erkin o’zgaruvchi boshqa kattalikka qarab aniqlanadi;
Optimallashtiruvchi – bunda rostlanadigan kattalik berilgan bo’lib, rostlagich yordamida texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq maqbul qiymatda, shu jumladan talab etilgan eng katta va eng kichik qiymatda saqlanadi.


Download 5,68 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Download 5,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Gidravlik idish sxemasi (a) va uning o’tish jarayoni grafigi (b)

Download 5,68 Mb.