|
1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari
|
bet | 5/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matniNazorat savollari.
1. Avtomatlashtirish va boshqaruv haqida umumiy tushunchalarni ayting?
2. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish faning tarixi va rivojlanishi?
3. Tizim nima va qanday tizimlarni bilasiz?
4. Dinamik tizimlar nima?
5. Boshqarish deb nimaga aytiladi?
6. Boshqarish sistemasi (tizimi) deb nimaga aytiladi?
7. Avtomatik boshqaruv deb nimaga aytiladi?
8. Avtomatik boshqarish tizimi deb nimaga aytiladi?
9. Avtomatlashtirishga ta’rif bering.
10. Avtomatlashtrishning maqsadi nimalardan iborat?
2-mavzu. Texnologik jarayonlarning boshqarish ob’yekti sifatidagi sinflanishi.
Reja.
Avtomatlashtirish bosqichlari.
Rostlash ob’yektini tavsiflovchi o‘zgaruvchilarning asosiy guruhlari.
ABS larning klassifikasiyasi.
Avtomatlashtirish bosqichlari.
Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘pchiligi to‘liq avtomatlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Avtomatlashtirish barcha uskunalarning avariyasiz ishlashini ta‘minlaydi, baxtsiz hodisalarning va atrof-muhitning zaharlanishini oldini oladi. SHuningdek, kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida portlash hamda yong‘in chiqish xavfi ko‘pligi ham jarayonlarni maksimal darajada avtomatlashtirishni talab qiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi asosan uch bosqichdan iborat bo‘ladi:
Birinchi bosqich - bunda asboblarni mashina va apparatlar yaqiniga joylashtirish deyarli qiyinchiliklar tug‘dirgan. Avtomatlashtirishning bu davrida shkalasi yaxshi ko‘rinadigan yirik o‘lchamli asboblar ishlatilgan. Bunda bir korpusga o‘lchash asbobi, rostlagich va topshiriq beruvchi qurilma joylashtirilgan.
Ikkinchi bosqich – ayrim jarayonlarning kompleks avtomatlashtirilish hisoblanadi. Bunda rostlash alohida shchitga o‘rnatilgan asboblar bo‘yicha olib boriladi. Yirik o‘lchamli asboblardan foydalanish bu shchitning bir necha metrga cho‘zilib ketishiga olib keladi va shchitni nazorat qilish qiyinlashadi, avtomatlashtirishning bu davrida shchitdagi asboblarning hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bo‘ladi. Bu masalani yechish uchun kichik o‘lchamli ikkilamchi asboblar ishlatiladi.
|
| |