• 14 - mavzu. Bosimni rostlash. Reja.
  • Bosim o‘zgarishi tenglamasi. Bosimni rostlash qonunini tanlash.
  • Xaroratni rostlash sistemalarining o‘ziga xosliklari. Xaroratni o‘lchash birlamchi asboblarining inersionligini kamaytirishning asosiy yo‘nalishlari
  • 1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari




    Download 5,68 Mb.
    bet39/71
    Sana05.06.2024
    Hajmi5,68 Mb.
    #260470
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71
    Bog'liq
    0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni

    Nazorat savollari.



    1. Sath o‘zgarishi tenglamasi apparatdagi qanday muvozanat ko‘rsatgichi hisoblanadi?.

    2. Sathni pozitsion rostlash qaysi hollarda ishlatiladi?

    3. Sathni uzluksiz rostlash usullarini bilasizmi?

    4. Sathni rostlash qonunini tanlashda qanday faktorlarga ahamiyat berish lozim?

    5. Moddaning fazaviy o‘zgarishlari bo‘lmagan xolda satxni rostlash usullarini tavsiflang.

    6. Moddaning fazaviy o‘zgarishlari bo‘lgan xolda satxni rostlashning qanday usullarini bilasiz?

    7. Qaynash qatlami sathini rostlashning o‘ziga hosliklari nimalardan iborat?

    14 - mavzu. Bosimni rostlash.
    Reja.

    Bosim o‘zgarishi tenglamasi. Bosimni rostlash qonunini tanlash. Rostlovchi ta’sir sifatida ob’yektdan chiquvchi gaz sarfi va par kondensati sarfi tanlangan xolatlar uchun rostlash sxemalari. Uskunadagi bosimlar farqi ABSlari.





    1. Bosim o‘zgarishi tenglamasi.

    2. Bosimni rostlash qonunini tanlash.

    3. Rostlovchi ta’sir sifatida ob’ektdan chiquvchi gaz sarfi va par kondensati sarfi tanlangan xolatlar uchun rostlash sxemalari.

    4. Uskunadagi bosimlar farqi ABSlari.

    5. Xaroratni rostlash sistemalarining o‘ziga xosliklari.

    6. Xaroratni o‘lchash birlamchi asboblarining inersionligini kamaytirishning asosiy yo‘nalishlari

    Bosim apparat kirishidagi va undan chiqishdagi gazli fazalar sarfi nisbatining ko‘rsatkichidir. Bosim doimiyligi gazli faza bo‘yicha material balans doimiyligidan dalolat beradi. Odatda texnologik uskunada bosimni barqarorlashtirish biron bir uskunada amalga oshiriladi, butun sistema bo‘yicha esa bosim apparatlar va texnologik yo‘llarning gidravlik qarshiligiga mos ravishda o‘rnatiladi. Masalan ko‘p konturli bug‘latgichlarda (51-rasm)siyraklashtirilgan havo ohirgi apparatdagina stabillashtiriladi. Qolgan apparatlarda g‘alayonli ta’sir bo‘lmagandatexnologik liniyaning gidravlik qarshiligini hisobga olgan holda material va issiqlik balanslarining shartlari orqali aniqlanuvchi siyraklashish kuzatiladi.


    Bosim jarayonning kinetikasiga sezilarli ta’sir qilgan hollarda alohida qurilmalardagi bosimni barqarorlash tizimi qo‘llaniladi. Masalan rektifikatsiya jarayonini ko‘rib chiqsak, uning faza muvozanati egriligi sezilarli darajada bosimga bog‘liq bo‘ladi.shuning uchun bunday apparatlarda 52-rasmda keltirilgan mahsus ARSlaridan foydalaniladi


    51-rasm. Ko‘p korpusli bug‘latish qurilmasidagi siyraklanishni rostlash:
    1,2 - bug‘latish apparatlari, 3 - barometrik kondensator, 4 - siyraklanish
    ostlagichi, 5 - rostlovchi klapan
    Gazli faza bo‘yicha apparatning kimyoviy muvozanat tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

    Bu yerda V apparat xajmi, Gkir , Gchiq – apparatga kirishdagi va chiqishdagi gaz sarfi; Gxb – ma’lum vaqt birligida apparatda hosil bo‘ladigan yoki sarf bo‘ladigan gaz miqdori.

    .


    52-rasm. Tozalash kolonnasidagi bosimni avtomatik
    rostlash tizimi:
    1 – kolonna, 2 – deflegmator, 3 - flegmali sig‘im,
    4 - bosim rostlagichi, 5 - rostlovchi klapan


    Yuqorida ko‘rilgan misollarda bosimni avtomatik rostlash tizimida rostlovchi ta’sirlar sifatida kolonnaning yuqori qismidan chiqayotgan kondensatsiyalanmagan gazlarning sarfi (ya’ni Gchiqish,, 52-rasm) va barometrik kondensatorga beriluvchi ikkilamchi bug‘ning kondenchatsiyalanish tezligiga ta’sir etuvchi sovituvchi suv sarfi (ya’ni Gx.b., 51-rasm) tanlab olingan.
    Bosimni avtomatik rostlash tizimlari orasida qurilmadagi bosimning pasayishini rostlovchi tizimlar alohida ahamiyatga ega. Ular gidrodinamik rejimni tavsiflaydi va jarayonga bevosita ta’sir qiladi. Bunday qurilmalarga misol qilib o‘rnatmali uskuna (53,a-rasm), qaynash qatlamli qurilma (53,b-rasm) larni ko‘rsatish mumkin.




    53-rasm. Bosim farqining o‘zgarishiga asoslangan rostlash sxemasi: a-o‘rnatma kolonnali apparat, b-qaynovchi qatlamli apparat;
    1 - apparat; 2 - bosim o‘zgarishini rostlagichi;
    3 - rostlovchi klapan



    Download 5,68 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71




    Download 5,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari

    Download 5,68 Mb.