• 13-mavzu. Sathni rostlash. Reja.
  • Sath o‘zgarishi tenglamasi. Sathni pozitsion rostlash. Sathni uzluksiz rostlash.
  • Moddaning fazaviy o‘zgarishlari bo‘lgan xolda satxni rostlash usullari. Qaynash qatlami sathini rostlash.
  • 1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari




    Download 5,68 Mb.
    bet38/71
    Sana05.06.2024
    Hajmi5,68 Mb.
    #260470
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71
    Bog'liq
    0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni

    Nazorat savollari.

    1. Sarfni rostlashning prinsipial va struktura sxemalarini tasvirlab bering;


    2. Sarfni rostlash qonunini tanlashda nimalarga ahamiyat berish lozim?
    3. Sarfni rostlashda sarfni qanday o‘zgartirish turlarini bilasiz?
    4. Sarfni markazdan qochma va porshenli nasoslardan so‘ng rostlashning o‘ziga hosliklari nimalardan iborat?
    5. Sochiluvchan moddalar sarfini rostlashning qanday variantlarini bilasiz?
    6. Sarflar munosabatini rostlashning qanday variantlarini bilasiz?
    13-mavzu. Sathni rostlash.
    Reja.

    Sath o‘zgarishi tenglamasi. Sathni pozision rostlash. Sathni uzluksiz rostlash. Sathni rostlash qonunini tanlash. Moddaning fazaviy o‘zgarishlari bo‘lmagan holda sathni rostlash usullari. Moddaning fazaviy o‘zgarishlari bo‘lgan holda sathni rostlash usullari. Qaynash qatlami sathini rostlash.





    1. Sath o‘zgarishi tenglamasi.

    2. Sathni pozitsion rostlash.

    3. Sathni uzluksiz rostlash.

    4. Sathni rostlash qonunini tanlash.

    5. Moddaning fazaviy o‘zgarishlari bo‘lmagan xolda satxni rostlash usullari.

    6. Moddaning fazaviy o‘zgarishlari bo‘lgan xolda satxni rostlash usullari.

    7. Qaynash qatlami sathini rostlash.

    Sath – bu apparatning bilvosita gidrodinamik muvozanat ko‘rsatkichidir. Sathning doimiyligiga suyuqlikning oqib kirishi uning oqib chiqishiga teng va sathni o‘zgarish tezligi nolga teng bo‘lgan holda, ya’ni modda muvozanatini saqlash orqali erishiladi.
    Oddiy holda apparatda faza o‘zgarishlari sodir bo‘lmayotgan holda, (jamlagichlar, oraliq sig‘imlar, suyuq fazali reaktorlar) oqib kirishi apparatga berilayotgan suyuqlik sarfiga teng, oqib chiqish esa apparatdan olinuvchi suyuqlik sarfiga teng.
    Faza holatining o‘zgarishi bilan kuzatiladigan murakkabroq jarayonlarda moddalarning sathi nafaqat gidravlik, balki issiqlik, massa almashish jarayonlarining tavsifi bo‘lib hisoblanadi. Oqib kirish va oqib chiqishlar esa moddaning fazaviy holatining o‘zgarishini g‘am hisobga oladi. Bunday jarayon bug‘latgichlarda, kondensatorlarda, qaynatib quyuqlashtirish moslamalarida, rektifikatsiya kolonnalarida va hokazolarda ro‘y beradi.
    Umumiy holda sathning o‘zgarishi quyidagicha tavsiflanadi:
    ,
    bu yerda S – apparatning gorizantal kesim yuzi; Gkir , Gchiq – kirish va chiqishdagi suyuqlik sarfi; Gxb – ma’lum vaqt birligida apparatda hosil bo‘ladigan yoki sarf bo‘ladigan suyuqlik miqdori.


    47-rasm. Sathni pozitsion rostlash sxemasi1 - nasos; 2 - apparat; 3 - sath signalizatori; 4 - sath rostlagichi; 5,6 - rostlovchi klapanlar

    Talab qilingan aniqlikda sathni ushlab turish uchun quyidagi rostlashning 2 turidan birini qo‘llash mumkin:



    1. Pozitsion rostlash. bu rostlash usulida apparatdagi sath kattagina Lp L Lyu chegarada doimiy ushlab turiladi. Bunday rostlash tizimlari suyuqlik jamlagichlarda yoki oraliq sig‘imlardaqo‘llaniladi. Sath ma’lum chegaraga yetganda oqim avtomatik tarzda zahiradagi sig‘imga htkaziladi.

    2. Uzluksiz rostlash, bunda berilgan qiymatda sathni barqarorlash ta’minlanadi, ya’ni L=L0. Agar apparatda faza o‘zgarishlari yo‘q bo‘lsa, sathni quyidagi 3 usulning biri yordamida rostlash mumkin (48-rasm).

    1) Apparat kirishidagi suyuqlik sarfining o‘zgarishi bilan (48,a).
    2) Apparat chiqishidagi suyuqlik sarfining o‘zgarishi bilan (48,b).
    3) Apparat kirishi va chiqishidagi suyuqlik sarflari nisbatini uning sathi bo‘yicha korreksiyalash yo‘li bilan (48,v). Bu usulning qo‘llanilishiga sabab sarflar munosabati rostlagichining sozlanishidagi hatoliklar hisobiga kirish va chiqishdagi sarflar nisbati talab etilgan darajada bo‘lmaydi va buning oqibatida apparatdagi sath uzluksiz ravishda ortib (yoki kamayib) boradi.


    48-rasm. Sathni uzluksiz rostlash sxemalari:
    a-oqib kirishda orqali rostlash, b-oqib chiqishda orqali rostlash,
    v- kaskad ARSni qo‘llash.
    Bu yerda 1 – sath rostlagichi; 2 – rostlovchi klapan; 3,4 – sarf o‘lchagichlari; 5 – o‘zaro nisbat rostlagichi.
    Alohida yuqori talablar issiqlik almashtirgichlardagi sathni rostlash aniqligiga qo‘yiladi. Chunki bu apparatlardagi suyuqlik sathi issiqlik jarayonlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ARSlarida sathni statik xatoliksiz rostlash uchun PI-rostlash qonunidan foydalaniladi.
    Qurilmadagi gidrodinamik jarayonlar fazalar o‘zgarishi orqali kechadigan bo‘lsa sathni issiqlik tashuvchi berilishini o‘zgartirish bilan (yoki sovituvchi agent orqali) rostlash mumkin. 49-rasmda ko‘rsatilgan qurilmada sath boshqa parametrlar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi mumkin (masalan: bosim bilan ). Shuning uchun har bir konkret holda sathni rostlash usulini tanlashda boshqa rostlash konturlarini ham hisobga olish lozim.




    49-rasm. Bug‘latgichdagi sathni rostlash sxemasi:
    1-bug‘latgich; 2-sath rostlagichi; 3- rostlovchi klapan
    Sathni rostlash tizimlarida alohida o‘rinni qurilmadagi donador material qatlamining qaynovchi (mavhum qaynash) sathi ARS egallaydi. Qaynovchi qatlam sathini gaz sarfi va qatlam massasi o‘zaro nisbatlari o‘zgarishining yetarlicha kichik chegaralarida barqaror ushlab turilishi mumkin. Gaz sarfining (yoki donador material sarfining) sezilarli o‘zgarishlarida qatlamning chiqib ketish rejimi (yoki cho‘kib qolish rejimi) kuzatiladi.
    Donador materialning apparat kirishidagi yoki chiqishidagi sarfi (50,a-rasm) yoki qatlamni qaynatuvchi gaz sarfi rostlovchi ta’sirlar sifatida qo‘llaniladi (50,b-rasm).


    50-rasm. Qaynayotgan qatlamning sathini rostlash:
    a-donador mahsulot berilishi orqali, b- gaz sarfini o‘zgarishi orqali
    1- qaynayotgan moddali apparat, 2- sath rostlagichi, 3-rostlovchi organ



    Download 5,68 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71




    Download 5,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari

    Download 5,68 Mb.