|
Proporsional-differensial rostlash qonuni, PD – qonun
|
bet | 35/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matniProporsional-differensial rostlash qonuni, PD – qonun.
P, I, PI –rostlagichlar texnologik jarayonda yuzaga kelgan buzilishlargagina javob qaytaradi. Rostlanayotgan parametr biron bir sababga ko‘ra tezlikda berilgan qiymatdan chetlashishi kuzatiladigan ob’ektlar uchun differensial tarkibiy qismi mavjud bo‘lgan rostlagichlardan foydalaniladi.
Rostlash qonuni
PD-rostlagichning uzatish fsnksiyasi
Bu yerda - rostlagichning uzatish koeffitsienti, - differensiatorning kuchaytirish koeffitsienti, - differensiatorning vaqt doimiysi.
Rostlanuvchi parametr berilgan qiymatdan chetlashganda differensiatorda bir onda signal yuzaga keladi, so‘ngra esa proporsional tarkibiy qismdan signal beriladi.
ARS harakatining barqarorlashgan holatida differensiatordan berilayotgan signal nolga qadar tushadi va faqat P-tarkibiy qism qoladi, ya’ni .
PD-rostlagichning dinamik xarakteristikasi 32-rasmda keltirilgan.
32-rasm. PD-rostlagichning dinamik xarakteristikasi.
PD-rostlagichning sozlash parametrlari . , . Bunday rostlagich qo‘llanilganda o‘tish xarakteristikasi vaqti kamayadi.
Proporsional-integral-differensial rostlash qonuni, PID – qonun.
Rostlash qonuni
PID-rostlagichning uzatish funksiyasi
Dinamik xarakteristikasi 33-rasmda keltirilgan:
33-rasm. PID-rostlagichning dinamik xarakteristikasi.
PID-rostlagichning afzalliklari quyidagilar: ning chetlashishi va chetlashish tezligiga ta’sir ko‘rsatadi, statik xatolik , o‘tish xarakteristikasi vaqtini kamaytiradi, nig amplituda tebranishlarini kamaytiradi. Kamchiligi sozlashning murakkabligi.
Sozlash parametrlari . . .
Nazorat savollari.
Rostlash qonuniga ta’rif bering.
Rostlagichning funksional sxemasini tshuntiring.
Rostlagich qanday elementlardan tashkil topgan?
Qanday rostlash qonunlarini bilasiz?
P, I, D, PI, PD, PID rostlagichlarning o‘tish xarakteristikalarini tasvirlab bering.
P, I, D, PI, PD, PID rostlagichlarning statik va dinamik xarakteristikalari qanday ko‘rinishga ega?
P, I, D, PI, PD, PID rostlagichlarning qanday sozlash parametrlarini bilasiz?
|
| |