rN miqdorini uzluksiz rostlash.
Maxsulot sifatini bilvosita parametr orqali rostlash.
Maxsulot sifati parametri ABSning blok sxemasi.
rN ni rostlash tizimlari talab qilinadigan rostlash aniqligiga bog‘liq holda ikki turga bo‘lish mumkin. Agar rN ning o‘zgarish tezligi yuqori bo‘lmasa, va uning o‘zgarishining mumkin bo‘lgan chegaralari yetarlicha keng bo‘lsa pozitsion rostlash tizimlaridan foydaliniladi. Bu rostlash sistemasi rN miqdorini berilgan chegaralarda ushlab turadi, ya’ni rNk rN rNyu (q – quyi, yu - yuqori).
Ikkinchi rostlash turiga talab etilgan qiymatda rN ni aniq ushlab turish talab qilinadigan jarayonni rostlashni ta’minlaydigan tizimlar kiradi (masalan neytlallashtirish jarayonlari). Ush bu rostlash sistemalarida PI yoki PID - rostlagichlar qonunlari qo‘llaniladi.
rN miqdorini rostlashda obl’ektlarning umumiy o‘ziga xos jihatlari rN ning reagent sarfiga nochiziq bog‘liq bo‘lganligi sababli ularning ham statik xarakteristikalarini nochiziq ekanligidir.
54-rasm. pH kattaligining reagent sarfiga bog‘liqligi
54-rasmda kislotaning G1 sarfiga rN midaorining bog‘liqligini tavsiflovchi titrlashning egri chizig‘i ko‘rsatilgan. Bu egri chiziqdan rN ning berilgan turli qiymatlari uchun asosiy uchta qisimga ajratish mumkin.
I – o‘rta qism, deyarli neytral muhitga tegishli, chiziqlikka yaqin va juda katta kuchaytirish koeffitsienti bilan tavsiflanadi.
II va III – ishqoriy va kislotali muhitga taalluqli bo‘lib, eng yuqori egrilikka ega.
I –qismda ob’ekt o‘zining statik tavsifiga ko‘ra, releli elementga yaqinlashadi. Bu shuni anglatadiki, chiziqli ARSni hisoblashda rostlagichning kuchaytirish koeffitsienti shunchalik kamki, hatto u sanoat rostlagichlarining ishchi sozlash chegarasidan ham chiqib ketadi. Neytrallashtirish reaksiyasi deyarli bir onda sodir bo‘lganligi sababli apparatning dinamik xarakteristikalari aralashtirish jarayoni orqali tavsiflanadi va aralashtiruvchi moslamasi bo‘lgan qurilmalarda kechikishli 1 – tartibli differensial tenglamalar bilan yetarli aniqlikda tavsiflanadi. Shu bilan birga amaliyotda qurilmalarning vaqt doimiysi qanchalik kam bo‘lsa, aniq rostlashni ta’minlash shunchalik qiyin bo‘ladi. Chunki asboblar va rostlagichlarning inersionligi, shuningdek impuls yo‘llardagi kechikishlar apparat kechikishidan ancha kattaligi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
rN ni aniq rostlashni ta’minlash uchun maxsus, ma’lum bir murakkab strukturaga ega bo‘lgan tizimlarni qo‘llash kerak bo‘ladi. 55,a- rasmda ikki rostlash klapanli rN ni rostlash tizimi keltirilgan. Bu yerda katta shartli diametrga ega bo‘lgan 1-klapan sarfni dag‘al rostlash uchun hizmat qiladi va rostlagich chiqish signali o‘zgarishining maksimal diapazoniga sozlangan (55, b-rasmda 1 egri chiziq). 2-klapan aniq rostlash uchun hizmat qiladi. U kamroq o‘tkazish hususichtiga mo‘ljallangan va shunday sozlanganki, xr= + bo‘lganda u to‘la ochiq, xr= - bo‘lganda u to‘la yopiq bo‘ladi. (55, b-rasmda 2 egri chiziq).
Shuday qilib rNning rN0 dan biroz chetlashishida, ya’ni -xr + bo‘lganda 1-klapanning ochilish darajasi deyarli o‘zgarmaydi va rostlash 2- klapan yordamida amalga oshiriladi. Agar xr-xr0 bo‘lsa, 2-klapan chetki holatda qoladi va rostlash 1-klapan tomonidan olib boriladi.
Quyidagi rasmda rN ni rostlash tizimiga bir misol keltirilgan.
55-rasm. rN ni rostlash tizimiga misol:
a-funksional sxemasi, b-klapanlarning statik tavsiflari
Bu yerda 1 va 2 mos ravishda 1 – va 2 – rostlovchi klapanlardir. 3-rN rostlagichi.
|