|
Sifat va tarkib ko‘rsatkichlarini rostlash
|
bet | 42/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matniSifat va tarkib ko‘rsatkichlarini rostlash. Kimyoviy texnologik jarayonlarda mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlarini aniq ushlab turish katta ahamiyatga ega (gaz aralashmasi tarkibi, oqimdagi u yoki bu moddalarning boyitilishi va hokazo). Bu ko‘rsatkichlar o‘lchashning murakkabligi bilan tavsiflanadi. Qator holatlarda tarkibni o‘lchash uchun xromatografik usuldan foydalaniladi. Bunda o‘lchash natijalari bir-biridan xromatograf ishlashi siklining davomiyligicha orqada qoluvchi diskret vaqt momentlarida ma’lum bo‘ladi.
56 – rasm. Mahsulot sifati parametrini avtomatik rostlash tizimining blok sxemasi
1 – ob’ekt, 2 – sifat analizatori, 3 – hisoblash qurilmasi, 4 – rostlagich
Uzlukli o‘lchov ko‘pgina qo‘shimcha kechikishlarga va rostlashdagi dinamik aniqlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. O‘lchovdagi kechikish ta’sirlarini kamaytirish uchun, mahsulot o‘zgaruvchilari bilan sifat bog‘liqliklari modelidan foydalaniladi, ular uzluksiz ravishda o‘lchab turiladi. Bu model ancha sodda bo‘lishi mumkin; navbatdagi sifat parametrlarining qiymatlari topilib hisoblangan model koeffitsientlari bilan taqqoslanadi. Shunday qilib, sifatni rostlashning eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri bilvosita hisoblanadigan ko‘rsatkichlar bo‘yicha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahlil natijalari bo‘yicha uni hisoblash algoritmini aniqlash bo‘lib hisoblanadi.
Mahsulot sifat parametrlari tizimini rostlashning blok sxemasi 56– rasmda keltirilgan.
Hisoblash qurilmasi sifat ko‘rsatkichining (t) uzluksiz bahosini quyidagi formula orqali hisoblaydi:
Rostlash aniqligini oshirish maqsadida avtomatik kalibrlash qurilmali uskunalardan foydalaniladi. Bu holda boshqarish tizimi tarkib analizatorlarini davriy ravishda kalibrlab, ularning tavsiflarini to‘g‘rilab amalga oshiriladi.
Nazorat savollari.
rN miqdorini rostlashning o‘ziga xosliklari nimalardan iborat?.
rN miqdorining reagent sarfiga bog‘liqligining egriligini tahlilini keltiring;
rN miqdorini pozitsion rostlash qanday hollarda amalga oshiriladi?.
rN miqdorini uzluksiz rostlash qanday hollarda amalga oshiriladi?
Maxsulot sifatini qanday qilib bilvosita parametr orqali rostlash mumkin?
Maxsulot sifati parametri ABSning blok sxemasini keltiring.
|
| |