|
1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari
|
bet | 50/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matniNazorat savollari.
28-mavzu. Bug‘latgichlar va kondensatorlarni rostlash.
Reja.
Bug‘latgichlarning prinsipial va struktura sxemalari. Bug‘latgichlar va kondensatorlar rostlash ob’yekti sifatida. Ularni rostlashning variantlari.
Bug‘latgichlarning prinsipial va struktura sxemalari.
2. Bug‘latgichlar va kondensatorlar rostlash ob’ekti sifatida.
3. Ularni rostlashning variantlari.
Yuqorida aytib o‘tilgandek bug‘latgich yoki kondensatorlar texnologik oqimni bug‘latish yoki kondensatsiyalash uchun ishlatiladi va ularni rostlash masalasi texnologik oqim bo‘yicha moddiy balansni ushlab turishga masalasiga olib kelinadi va bunda chiqish koordinatasi sifatida odatda apparatdagi sath xisoblanadi. Misol tariqasida bug‘latgichda kechayotgan jarayonni avtomatlashtirish ob’ekti sifatida ko‘rib chiqamiz (68-rasm).
Rostlashning vazifasi apparatdagi sathni barqarorlashtirishdan iborat, ya’ni bo‘lishi lozim. Demak asosiy rostlanuvchi parametrlar suyuqlikning apparatdagi sathi va bosimi hisoblanadi (Ls va R). Rostlovchi ta’sirlarga isituvchi par sarfi Gbug‘ va bug‘latib bo‘lingan mahsulot sarfi GM kiradi. Asosiy g‘alayonli ta’sirlar – apparatga kirayotgan suyuqlik sarfi GS va harorati , isituvchi bug‘ harorati kiradi (nazorat qilish mumkin bo‘lgan g‘alayonlar), shuningdek issiqlik yo‘qotishlari q ham nazorat qilib bo‘lmaydigan g‘alayondir.
GС, , сс
LС
Gбуғ, Рбуғ
GМ
68-rasm. Bug‘latgichning prinsipial sxemasi.
Bug‘latgichlarda kechayotgan jarayonning tahlili u ko‘p bog‘lanishli ob’ekt turiga kirishini ko‘rsatadi. Haqiqatdan ham, isituvchi bug‘ sarfining oshishi bug‘latish suratining jadallashishiga olib keladi va bu holat bir vaqtning o‘zida apparatda sathning kamayishi va bosimning ortishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek bug‘ chiqishi Gbug‘ ning o‘zgarishi faqat apparatdagi bosimgagina emas, balki maxsulot bug‘lanishi suratiga ham ta’sir qiladi, demak apparatdagi sathga o‘zgarishiga xam ta’sir etadi. 69-rasmda bug‘latgichning koordinatalari orasidagi o‘zaro aloqani aks ettiruvchi struktura sxema keltirilgan. Ob’ektning alohida kanallari bo‘yicha dinamik xarakteristikalari chiziqli zvenolar orqali approksimatsiyalanadi.
Ростлагич
Ростлагич
69-rasm. Bug‘latgichda sath va bosimni rostlash ARSning struktura sxemasi. 1- suyuqlikdagi issiqlik almashinuvini tavsiflovchi zveno, 2- suyuq fazadagi gidrodinamikani tavsiflovchi zveno, 3- par fazadagi gidrodinamikani tavsiflovchi zveno,4- bosimni suyuqlik bug‘lanishi issiqligiga ta’sirini hisobga oluvchi zveno,5- bosim rostlagichi, 6- sath rostlagichi.
Bug‘latgich va kondensatorlarni rostlash sistemalarining bir necha variantlarini ko‘rib chiqamiz.
Rassmotrim neskolko variantov sistem regulirovaniya ispariteley i kondensatorov.
|
| |