• Nazorat savollari. 27-mavzu. Qobiq quvurli issiqlik almashtirgichlar jarayonlarini rostlash. Reja.
  • Kojux quvurli issiqlik almashtirgichlar rostlash ob’ekti sifatida. Par-suyuqlik issiqlik almashtirgichlarning prinsipial va struktura sxemalari.
  • Rostlovchi ta’sir sifatida
  • 1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari




    Download 5,68 Mb.
    bet48/71
    Sana05.06.2024
    Hajmi5,68 Mb.
    #260470
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71
    Bog'liq
    0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni

    Sinov savollari:
    1. Issiqlik almashinuv apparatlarini rostlash ob’ekti sifatida qanday asosiy guruhlarga ajratish mumkin?
    2. Aralashtirish issiqlik almashtirgichlari rostlash ob’ekti sifatida taxlilini keltiring.
    3. Aralashtirish issiqlik almashtirgichlarining prinsipial va struktura sxemalari qanday ko‘rinishga ega?
    4. Aralashtirish issiqlik almashtirgichlari jarayonlarini rostlashning qanday variantlarini bilasiz?
    Nazorat savollari.


    27-mavzu. Qobiq quvurli issiqlik almashtirgichlar jarayonlarini rostlash.
    Reja.

    Qobiq quvurli issiqlik almashtirgichlar rostlash ob’yekti sifatida. Bug‘-suyuqlik issiqlik almashtirgichlarning prinsipial va struktura sxemalari. Bug‘-suyuqlik issiqlik almashtirgichlarni rostlash variantlari.





    1. Kojux quvurli issiqlik almashtirgichlar rostlash ob’ekti sifatida.

    2. Par-suyuqlik issiqlik almashtirgichlarning prinsipial va struktura sxemalari.

    3. Par-suyuqlik issiqlik almashtirgichlarni rostlash variantlari.

    Modda agregat holati o‘zgaradigan issiqlik almashtirgichni ko‘rib chiqamiz. Bunday issiqlik almashtirgichlarning rostlash ob’ekti sifatida o‘ziga xosligi bosim doimiy bo‘lganda va hosil bo‘layotgan kondensatning sovib ketishi (yoki hosil bo‘layotgan parning o‘ta isib ketishi) kuzatilmasa suyuo‘ va bug‘ fazalarining harorati bir hil bo‘ladi. Shuning uchun bu haroratlar bo‘yicha bug‘latish va kondensatsiyalash jarayonlarinig intensivligi haqida xulosa qilib bo‘lmaydi. Bunday holda issiqlik almashinuvining asosiy ko‘rsatgichi sifatida suyuq fazaning sathi hisoblanadi.
    Bu turdagi issiqlik almashtirgichlari uchun rostlash va avtomatlashtirish sistemasini tanlash masalalari apparatning nima uchun qmo‘ljallangan ekanligidan kelib chiqadi. Moddani berilgan haroratgacha isituvchi bug‘ning kondensatsiyalanishi natijasida ajraladigan issiqlik hisobiga (yoki moddani sovitish uchun bug‘lanayotgan suyuqlik oladigan issiqlik hisobiga) isitish uchun qo‘llaniladigan issiqlik almashtirgichlarda rostlash masalasi undan chiqayotgan texnologik oqim haroratini barqarorlashtirishdan iboratdir. Bug‘latgich yoki kondensatorlar esa texnologik oqimni bug‘latish yoki kondensatsiyalash uchun ishlatiladi va ularni rostlash masalasi texnologik oqim bo‘yicha moddiy balansni ushlab turishga masalasiga olib kelinadi.
    Suyuqlik haroratini dan gacha isitish uchun mo‘ljallangan kojux-quvurli bug‘-suyuqlik issiqlik almashtirgich misolida ularning dinamik xarakteristikalarining o‘ziga xosliklarini ko‘rib chiqamiz (63-rasm). Apparatning ishlash sharoitiga ko‘ra barcha o‘zgaruvchilar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu ob’ekt uchun xiqish, ya’ni rostlanuvchi koordinatalar sifatida chiqish harorati va quvurlar orasidagi kondensat sathi L hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, va L o‘zaro issiqlik almashinuv yuzasi orqali bog‘langan. Chunki kojuxning par bilan to‘la yuqori qismidagi issiqlik almashinuvining samaradorligi kondensat va isituvchi oqim orasidagiga ko‘ra ancha yuqori. Rostlovchi ta’sir sifatida isituvchi bug‘ning sarfi Gb va kondensat sarfini Gk qo‘llash mumkin. Asosiy o‘lchash mumkin bo‘lgan g‘alayonli ta’sirlar – issiqlik almashtirgich kirishidagi suyuqlikning harorati va sarfi ( ,Gs) va isituvchi parning bosimi R, nazorat qilish mumkin bo‘lmagan g‘alayonli ta’sirlar esa atrof muhitga bog‘liq bo‘lgan issiqlik yo‘qotilishlari qyo‘q. va quvurlar ichida hosil bo‘ladigan cho‘kmalar sababli vaqt davomida o‘zgarib turuvchi issiqlik uzatish koeffitsientlari kt lardan iborat.







    Gб, Р

    GС, Ср,

    Суюқлик

    Буғ

    63-rasm. Par-suyuqlik issiqlik almashtirgichning prinsipial sxemasi
    Shu taxlilga natijalariga suyangan holda par-suyuqlik issiqlik almashtirgichi misolida texnologik oqimning chiqish haroratini rostlash sistemalarining bir necha variantlarini ko‘rib chiqamiz.
    1-variant. PI va PID-rostlagichlar qo‘llaniladigan bir konturli ARS haroratni statik xatoliksiz rostlash imkoniniberadi. Lekin suyuqlikning harorati yoki sarfi bo‘yicha kuchli g‘alayonli ta’sir bo‘lganda o‘tish xarakteristikasi sifati qoniqarli bo‘lmasligi mumkin (64-rasm).







    Суюқлик

    64-rasm. Par-suyuqlik issiqlik almashtirgichda suyuqlik harorati bir konturli
    ARSning sxemasi

    Download 5,68 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71




    Download 5,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari

    Download 5,68 Mb.