|
1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari
|
bet | 51/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni1-variant. O‘z ichiga ikki yopiq rostlash konturini oladi (70-rasm, a). 5-rostlagich apparatdagi bosimni barqarorlashtiradi, sath rostlagichi 6 esa texnologik oqim bo‘yicha apparatdagi moddiy balans ushlab turilishini ta’minlaydi.
2-variant. Bu variantda isituvchi par va suyuqlik sarflari nisbati ga suyuqlik sathi bo‘yicha korreksiya kiritadigan kaskad ARS keltirilgan (70-rasm, b). Sarflar nisbati rostlagichi 3 suyuqlik sarfi bo‘yicha g‘alayonga statik kompensatsiya kiritadi. Shuning uchun ush bu rostlash sistemasini suyuqlik sarfi bo‘yicha kuchli g‘alayon ta’sir etayotgan hollarda qo‘llanilishi
maqsadga muofiq hisoblanadi.
3- variant. Kombinirlashgan ARSga misol bo‘ladi (70-rasm, v). Bu rostlash sistemasida bug‘ sarfi 4- hisoblovchi uskuna yordamida nazorat qilinadigan g‘alayonlar GS, , bo‘yicha hisoblanadi va sath berilgan qiymatdan chetlashganda rostlovchi qurilma 2 yordamida korreksiyalanadi.
70-rasm. Bug‘latgichlarni avtomatlashtirish sistemalari misollari: a- bir konturli ARS asosida, b- kaskad ARS qo‘llab, v- sathning kombinirlashgan ARSni qo‘llab; 1-bosim rostlagichi, 2-sath rostlagichi, 3- sarflar nisbati rostlagichi, 4-hisoblovchi uskuna.
Sinov savollari:
1. Qaysi parametr bug‘latgichlar uchun rostlanuvchi parametr hisoblanadi?
Qaysi parametr bug‘latgichlar uchun rostlovchi parametr hisoblanadi?
Bug‘latgichlar uchun nazorat qilish mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan parametrlarni aytib bering;
Bug‘latgichlarning prinsipial va struktura sxemalari qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?
Bug‘latgichlar qanday rostlash variantlarini bilasiz?
Nazorat savollari.
29-mavzu. Pechlarni rostlash.
Reja.
Pechlar rostlash ob’yekti sifatida. Ularning prinsipial va strukturaviy sxemalari. Ularni rostlashning variantlari.
|
| |