• Rostlovchi (kirish) parametrlari
  • Pechlar rostlash ob’ekti sifatida




    Download 5,68 Mb.
    bet52/71
    Sana05.06.2024
    Hajmi5,68 Mb.
    #260470
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71
    Bog'liq
    0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni

    Pechlar rostlash ob’ekti sifatida.

  • Ularning prinsipial va struktura sxemalari.

  • Pechlarni rostlashning variantlari.

    Issiqlik energetikasi jarayonlarida pechlar texnologik oqimni yoqilg‘ini yonishi issiqligi hisobiga yuqori haroratgacha isitish uchun ishlatiladi. Pechlarning tuzilishiga ko‘ra issiqlikning uzatilishi radiatsiya yo‘li bilan yoki tutun gazlari va texnologik oqim oraisda konvektiv issiqlik almashinuvi orqali amalga oshiriladi. Misol tariqasida quvur orqali o‘tuvchi issiqlik oqimi yonish natijasida hosil bo‘ladigan tutun gazlari yordamida isitiladigan pechni ko‘rib chiqamiz (71-rasm).



    Gё, Срё,

    Gҳ, Срҳ,

    G, ср,

    Ёқилғи
    Ҳаво

    Технологик оқим

    Тутун газлари



    GТ, СрТ, Т, сТ



    71-rasm. Texnologik oqimni isitish pechining prinsipial sxemasi
















    72-rasm. Texnologik oqimni isitish pechining struktura sxemasi

    Rostlashning vazifasi chiqish haroratini berilgan qiymatda ushlab turishdan iborat, ya’ni chiq = 0chiq


    Pechda tutun gazlarining harorati pechning butun xajmi bo‘yicha bir xil, texnologik oqim harorati  esa quvur uzunligi bo‘yicha kir dan chiq gacha o‘zgaradi. Shuning uchun pechning dinamik xarakteristikasini par issiqlik almashtirgichlar xarakteristikalari kabi ko‘rib chiqish mumkin. Bunda isituvchi par tutun gazlari bilan almashtiriladi.
    Shu nuqtai nazardan qaralganda yonish doirasidag harorat quyidagi parametrlarga bog‘liq:


    (1)
    Pechni rostlash ob’ekti sifatidagi tahlili va yuqorida keltirilgan ifodaga ko‘ra pech uchun asosiy rostlanuvchi parametrlar (chiqish parametrlari) chiqish oqimi harorati chiq, tutun gazlari harorati t, pech ichidagi siyraklashtirilgan havo R va tutun gazlarida kislorodning miqdori hisoblanadi. Chunki gazlarida kislorodning miqdoriga ko‘ra yonish jarayonining jadalligi aniqlanadi.yonish xarorati havo sarfiga ekstremal bog‘liq, ya’ni havo oshib ketsa ham, kamayib ketsa ham pasayib ketadi. Rostlovchi (kirish) parametrlari yoqilg‘i va havoning sarfi Gyo, Gh va tutun gazlarining chiqishdagi sarfi Gt. G‘alayonli parametrlar texnologik oqimning sarfi G va harorati kir, havoning harorati h, yoqilg‘ining harorati yo va issiqlik uzatish koeffitsienti va issiqlik yo‘qotilishi kabilardan iborat.
    Pechlarning rejim parametrlariga qo‘yilgan texnologik talablardan tashqari portlash xavfsizligi, mexnat faoliyati xavfsizligi va atrof muxit muxofazasi bo‘yicha ham cheklovlar qo‘yiladi. Masalan yoqilg‘i va havo sarflari nisbati doimiy ushlanishi va tutun gazlar atmasferaga chiqib ketmasligi uchun pechlarda siyraklashtirilgan havo bo‘lishi lozim.
    Olingan natijalar va qo‘yilgan talablar asosida pechlarni rostlashning quyidagi variantlari taklif etiladi.
    1-variant. Uch rostlash konturidan iborat sistemani tashkil etadi (73-rasm). Rostlagich 1 texnologik oqimning chiqish haroratini berilgan qiymatda stabil ushlab turish uchun mo‘ljallangan; rostlagich 2 gorelkaga havoning berilishini yoqilg‘i sarfiga ko‘ra ma’lum nisbatda bo‘lishini ta’minlaydi; rostlagich 3 pechdagi berilgan siyraklashtirilgan havoni tutun gazlari chiqishini o‘zgartirish orqali ushlab turadi.

    Ҳаво

    Ёқилғи

    Тутун газлари

    73-rasm. Haroratning bir konturli ARS
    Bu taklif etilayotgan ARSlari qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi, lekin juda katta kechikish natijasida o‘tish xarakteristikasi sifati qoniqarli bo‘lmay qolishi mumkin.
    2-variant. Chiqish haroratining kombinirlashgan ARS qo‘llanilishi hisobiga isitilayotgan oqim sarfi bo‘yicha g‘alayonni kamaytirish imkonini beradi (74-rasm). Bu yerda 4-dinamik kompensator.

    74-rasm. Haroratning kombinirlashgan ARS
    3-variant. Chiqish haroratini rostlashning kaskad ARSni o‘z ichiga oladi (75-rasm). Bu sistemada pechdagi tutun gazlari harorati oraliq koordinata sifatida qo‘llaniladi. Yordamchi kontur rostlagichi 4 rostlash kanali bo‘yicha g‘alayonlar mavjud bo‘lganda rostlash sifatini oshirishga yordam beradi.
    Bu sistemada tutun gazlari tarkibiy qismiga ko‘ra yoqilg‘i va havo sarflari nisbatiga korreksiya kiritish orqali amalga oshiriladigan yana bir kaskad ARS ham keltirilgan. Bu sistema tutun gazlari tarkibida CO2ning miqdorini tarkib rostlagichi 5 yordamida stabil ushlab turish imkonini beradi.

    75-rasm. Haroratning kaskad ARS



    Download 5,68 Mb.
  • 1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71




    Download 5,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pechlar rostlash ob’ekti sifatida

    Download 5,68 Mb.