|
1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari
|
bet | 54/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matniSinov savollari:
1. Qaysi parametr bug‘ qozoni uchun rostlanuvchi parametr hisoblanadi?
Qaysi parametr bug‘ qozoni uchun rostlovchi parametr hisoblanadi?
Bug‘ qozoni uchun nazorat qilish mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan parametrlarni aytib bering;
Bug‘ qozonining prinsipial sxemasi qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?
Bug‘ qozonining funksional sxemasi qanday rostlash konturlaridan iborat?
Nazorat savollari.
32-mavzu. Massa almashinish jarayonlarini rostlash.
Reja.
Massa almashinish jarayonlarining umumiy xarakteristikasi. Ularning matematik modellarini qurish. Massa almashinuv jarayonlarining optimallik kriteriylari.
Massa almashinuv jarayonlarining umumiy xarakteristikasi. 2. Rektifikatsion qurilmalarni avtomatlashtirishda boshqarish masalasining qo‘yilishi.
3. Qurilma rostlash ob’ekti sifatida.
4. Rektifikatsion kolonnalarning statik xarakteristikalari.
5. Rektifikatsion kolonnalarni avtomatlashtirish sistemalariga misollar.
Kimyoviy texnologiyalarda moddalarni ajratish uchun massa almashinish jarayonlaridan keng foydalaniladi. Bular: yutish (absorbsiya), eritib yuvish (ekstraksiya), rektifikatsiya, yuzaga singdirish (adsorbsiya) va quritish.
Ushbu jarayonlarning xilma-xilligi va ularni qurilmaviy jihozlanish usuli har xilligiga qaramasdan, ularning hammasi bir xil qonuniyatlarga bo‘ysunadi va avtomatlashtirish ob’ekti sifatida qator umumiy jihatlarga ega. Massa almashinish jarayonlarida kamida uchta modda ishtirok etadi:
1 – fazani tashkil etuvchi, taqsimlovchi modda
2 – fazani tashkil etuvchi, taqsimlovchi modda
Bir fazadan ikkinchi fazaga o‘tuvchi taqsimlovchi modda.
78-rasm. Massa almashinish jarayoni (a) va ishchi chiziq tenglamasini chiqarish (b)
Massa uzatishning asosiy tenglamasi:
Massa uzatish koeffitsienti Km va jarayonni harakatlantiruvchi kuch F bo‘lganda massa almashinish dF yuzasidan bir fazadan ikkinchi fazaga o‘tuvchi dM modda miqdorini aniqlaydi.
Jarayonni harakatlantiruvchi kuch ishchi S va muvozanatli Sr quyuqlanishlar orasidagi farqlar orqali aniqlanadi: .
Massa almashinuv jarayonlarining umumiy o‘ziga xos tamonlariga ularning katta energiya sig‘imiga ega ekanligi kiradi va avtomatlashtirish masalalari maxsulot sifatini berilgan qiymatda saqlagan holda energiya xarajatlarini kamaytirishdan iborat.
Deyarli barcha massa almashinuv jarayonlari diametiri bir necha metrni, balandligi esa bir necha o‘nlab metrni tashkil etuvchi kolonna turidagi apparatlarda olib boriladi. Shuning uchun ularning dinamik xarakteristikalari katta vaqt doimiysi va kechikishga ega bo‘ladi. Bunday sharoitda bir konturli oddiy rostlash sistemalari katta dinamik xatolik va o‘tish xarakteristikasining uzoq davom etishiga olib keladi. Rostlash sistemalarining o‘tish xarakteristikalari sifatini oshirish maqsadida massa almashinuv jarayonlarida kombinirlashgan va kaskad ARSlaridan foydalaniladi.
Massa almashinuv jarayonlarini avtomatlashtirishda olinayotgan maxsulotlar tarkibini uzluksiz nazorat qiluvchi avtomatik asboblarning yuqligi bu jarayonlarni avtomatlashtirishda eng katta murakkabliklarga olib keladi. Bunday xollarda tarkibni bilvosita parametrlar orqali, masalan aralashma qaynashi harorati orqali, uning zichligi kabilar orqali rostlash amalga oshiriladi. Bu rostlash sitemalari esa o‘z o‘rnida modda tarkibi va bilvosita parametrlar o‘rtasida g‘alayonli faktorlar ta’sirini hisobga oluvchi o‘zaro aloqani aniqlash kabi qo‘shimcha murakkablikka olib keladi.
Rektifikatsion uskunalari bug‘ qorishmalari va suyuq qorishmalarning qarshi oqimni o‘zaro ta’sirlashishi natijasida suyuq bir jinsli qorishmani tashkil etuvchi moddalarga yoki moddalar guruhiga ajratish uchun xizmat qiladi.
Rektifikatsiya uskunasini avtomatlashtirish ob’ekti sifatidagi jihatlarini boyitishdagi oson uchuvchi Sp tashkil etuvchi bilan qo‘sh tarkibli aralashmani distillyat (tozalangan suv bug‘idan hosil bo‘lgan suyuqlik) va undan qolgan suyuqlikka oson uchuvchi Sd va Sk boyitishlar ajratish qurilmasi misolida ko‘rib chiqamiz.
Quyidagi belgilashlarni qabul qilamiz: (79-rasm) Gt, Gd Gk, Gb, Gi.t., Gs.a., Gfl- ta’minot sarflari, distillyat, distillyatdan qolgan (kub) mahsulot, qaynatishga qizdiruvchi bug‘, ta’minot manbaini qizdirishga issiqlik tashuvchi, nam ajratgich (diflegmator)ga suyuqlik agenti, flegmalar; rb- qizdiruvchi bug‘ entalpiyasi; i.t., s.a. -issiqlik tashuvchilarning va sovuqlik agentining harorati; Si.t., Ss.a. – issiqlik tashuvchi va sovuqlik agentining solishtirma issiqlik sig‘imi; Rk – kolonnadagi bosim, Lk, Lfl – kolonna kubidagi va flegmali sig‘imdagi sath.
Rektifikatsion qurilma katta miqdordagi o‘zaro aloqador koordinatali murakkab ob’ekt hisoblanadi. Eng yaxo‘i rostlash kanallarini tanlash uchun ob’ektning statik va dinamik xarakteristikalarining solishtirma tahlilini o‘tkazish lozim. Taxlillar shuni ko‘rsatadiki, bu ob’ekt uchun asosiy rostlanuvchi (chiqish) koordinatalari sifatida distillyat va kub suyuqligining konsentratsiyalari- sd, sk, kolonnadagi kub suyuqligi sathi Lk, flegma sig‘imidagi sath Lfl, kolonnadagi bosim Rk hisoblanadi.
|
| |