|
1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari
|
bet | 57/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matniSinov savollar:
1.Massa almashinuv jarayonlarining qanday umumiy xarakteristikalarga ega?
2. Rektifikatsion qurilmalarni avtomatlashtirishda boshqarish masalasi nima asosida qo‘yiladi?
3. Qurilma rostlash ob’ekti sifatida qanday kirish, chiqish va g‘alayonli faktorlar ta’sirida bo‘ladi?
4. Rektifikatsion kolonnalarning statik xarakteristikalarini izoxlang;
5. Rektifikatsion kolonnalarni avtomatlashtirish sistemalariga qanday misollar bilasiz?
Nazorat savollari.
33-mavzu. Rektifikasiya qurilmalarni avtomatlashtirish.
Reja.
Rektifikasion qurilmalarni avtomatlashtirishda boshqarish masalasining qo‘yilishi. Qurilma rostlash ob’yekti sifatida. Rektifikasion kolonnalarning statik xarakteristikalari. Rektifikasion kolonnalarni avtomatlashtirish sistemalariga misollar.
Nazorat savollari.
34-mavzu. Absorbsion va bug‘latish qurilmalarini avtomatlashtirish.
Reja.
Absorbsion va bug‘latish qurilmalarini avtomatlashtirishda boshqarish masalasining qo‘yilishi. Qurilmalar rostlash ob’yekti sifatida. Absorbsion va bug‘latish qurilmalarini avtomatlashtirish sistemalariga misollar.
Absorbsion va bug‘latish qurilmalarini avtomatlashtirishda boshqarish masalasining qo‘yilishi.
2. Qurilmalar rostlash ob’ekti sifatida.
3. Absorbsion va bug‘latish qurilmalarini avtomatlashtirish sistemalariga misollar.
Absorbsiya va bug‘latish jarayonlari ham massa almashinuv jarayonlari bo‘lganligi uchun ulurni rostlash sistemalari ketma-ketligini tanlash va tahlil qilish masalalari rektifikatsiya jarayoni kabi boradi. Bu jarayonlar o‘z kinetikasi va apparatlarning tuzilishiga ko‘ra farqlansa ham, rektifikatsiya jarayoni bilan ko‘p umumiyliklarga ega. Shuning uchun bu jarayonlar taxlilida to‘xtamasdan ularni avtomatlashtirish misollariga o‘tamiz.
Absorbsion qurilmalar texnologik jarayonda oraliq bosqich bo‘lganligi sababli ularni optimallash masalalari umumiy jarayonni optimallashtirish masalalariga bo‘y sunadi. Odatda bu absorbsiya basqichini tavsiflovchi tayyor maxsulot tan narxini minimallashtirish masalasidan iboratdir. Absorbsion uskuna ishining muayyan sharoitlariga ko‘ra optimallashtirish masalasi yoki absorbersiya darajasini maksimallashtirish, yoki aralashmani ajratish uchun ketadigan energiya xarajatlarini minimallashtirish masalasiga olib keladi.
Kolonnalarda gaz va suyuq fazalar bo‘yicha moddiy balansni ushlab turish uchun uskunadagi bosim va kub maxsulot sathini, shuningdek chiqish maxsuloti tarkibini stabillashtirish nazarda tutiladi. Ya’ni bu parametrlar absorberlar uchun rostlanuvchi parametrlar hisoblanadi.
Asosiy rostlovchi kattaliklar kolonnanaga purkash uchun beriladigan absorbent sarfi va kolonnadan chiqayotgan kub maxsulot sarfi hisoblanadi.
Absorbsich jarayonidagi asosiy g‘alayonli faktorlar esa absorbsiyalanish gazining sarfi, tarkibi va harorati, ba’zi hollarda esa absorbentning (yutuvchining) harorati va tarkibi hisoblanadi.
86-rasmda absorbsion uskunalarda kechayotgan jarayonni avtomatlashtirish sistemasi misollari keltirilgan. Bir konturli ARS asosida tuzulgan avtomatlashtirish sistemasi (86-rasm, a) uskunadagi moddiy va issiqlik balansini ta’minlaydi (sath 1 va bosim 2 rostlagichlari), xamda maxsulot takibini barqarorlashtiradi (3-rostlagich).
Ta’minot sarfi bo‘yicha g‘alayonlarda sarflar nisbati rostlagichi 4 (86-rasm, b) orqali korreksiyalovchi signal kiritilishi bu g‘alayonlarni qisman kompensatsiyalashga va rostlash sifatini oshirishga imkon beradi.
Kaskad ARS da (86-rasm, v) yordamchi rostlanuvchi kattalik sifatida nazorat tarelkasidagi tarkib olingan.
Куб маҳсулот
Иситувчи аралашма
Қолдиқ газлар
86-rasm. Absobsion kolonnani avtomatlashtirish sistemalari misollari. a) bir konturli ARS; b) absorbent va gaz aralashmasi sarflari nisbatini kub maxsulot tarkibi bo‘yichakorreksiyalash orqali rostlash; v) kub maxsulot tarkibini kaskab ARS. 1, 1’- sath rostlagichlari, 2- bosim rostlagichi, 3- tarkib rostlagichi.
Bug‘latish jarayonini bir korpusli bug‘latish qurilmasida (oddiy bug‘latish) va ko‘p korpusli bug‘latish qurilmasida (ko‘p marotaba bug‘latish) olib borish mumkin. Ko‘p korpusli bug‘latish qurilmasida energiya xarajatlarini kamaytirishga ikkilamchi bug‘larni ikkinchi va undan keyingi korpuslarda isitish bug‘i sifatida ishlatish orqali erishiladi.
Bug‘latish jarayonini rostlash masalasi oxirgi bug‘latish apparatidan chiqayotgan quyuqlashtirilgan suyuqlik konsentrotsiyasini stabillashtirishdan iborat, yaa’ni konqentratsiya rostlanuvchi parametr hisoblanadi. Asosiy rostlovchi parametr sifatida bug‘ sarfining o‘zgarishi xizmat qiladi. G‘alayonli faktor sifatida boshlang‘ich aralashma sarfi va konsentratsiyasining o‘zgarishi, isitish bug‘i entolpiyasining o‘zgarishi va atrof muhitga issiqlik yo‘qotilishi xizmat qiladi.
Moddiy va issiqlik balanslarini ushlab turish uchun barcha apparatlarda apparatdan chiqib ketayotgan aralashma sarfini o‘zgartirish orqali sathni rostlash va kondensatorga berilayotgan sovuq agent sarfini o‘zgartirish orqali bosimni (sisraklashtirilgan havoni) stabillashtirish ko‘zda tutiladi.
Agar boshlang‘ich aralashma bug‘latishga oraliq sig‘im orqali berilayotgan bo‘lsa, rostlovchi ta’sir sifatida aralashmaning chiqishdagi konsentratsiyasiga bog‘liq holda belgilanadigan quyuqlashtirilgan aralashma sarfini tanlash mumkin. Bu holda sathni rostlash har bir apparatga berilayotgan aralashma sarfini yoki isituvchi bug‘ sarfini o‘zgartirish orqali amalga oshirilishi lozim.
87-rasmda ikki korpusli uskunada avtimatlashtirish sistemalari misollari keltirilgan.
Қуюқ. аралашма
Совуқ агент
Буғ
Бошланғич аралашма
87-rasm. Bug‘latish uskunasini avtomatlashtirish sistemalari mislollari: a) bir konturli ARS asosida, b) konsentratsiya bo‘sicha korreksiya kiritib bug‘ va boshlang‘ich aralashma sarflari nisbatini rostlash; v) quyuqlashtirilgan aralashma qonsentroatsiyasi kaskad ASR.
|
| |