|
1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari
|
bet | 58/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matniNazorat savollari.
1. Qaysi parametr absorber va bug‘latgich uchun rostlanuvchi parametr hisoblanadi?
Qaysi parametr absorber va bug‘latgich uchun rostlovchi parametr hisoblanadi?
Absorber va bug‘latgich nazorat qilish mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan parametrlarni aytib bering;
Absorber va bug‘latgichlarning funksional sxemasi qanday rostlash konturlaridan iborat?
Absorber va bug‘latgichlarni avtomatik rostlash sistemalari variantlari.
35-mavzu. Quritish jarayonini avtomatlashtirish.
Reja.
Quritish jarayoni uskunalari rostlash ob’yekti sifatida. To‘g‘ri va teskari oqimli quritgichlar. Ularni avtomatlashtirishning funksional sxemalari.
Quritish jarayoni uskunalari rostlash ob’ekti sifatida.
To‘g‘ri va teskari oqimli quritgichlar.
Ularni avtomatlashtirishning funksional sxemalari.
Turli xil texnologik jarayonlarda issiqlikni konvektiv usul bo‘yicha uzatadigan quritkichlar (purkovchi, qaynovchi qatlamli, barabanli, koiveyerli) keng tarqalgan. Quritishni avtomatik rostlashning eng yaxshi sxemalari quritilayotgan materialniig namlik miqdorini apparatdan chiqishda avtomatik tarzda o‘lchash mumkinligidir. Bunda rostlash materialning chiqishdagi namlik miqdori bo‘yicha amalga oshiriladi, bu esa berilgan darajada uning barqarorligini ta’minlaydi.
Ko‘pchilik hollarda material oqimida namlikni joriy o‘lchash uchun namlik o‘lchagich (vlagomer)lar bo‘lmaganligi sababli materialning chiqishdagi namlik miqdorining qiymati haqidagi axborotni olish mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun materialning namlik miqdorining quritishning turli parametrlari: temperatura va quritish uchastkasining nisbiy namligi bilan funksional bog‘lanishga asoslangan bilvosita usulini qo‘llanishga to‘g‘ri keladi.
Quritish juda uzoq vaqt (1soat atrofida) davom etadigan apparatlarda quritilayotgan materialning boshlang‘ich parametrlari quritish agenti parametrlariga qaraganda ancha kam ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun quritish agenti parametrlarining barqarorlashuvi material namligining barqarorlashuvini ta’minlaydi (u quritkichda doimiy vaqt davomida saqlaganda) deb hisoblanadi. Quritish agenti (havo)ning temperaturasi va nisbiy namligi o‘zaro bog‘liq bo‘lgani uchun berilgan qiymati uning nisbiy namligiga bog‘liq holda o‘zgaradigan havo temperaturasi ARS ni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Quritish qurilmalarida eng samarali rostlovchi ta’sir issiqlik oqib kelishining o‘zgarishi hisoblanadi. U bilan birga ishlatilgan havoni yangisi bilan almashtirish intensivligining o‘zgarishidan, materialning havo aylanib o‘tishi tezligi o‘zgarishidan, materialning quritish fazasida ko‘chishi tezligi o‘zgarishidan foydalanish mumkin.
Q uritish barabanida quritish jarayoni avtomatlashtirish ob’ekti sifatida yetarlicha murakkab xususiy hosilali differensial tenglamalar bilan tavsiflanadi. Quritish barabanining modelini «issiq havo sarfi - materialning chiqishdagi namligi» kanali bo‘yicha soddalashirish uchun uni sof kechikishli ikkinchi tartibli nodavriy bo‘g‘in ko‘rinishida qabul qilish mumkin. Bunda shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, quritish jarayoni ancha katta inersionlik bilan ifodalanadi.
87-rasm. Barabavli quritkichni avtomatlashtirish sxemasi.
Quritishda kirishda material namligiga va sarfiga quritish babarakiga kelayotgan issiq havo parametrining o‘zgarishi g‘alayonlanuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Barabanli to‘g‘ri oqimli quritkichda quritishning issiqlik rejimini rostlash (87-rasm) ikkita ARS bilan amalga oshiriladi.
Birinchi ARS III aralashtirish kamerasidagi issiqlik elitkich temperaturasini II barabanga kelib tushayotgan havo sarfiga ta’sir ko‘rsatish bilan berilgan daraja saqlab turish uchun mo‘ljallangan. 3-1 datchik barabanning oldingi qismidagi temperaturani nazorat qiladi. Datchikdan kelayotgan signal ikkilamchi asbob 3-2 ga va rostlagich 3-3 ga kelib tushadi, rostlagich esa havoning ventilyator VI ga uzatish chizig‘idan drossel to‘siqning (zaslonkaning ijro mexanizmi 3—4 ni boshqaradi. Bunda bir vaqtda gazning yonishi uchun zarur havo uzatish, shuningdek aralashtirish kamerasiga kelayotgan havo uzatish o‘zgartiriladi.
Ikkinchi ARS kechikish kam bo‘lgan va namlikning ancha qismi bug‘lanib ketgan, demak, apparatdan quritish jarayoni haqida fikr yuritish mumkin bo‘lgan baraban II ichidagi temperaturaga bog‘liq holda o‘choq IV ga gazni uzatishni o‘zgartirish yo‘li bilan quritishning issiqlik rejimini quvvatlab turadi. Datchik 2-1 dan chiqqan signal shchitga - ikkilamchi asbob 2-2 ga uzatiladi. Rostlash jarayoni quyidagi tarzda amalga oshiriladi. Agar xomashyo uzatish yoki uning namligi ortsa, u holda baraban ichidagi issiqlik elitkichniig temperaturasi pasayadi va 2-3 rostlagich gaz uzatishni orttiradi (2-4 ijro qiluvchi mexanizm). Bu issiqlik elitkichniing temperaturasini oshiradi, natijada rostlagich 3-3 baraban ichidagi havo berilgan qinmatni qabul qilmaguncha havo sarfini orttirib turadi. Bu ikki rostlagichning ishlashi bir-biri bilan bog‘liq.
Sxemada gaznipg bosimini yoqishdan avval stabillashtirish ko‘zda tutilgan. ARS ga bosim datchigi 4-1 - chiqishli o‘zgartirgnchli monometr, ikkilamchi asbob 4-2 va rostlagich 4-3, forsunka V ga gaz uzatish chizigidagi to‘siq 4-4 ning boshqaruvchi mexanizmi kiradi. Sxemada, shuningdek tutun so‘rgich I ning unumdorligini o‘zgartirish yo‘li bilan o‘choqda siyraklashtirish ARSi ko‘zda tutilgan. Unga siyraklashtirish datchish 1-1, ikkilamchi asbob 1-2 va rostlagich 1-3 kiradi.
Barabanning oldingi qismi temperaturasiii o‘lchashda rostlagich quritishning borishi haqidagi axborotni har doim ham olavermaydi. Shuning uchun ko‘pchilik hollarda kaskadli ARS dan foydalaniladi, unda barabandan chiqishda issiqlik elitgichning temperaturasi rostlanadi, uning berilgan qiymati esa barabanning o‘rtasidagi temperaturaga bog‘liq holda tuzatiladi.
Amalda quritish uchun purkagich (to‘zg‘itish) quritkichlari keng qo‘llaniladi. Mahsulotiing turiga va unga qo‘yiladngan talablarga bog‘liq holda tayyor mahsulot sifatining asosiy ko‘rsatkichlarn namlik miqdori, fraksion tarkibi, boshlang‘ich zichlik yoki fizika-kimyoviy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Sanab o‘tilgan bu ko‘rsatkichlarni bevosita aniqlash uchun asosiy rostlovchi kattalik sifatida qurilmadan chiqishda material yoki gazlarning temperaturasidan foydalanish mumkin.
Quritish qurilmalarining boshqa turlarini, masalan, qatlami qaynayotgan quritkichlarini avtomatlashtirishda rostlanuvchi kattalik sifatida qatlamdagi materialning temperaturasi tanlanadi. Rostlanuvchi ta’sir sifatida materialpi quritgichga uzatishni o‘zgartirish (agar quritgichning unumdorligini o‘zgartirish mumkin bo‘lsa), issiqlik eltgich sarfini va issiqlik eltgichning kirish tempsraturasini o‘zgartirish qabul qilingan.
Sinov savollari:
Quritgichlarning qanday turlarini bilasiz?
Nima uchun namlik miqdori bilvosita usullar orqali o‘lchanadi?
Quritish uskunasi uchun qanday parametrlar rostlanuvchi, rostlovchi va g‘alayonli parametrlar hisoblanadi?
Barabanli quritgichda kechayotgan jarayonni tavsiflab bering.
Barabanli quritgichda kechayotgan jarayonni rostlash sistemasining funksional sxemasi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
|
| |