• 39-mavzu. Suv tayorlash qurilmalarini avtomatlashtirish. Reja.
  • Suv tayyorlash qurilmalaridagi kechadigan jarayonining texnologik sxemasinig tavsifi;
  • 1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari




    Download 5,68 Mb.
    bet66/71
    Sana05.06.2024
    Hajmi5,68 Mb.
    #260470
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
    Bog'liq
    0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni

    Sinov savollari:
    1. Spirt ishlab chiqarish jarayonining texnologik sxemasinig tavsifini keltiring;
    2. Spirt ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish jarayoni boshqarish ob’ekti sifatidagi tahliliga ko‘ra rostlanuvchi va nazoratqilinuvchi parametrlarni izohlang;
    3. Spirt ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish jarayonining optimal ish rejimiga erishish uchun qanday avtomatlashtirishning funksional sxemasi tavsiya etiladi?


    39-mavzu. Suv tayorlash qurilmalarini avtomatlashtirish.
    Reja.

    Issiqlik elektr stansiyasining suv-kimyoviy rejimlari va suv tayyorlash uskunalari haqida umumiy ma’lumotlar. Suv tayyorlash qurilmalari va suvni kimyoviy tozalash rejimini avtomatlashtirish.


    Suv tayyorlash qurilmalaridagi kechadigan jarayonining texnologik sxemasinig tavsifi;
    2. Suv tayyorlash qurilmalaridagi kechadigan jarayonini avtomatlashtirish jarayoni boshqarish ob’ekti sifatida;
    3. Suv tayyorlash qurilmalaridagi kechadigan jarayonini avtomatlashtirish jarayonining optimal ish rejimiga erishish uchun tavsiya etiladigan avtomatlashtirishning funksional sxemasi.


    Elektrstansiyaning suv-kimyoviy rejimi – bu suv-bug‘ traktida va asosiy uskunalarda yemiriluvchi jarayonlar va cho‘kindi hosil bo‘lish jarayonini minimallashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar majmuasidir. Bu tadbirlar qatoriga birinchi o‘rinda issiqlik olib tashuvchini me’yorlash tadbirlari kiradi. Buning uchun har bir elektrstansiya tarmoqlarning texnik ekspluatatsiya qoidalari (TEQ) normalariga mos holda turbina oldida qozon va bug‘ ta’minot suvining tarkibini tayyorlash va saqlash maqsadi bilan birlashgan suv tayyorlash qurilmalari (STQ) tizimiga ega. TEQ normalaridan kelib chiqqan holda, turbina oldidagi bug‘ sifatiga bo‘lgan talablar qudratli energoblokli elektrostansiyalar uchun bir xildir. Ta’minot suvining sifatiga bo‘lgan talablar to‘g‘ri oqimli va baraban qozonli elektrstansiyalari uchun har xildir. To‘g‘ri oqimli qozonga quyiladigan ta’minot suvi butunlay bug‘ga aylanadi va bu suvdagi bo‘lgan hamma aralashmalar qozon yuzida qoladi hamda bug‘ bilan turbinaga boradi. Shuning uchun to‘g‘ri oqimli qozonlar ta’minot suvining sifati har doim yetarlicha yuqori bo‘lishi kerak.
    Barabanli qozonlarda ta’minot suvi bilan kelgan aralashmalar (qo‘shimchalar) qozon tubida quyuqlashadi. Qozon suviga korrektlovchi qo‘shimchalarni qo‘shish yo‘li bilan uni yumshatish mumkin, bunda kam eruvchi aralashmalar quyqumga aylanib qoladi. Yig‘ilib qoluvchi quyqum hamda erigan aralashmalar qozon suvidan puflab, tozalab yo‘qotiladi. Shunday qilib, barabanli qozonlarda qozon suvining tarkibini rostlash imkoniyati bor. Bu ta’minot suvining sifatiga bo‘lgan talablarni ma’lum darajada pasaytirishga imkoniyat beradi. Lekin zamonaviy energobloklarning bug‘iga bo‘lgan yuqori talablar shuni ko‘rsatib berdiki, barabanli qozonlar ta’minot suvining sifatiga bo‘lgan talablarni oshirish kerak.
    Har bir zamonaviy elektrstansiyaning STQ tizimi ishlab chiqarishdan qaytgan kondensatni tozalash uchun hamda suv bug‘ trakti va issiqlik tarmog‘idagi yo‘qotishlarning o‘rnini bosadigan, qo‘shimcha suvni kimyoviy tozalash uchun mo‘ljallangan kimyoviy suv tozalash qurilmasi hamda qabul qilingan suv-kimyoviy rejimiga mos holda kondensatli-ta’minot traktiga korrektlovchi reagentlarni qo‘shish yo‘li bilan turbina kondensatlarini va ta’minot suvini korreksion qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qurilmani o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari SKD energoblokli elektrstansiyalarida turbina kondensatini tozalash uchun blokli tuzsizlantiruvchi qurilma (BTQ), baraban qozonli elektrstansiyalarida esa – qozon suvini korreksion qayta ishlash qurilmasi mavjud. Shuni aytib o‘tish kerakki, bir qator chet el elektrstansiyalarida, baraban qozonli energobloklar uchun ham turbina kondensatini tozalash amalga oshiriladi.
    Boshlang‘ich suv sifatida o‘rtacha minerallash yer usti manbalarining suvini ishlatuvchi, SKD energoblokli zamonaviy IES ning STQ tizimining prinsipial sxemasi 94-rasmda keltirilgan.
    Kimyoviy suv tozalash (KST) suvni oldindan tozalash qurilmasidan va keyingi uni kimyoviy tuzsizlantirish qurilmasidan iborat. Oldindan tozalsh, dag‘al dispersli va kolloidli aralashmalarni suvdan yo‘qotish yo‘li bilan boshlang‘ich suvni tindirish, suvning ma’lum sifatida esa u dekarbonizatsiyalanadi, ya’ni bu suvda qattiq tuzlar va kremniy kislotasining miqdori kamaytiriladi va qisman yo‘qotiladi.




    94-rasm. Qayta ishlanuvchi suv sarfiga mutanosib bo‘lgan gidrazin eritmasini avtomatik miqdorlashning prinsipial sxemasi
    Suvni tindirish koagulyatsiya (molekulyar tortishish kuchlari ta’sirida zarrachalarning yopishishi) usulida, qayta ishlanuvchi suvga koagulyantlar qo‘shish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Koagulyant sifatida alyuminiy yoki temirning tuzlari ishlatiladi. Qayta ishlanuvchi suvning kolloid aralashmalarining koagulyatsiyasi hamda dag‘al dispersli ifloslanishlarning qo‘shilishi cho‘kma hosil bo‘lish bilan tugaydi.
    rN ning qiymati 9 dan oshganda karbonsizlantirish boshlanadi, bunga boshlang‘ich suvga berilgan miqdordagi ohakning ohakli sut ko‘rinishida qo‘shish orqali erishildi. Parcha hosil bo‘lish jarayonlarini yaxshilash uchun oldindan tozalashda, qayta ishlanuvchi suvga ko‘pincha flokulyantlar qo‘shiladi.
    Oldindan tozalaganda parchalarning paydo bo‘lishi va qayta ishlanuvchi suvdan ajratish mexanik filtrli tindirgichlarda amalga oshiriladi. Suvni qayta ishlash uchun qo‘llaniluvchi reagentlarni me’yorlash uchun maxsus me’yorlaydigan qurilmalar ishlatiladi.
    Turbina kondensatini tozalash, kondensatorga sovitish suvi bilan kelgan aralashmalarni va konstruksion materiallarni yemiruvchi mahsulotlarini undan yo‘qotish maqsadida amalga oshiriladi. Qurilma temirsizlantirish filtrlaridan va suvni butunlay kimyoviy tuzsizlantirish filtrlaridan iborat. Yuqori kritik parametrli blokli elektrstansiyalarida barcha turbina kondensatini tozalash amalga oshiriladi. Bunda har bir energoblok alohida kondensat tozalagichiga ega.
    Ta’minot suvini va kondensatni korreksion qayta ishlash issiqlik tashuvchining yemirilishga qarshi xossalarini ta’minlash uchun amalga oshiriladi. Bunga suvga maxsus korrektlovchi reagentlarni qo‘shish bilan erishiladi. Reagent sifatida ammiak va gidrazin ishlatiladi.
    Oxirgi yillarda SKD energoblokli va po‘lat turbinali past bosim isitgichli elektrostansiyalarda yangi turdagi korrektlovchi reagent-kislorod va tarkibida kislorod bo‘lgan aralashmalar paydo bo‘ldi.
    Baraban bug‘ generatorli elektrostansiyalarda qozon suvini korreksion qayta ishlash, qozonning barabaniga nasos-me’yorlagichlar yordamida uzatiladigan fosfat eritmalari yordamida amalga oshiriladi. Barabanli qozonlarning ta’minot suvini uchmaydigan ishqor va kompleksonni ishlatgan holda korreksion qayta ishlashning yangi usulini tadqiq qilish shuni ko‘rsatdiki, bu usul qozon yuzasida yuqori chidamli himoya qatlamini yaratish uchun juda samarali bo‘lib hisoblanadi.

    Download 5,68 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




    Download 5,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari

    Download 5,68 Mb.