• 38-mavzu. Oziq-ovqat sanoatini avtomatlashtirish. Reja.
  • 2. Yog‘ni ekstraksiyalash va kunjarani erituvchidan ajratish jarayonini avtomatlashtirish jarayoni boshqarish ob’ekti sifatida;
  • 1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari




    Download 5,68 Mb.
    bet64/71
    Sana05.06.2024
    Hajmi5,68 Mb.
    #260470
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71
    Bog'liq
    0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni

    Nazorat savollari.

    1. Katalitik kreking jarayonini tavsifini bilasizmi?

    2. Katalitik kreking jarayonining ish unimdorligining ko‘rsatgichi qanday parametrlar hisoblanadi?

    3. Katalitik kreking jarayonini optimal ish rejimiga erishish uchun qanday parametrlarni rostlash va nazorat qilish tavsiya etiladi?

    38-mavzu. Oziq-ovqat sanoatini avtomatlashtirish.
    Reja.

    Yog‘ni ekstraksiyalash va kunjarani erituvchidan ajratish jarayonini avtomatlashtirish. Spirt ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish.




    Yog‘ni ekstrakqiyalash va kunjarani erituvchidan ajratish jarayonining texnologik sxemasinig tavsifi;
    2. Yog‘ni ekstraksiyalash va kunjarani erituvchidan ajratish jarayonini avtomatlashtirish jarayoni boshqarish ob’ekti sifatida;
    3. Yog‘ni ekstraksiyalash va kunjarani erituvchidan ajratish jarayonini avtomatlashtirish jarayonining optimal ish rejimiga erishish uchun tavsiya etiladigan avtomatlashtirishning funksional sxemasi.
    Moy xomashyosidan o‘simlik yog‘ini olish uchun sanoatda ketma-ket yog‘sizlantirish usuli bilan uzluksiz ekstraksiyalash juda keng qo‘llanilmoqda. Bu usul erituvchining va ekstraksiyalanuvchi materialni qarama-qarshi yo‘naltirish prinsipiga asoslangan. Ketma-ket yog‘sizlantirish usulining qo‘llanilish jarayonni bitta apparatda olib borishga, konsentratsiyalangan missella olishga, ekstraksiyalashning davom etish vaqtini qisqartirishga, energiya sarflarini va eritkich isrofini ancha kamaytirishga imkon beradi. Uzluksiz ekstraksiyalash jarayoni masalan, elektraksiyalanuvchi materialni karama-qarshi oqimda harakatlanuvchi eritkichga botirish usuli bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunday turdagi ekstrektorlarga ND-1250 vertikal shnekli ekstraktorlar kiradi.
    Botirish usuli bo‘yicha uzluksiz ekstraksiyalashning texnologik jarayonini 92-rasm ifodalaydi. Ekstraksiyalanuvchi material transportyor V vositasida ekstraktor VI yuklash kolonnasiga uzatiladi, keyin yuklash kamerasining shnek bilan ekstraktorning gorizontal shnekigacha pastga uzatiladi. Gorizontal shnek materialni ekstraksion kolonnaga uzatadi, bu yerda xam u shnek yordamida eritkichning qarshi oqimi vositasida yuqoriga ko‘tariladi.
    Eritkich idishi I dan nasoslar II yordamida eritkich benzosuv ajratkich III orqali issiqlik almashgich IV ga uzatiladi, u yerda isitiladi va ekstraksion kolonnaning yuqori qismiga keladi.
    Yog‘sizlantirilgan material - kunjara (shrot) ekstraksion kolonnaning yuqori qismida joylashgan chiqaruvchi qurilma VII yordamida toster VIII ga uzatiladi, unda shrotdan eritkich haydiladi. Eritkich va suv bug‘lari skrubber IX orqali kondensatorlarga keladi, shrot esa chiqaruvchi shnek X yordamida namlovchi shnek XI va pnevmotrapsportyor bilan shrot elevatoriga uzatiladi.
    Ekstraksiyalashning texnologik jarayonini taxlil etish shuni ko‘rsatadiki, uni avtonatlashtirish sxemasi ekstraktorga berilayotgan eritkichning sarfini va temperaturasini avtomatik rostlashni; ekstraktorning yuklanish kolonnasida ekstraktlanuvchi material sathini rostlashni; ekstraktorning yuklanish oqimida eritkichning, ekstraksiyalaiuvchi materialning, toster changlaridan va namlovchi shnekdan chiqnshdagi shrotning, kollektorlardagi bug‘ning temperaturalarini avtomatik nazorat qilishni; ekstraktorning yuklanish kolonnasi yuqori qismida, skubber gaz yo‘lida siyraklanishlarni rostlashni; nasoslar ishlaydigan liniyada, suv ajratkichda, eritkich isitkichiga bug‘ uzatish liniyasida bosimlarni nazorat qilishni; ikkilamchi eritkich bakidagi sathni nazorat qilishni; eritkichning havodagi va shrotdagi foiz hisobidagi miqdorlari haqida avtomatik signal berishni nazarda tutishi kerak.
    Eritkich sarfini barqarorlashtirishniig avtomatik sistemasi DKN turadagi diafragma 1a dan, 13 DD11 turidagi difmanometr 1b dan, PV 10. 1E turidagi ikkilamchi asbob 1v dan, unga boshqarish stansiyasi 1d kiritilgan (sxemada shartli ravishda alohida ko‘rsatilgan) PR3-31 turidagi rostlovchi blok 1g dan va 25 g 30 NJ (V3) turidagi rostlovchi membrana klapani 1e dan iborat bo‘lib, bu klapan eritkichning idishga qaytib tushish liniyasida o‘rnatilgan.
    Sistema quyidagicha ishlaydi. Ikkilamchi asbob 1a ga kiritilgan zadatchik (topshirgich) yordamida, eritkich sarflashning berilgan qiymati o‘rnatiladi. Rejimlar almashlab ulagich (pereklyuchateli) avtomatik rostlash xolatiga o‘tkaziladi. Sarflashning berilgan qiymatiga proporsional pnevmatik signal va difmonometr 16 o‘lchagan sarfining oniy qiymatiga proporsional pnevmatik signal rostlagich 1g ga keladi. Bu signallar orasida muvozanat buzilganda rostlagich klapan 1e ni ochishga yoki yopishga mos tegishli pnevmatik signalni ishlab chiqadi.
    Ikkilamchi asbobga kiritilgan boshqarish stansiyasi klapanni qayta ulagich va dastaki topshirgich yerdamida masofadan turib qo‘lda boshqarish imkonini nazarda tutadi.
    Eritkich temperaturasini avtomatik barqarorlashtirish sistemasi termoballon Za li 13TD73 turidagi manometrik termometr 3b dan, PV 10 1E turidagi ikkilamchi asbob Zv dan, PRZ-31 turidagi rostlovchi blok Zg dan va 25 ch 30 NJ turidagi rostlovchi membrana klapani Ze dan iborat.
    Ikkilamchi asbob rostlanuvchi parametrni yozish va kattaligini ko‘rsatnshni, shuningdek rostlanuvchi parametrning berilgan qiymatini ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Asbob ichiga ulangan boshqarish stansiyasi Zd da topshirgich bor, u ijrochi mexanizmni masofadan turib qo‘lda boshqarishni ta’minlaydn va masofadan turib qo‘lda boshqarishdan avtomatik boshqarishga va aksincha silliq o‘tishni ta’minlaydi.
    Agar eritkichning temperaturasi g‘alayonlanish ta’sirida berilgan qiymatdan yuqoriga ko‘tarilsa, u holda truboprovodda issiqlik almashgichdan keyin o‘rnatilgan termoballon bu o‘zgarishlarni qabul qiladi va manometrik termometrga o‘rnatilgan pnenmatik o‘zgartkich uni pnevmosignalga aylaitiradi, bu signal ikkilamchi asbobga va rostlagichga keladi. Rostlagichda bu signal topshirgichdan keladigan signal bilan taqqoslanadi va moslik bo‘lmaganda rostlagich rostlovchi klapanga ta’sir ko‘rsatib, uni yopadi va issiqlik almashgichga uzatilayotgai issiqlik uzatishni issiqlik almashtirgichdan keyingi eritgich temperaturasi berilgan qiymatga teng bulmaguncha kamaytirib turadi. Agar eritkich tsmperaturasining pasayishi sodir bo‘lsa, rostlagich teskari tomonga ishlaydi.
    Ekstraktorning yuklanish kolonnasidagi ekstraktlanuvchi material sathini barqarorlantirishning avtomatik sistemasi MESUN-1V turidagi uchta signalizatorlar komplektidan iborat bo‘lib, ular yorug‘ va tovush signalizatsiyalari sistemasiga va ekstraktorlarni blokirovkalash, quritish guruhidagi apparatlar va transport elementlari elektr sxemasiga ulan gan.
    Yuqori sath ogohlantiruvchi, o‘rtadagi normal, pastkisi avariya sathidir. Sistema ishining ishonchliligini oshirish uchun yuqori va pastki sathlar mikroqayta ulagichli bayroq turidagi datchiklar bilan takrorlanishn mumkin.
    Portlashdan himoya qilingan tarzda ishlangan DE-4 turidagi signalizator datchiklari 14a, 15a, 16a ekstraktorning yuklash kolonnasi yuqori qismi o‘rniga yoki yuklanish oqimida o‘rnatiladi. Signalizatorlar bloklari 14v, 15v, 16v markaziy shchitda o‘rnatiladi.
    Sathni barqarorlashtirish sistemasi quyidagi tarzda ishlaydi. Rejimni tanlash kalitlar 13b, 17b yordamida avtomatik blokirovka qilingan rejimi yoki masofadan turib qo‘lda boshqarish rejimi tanlanadi. Qalitlar masofadan turib qo‘lda boshqariladigan holatda turganda blokirovka qilingan agregatlarni ishga tushirish va to‘xtatish pultdan turib, knopka 13v, 17v li postlar yordamida istalgan ketma-ketlikda amalga oshirilishi mumkin. Bunda to‘xtatish knopkalari 13g, 17g joyiga o‘rnatiladi.
    Kalitlarning holati avtomatik blokirovka qilingan boshqarish rejimida bo‘lganda agregatlar va transport elementlarini ishga tushirish materialning texnologik oqimi harakatga teskari tartibidagina va ekstraktor yuklanish kolonnasida materialning o‘rtacha normal sathi mavjud bo‘lgandagina amalga oshirilishi mumkin. Biror agregat to‘xtatilganda oldingi hamma agregatlar va texnologik oqim bo‘yicha transport elementlari to‘xtaydi. Shunday qilib, texnologik qurilmani material bosib ketishi va ortiqcha bo‘lishining oldi olinadn.
    Sistemaning avtomatik blokirovka qilingan rejimda ishlashi quyidagi tarzda kechadi. O‘rtacha sathda qurilma normal rejimda ishlaydi, bu haqida tablo 15g signal beradi. Material sathi yuqoridagi datchikkacha ko‘tarilganda signal tablosi 14g yonadi va ogohlantiruvchi tovush signallari NA1, NA2 ulanadi. Berilgan vaqt o‘tgandan so‘ng yurgizib yuborgich 13a ishlab ketadi va transportyor 5 hamda u bilan blokirovka qilingan hamma transport elementlari uziladi.
    Sath pasaygandan so‘ng ishga tushirishdan oldingi signalizatsiya ulanadi va keyin transport elementlari avtomatik ishga tushiriladi.
    Material sathi pastki datchikkaga pasayganda avariya signali 16g va tovush signallari NA1 va NA2 ulanadi, yurgizib yuborgich 17a ishga tushadi va ekstraktor uznladi. Shundan so‘ng navbatchi xodimlar signalni o‘chirish tugmachasini bosib, tovush signalini o‘chiradi va material sathining avariyagacha pasayish sababini bartaraf qiladi. Keyin ekstraktorning yuklash kolonnasi normal sathgacha to‘ldiriladi. Material o‘rtadagi datchik elektrodiga yetgan paytda kuchlanish bloki 15v relesi ishga tushib, ishga tushirishdan oldingi signalizatsiya ulanadi, yurgazib yuborgich 17a chulg‘amiga tok beriladi, yuritma 6 avtomatik ulanadi va ekstraktor yuklanish bo‘yicha me’yordagi rejimda ishlashda davom etadi.
    Eritkich temperaturasi ARS ishini kuzatish va davriy nazorat qilish qulay bo‘lishi uchun termoballon 5a li TK-100 turidagi takrorlovchi-ko‘rsatuvchi dilatometrik termometr 5b o‘rnatiladi.
    Avtomatik suv ajratkichdagi va bug‘ uzatuvchi quvurdagi bug‘ni issiqlik almashgichga uzatishda nasoslarning uzatish tizimida bosim MP4-U turidagi oddiy texnik manometrlar 6a-9a bilan amalga oshiriladi.
    Ikkilamchi eritgich idishida (sxemada shartli ravishda bitta idish ko‘rsatilgan) sathni o‘lchash PV11 turidagi ko‘rsatuvchi pnevmatik ikkilamchi asboblar 10b komplektidagi UB-P10 turidagi boykali sath o‘lchagich 10a yordamida amalga oshiriladi.
    Ekstraksiyalanuvchi materialning ekstraktorning yuklanish nuqtasidagi temperaturasini nazorat qilish termoballon 11a li TK-100 termometr 11b bilan oshiriladi. TK turidagi termometrlarning farq qiluvchi konstruktiv xususiyati shundaki, ular termoballon bilan tutashtiruvchi kapillyarsiz bir butun qilib bajarilgan. Ekstraktorning yuklanish kolonnasi yuqori qismidagi siyraklanish gazni ajratib olib ketuvchi quvurda o‘rnatilgan TM-P1 turidagi o‘lchagich 12a yordamida nazorat qilinadi.
    Havoda eritkich bug‘larining konsentratsiyasini nazorat qilish uchun yonuvchi gazlar signalizatorlari o‘rnatiladi. Agar qurilma geksan fraksiyali ekstraksion benzinda TU381 013 03-73 bo‘yicha ishlasa, u holda SXT IV4 signalizatoridan foydalanish tavsiya etiladi. Signalizator DXT 102 U4 datchikdan va ta’minot hamda BSP-106U4 signalizatsiyadan iborat.
    Qabul qilgich qurilmalar (datchik) o‘zgartkichlar 18a, 19a, 20a lar, 18b, 19b, 20b bilan birga ekstraksion sexning xonasida turli otmetkalarda, eritkich bug‘lari bo‘lish ehtimoli eng ko‘p bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi. Ta’minot va signalizatsiya bloklari 18v, 19v, 20v markaziy shchitda o‘rnatiladi. Havoda eritkich bug‘larining konsentratsiyasi portlovchanlikning quyi chegarasidan 20% yuqori ko‘tarilsa, 18g, 19g,20g yorug‘lik signali NA1, NA2 tovush signali beriladn.
    Eritkichning kunjaradan to‘la haydalashini nazorat qilish uchun va tosterni ishga tushirish vaqtida kunjaraning eritkich bilan birga o‘tib ketishining oldini olish uchun STX-IV4 yonuvchi gazlar signalizatoridan foydalaniladi. Maxsus qabul qiluvchi qurilma 21a chiqarish shneki X ga ulanadi. O‘zgartkich 21b joyida o‘rnatiladi, ta’minlovchi va signallovchi blok 21v markaziy shchitda o‘rnatiladi.





    Download 5,68 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




    Download 5,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari

    Download 5,68 Mb.