92-rasm. Ekstraktor va tosterni avtomatlashtirish sxemasi.
Eritknch kunjaradan qoniqarsiz haydalganda shnek X da turli konsentratsiyadagi eritkich bug‘lari ajralib turadi. Signalizator shunday sozlanadiki, bunda kunjarada eritkichning me’yoridan ortiq paydo bo‘lishi haqida signal beradi. Bu holda yonuvchi gazlar signalizatori ishlab ketadi va yorug‘lik 21g va tovush signallari NA1 hamda NA2 ni ulaydi, ularga ko‘ra navbatchi xodimlar kunjaradan eritkichning qoniqarsiz haydalishining sabablarini aniqlash va yo‘qotish choralarini ko‘rishi kerak.
Kunjarani namlashga sarflanaditan suv miqdori RPM—0,2e J turidagi pnevmatik rotametrlar 34a, 34b, va PV4 1E turidagi ikkilamchi asbob 34v yordamida nazorat qilinadi.
Skrubber IX yonidagi gaz yo‘lidagi siyraklanish TPM-1 turidagi asbob 22a bilan o‘lchanadi.
Sinov savollari:
1. Yog‘ni ekstrakqiyalash va kunjarani erituvchidan ajratish jarayonining texnologik sxemasinig tavsifini keltiring;
2. Yog‘ni ekstraksiyalash va kunjarani erituvchidan ajratish jarayonini avtomatlashtirish jarayoni boshqarish ob’ekti sifatidagi tahliliga ko‘ra rostlanuvchi va nazoratqilinuvchi parametrlarni izohlang;
3. Yog‘ni ekstraksiyalash va kunjarani erituvchidan ajratish jarayonini avtomatlashtirish jarayonining optimal ish rejimiga erishish uchun qanday avtomatlashtirishning funksional sxemasi tavsiya etiladi?
Nazorat savollari.
+ mavzu!!!!!
Spirt ishlab chiqarish jarayonining texnologik sxemasinig tavsifi;
2. Spirt ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish jarayoni boshqarish ob’ekti sifatida;
3. Spirt ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish jarayonining optimal ish rejimiga erishish uchun tavsiya etiladigan avtomatlashtirishning funksional sxemasi.
O‘simlik suyuqligi (braga) dan spirt ajratish bosqichi va uni aralashmalardan tozalash oxirgi bosqich hisoblanib, bragoreftifikatsion qurilmalar (BRQ)da amalga oshiriladi. BRQ texnologik sxemalarining bir necha varianti mavjud, ammo ularni avtomatlashtirish pirinsiplari o‘xshash, shuning uchun misol tariqasida bilvosita ishlovchi uch kolonnali qurilmani qarab chiqamiz (93-rasm).
Braga achitish bo‘limidan issiqlik almashgich 1 ga uzatiladi, u yerda spirt va suv bug‘lari bilan isitiladi, keyin achitish kolonnasi VI ning yuqori qismiga tushadi va likopchalar bo‘yicha pastga oqib tushadi. Suyuqlik oqimiga qarshi suv va spirt bug‘lari ko‘tariladi, bu bug‘lar kolonna qaynatgichiga yo‘kaltirilgan isituvchi bug‘ issiqligi hisobiga hosil bo‘ladi. Issiqlik massa almashinuvi natijasida bug‘ oqimidagi spirt konsentratsiyasi ortadi, suyuqlikda esa kamayadi. Spirt haydalgan braga barda deyiladi. U kolonnaning pastki qismidan olinadi va spirt sanoatining asosiy chiqindisi bo‘lib, mollar uchun bevosita ozuqa sifatida yoki ozuqa xamirturushlar ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida foydalaniladi. Spirt va u bilan birga chiquvchi aralashmalar bug‘lari kolonnaning yuqori qismidan chiqadi, issiqlik almashgich 1 da braga oqimi bilan sovitiladi va deflegmator 11 da unga sovituvchi suv beriladi, pirovard kondensatsiyalanadi.
Spirt xomashyoni tozalash epyuratsion kolonna VII da amalga oshiriladi, u yerga deflegmator II dan spirt xomashyosi kondensati haydash uchun beriladi. Qolonna bug‘ bilan isitiladi, u qaynatgichga uzatiladi. Epyuratsion kolonnadagi temperatura rejimi spirtning ajralishiga mo‘ljallangan, u bu yerda aralashmaning va oson uchib ketuvchi qo‘shimchalar (efir, aldegidlar, metinol va boshqalar)ning yuqori qaynovchi komponenti hisoblanib, ular kolonna III ning yuqori qismida to‘planadi va undan efiroaldegidli fraksiya (EAF) ko‘rinishida chiqadi.
20—30% konsentratsiyali tozalangan spirt (epyurat) epyuratsion kolonnaning pastki qismidan chiqariladi va pirovard tozalash hamda konsentratsiyani oshirish uchun rektifikatsion kolonna VIII ga uzatiladi. Bu kolonnada oson uchib ketuvchi (bug‘lanuvchi) komponent - spirt, asosiy yuqorn qaynovchi komponent suv hisoblanadi, shuning uchun spirt konsentratsiyasi kolonna balandligiga qarab ortadi. Bu kolonnani isitish boshqa ikki kolonnaniki kabi faqat qaynatgichga uzatiladigan bug‘ bilan amalga oshiriladi.
93-rasm. Uch kolonnali qurilmani avtomatlashtirish sxemasi.
96% konsentratsiyali spirt-rektifikat kolonnaning yuqori qismidan 10-15 likopchadan olinadi va issiqlik almashgich V orqali o‘tib, u yerda suv bilan sovitiladi. Spirt bug‘lari deflagmator IV da kondensatsiyalangandan so‘ng kolonnaga flegma sifatida qaytadi. Kolonnaning pastki qismidan sivush moylari olinadi, undan ham pastroqdan qolgan spirt bilan suv chiqariladi,
Bragorektifikatsion bo‘lim portlash xavfi bo‘lgan xona hisoblanadi, shuning uchun unda faqat portlash havfi bo‘lmaydigan qilib ishlangan avtomatlashtirish asboblari va vositalarini o‘rnatishga ruxsat etiladi. BRQ avtomatlashtirish sistemasidan asosan pnevmatik tarmoq asboblaridan, shu jumladan diagrammasi pnevmoyuritmali ikkilamchi asboblardan foydalanilgan. BRQning yuklanishi braganing sarflanishi bilan aniqlanadi, uni rostlash uchun induksion sarf o‘lchagich komplekti (1-1, 1-2), elektropnevma o‘zgartkich 1-3, rostlagich 1-5 li PI ikkilamchi asbob 1-4 va rostlovchi klapan 1-6 dan iborat sistema xizmat qiladi.
BRQ istalgan kolonnalarning ishlash rejimini belgilovchi muhim texnologik parametr uning pastki qismidagn bosim hisoblanib, u qaynatgichga sarflanayotgan isituvchi bug‘ sarfiga bog‘liq bo‘ladi. Bosimni rostlash uchun BRQ ni avtomatlashtirish sxemasida bir xil turdagi sistemalardan foydalanilgan, ular bosim datchiklari 2-1, 5-1, 8-1, 8-3, P- rostlagichli yoki 2-3 va 5-3 PI-rostlagichli ikkilamchi asboblar 2-2, 5-2, 8-2 va truboprovodlarda bug‘ni tegishli qaynattichga uzatishni rostlovchi klapanlar 2-4, 5-4, 8-4 dan iborat har bir kolonnadagi jarayonning holatini ifodalovchi asosiy parametr apparatdan chiqishda asosiy texnologik oqimdagi maqsadga yo‘naltirilgan mahsulot hisoblanadi. Bu parametrni avtomatik o‘lchash uchun seriya datchiklari bo‘lmagani uchun uni bevosita rostlab bo‘lmaydi. Biroq kolonnada suyuqlikning konsentratsiyasi va qaynash temperaturasi orasidagi o‘zgarmas bosimda nazorat likopchasida bir qiymatli bog‘lanish mavjud bo‘lib, undan konsentratsinni bilvosita rostlashda foydalanish mumkin.
Braga kolonnasida nazorat likopchasidagi temperatura ikki kontur kaskadli ARS bilan rostlanadi. Temperatura monometri termometr 3-1 bilan o‘lchapadi, uning chiqishidan olingan pnevmatik signal PI-rostlagich 3-3 li ikkilamchi asbob 3-2 ga uzatiladi. Bu rostlagichsing signali topshiriq sifatida kolonnaning pastki qismida bosim rostlagichi 2-3 ga keladi. Sistemaning ishlashida, agar biror sababga ko‘ra kolonnaning yuqori qismida spirt konsentratsiyasi o‘zgarsa, masalan, kamaysa, nazorat likopchasida temperatura berilgandan kichik bo‘lib pasayadi, rostlagich 3-3 rostlagich 2-3 uchun bosimning berilgan qiymatini orttiradi, u kolonnaning pastki qismidagi bosimning joriy qiymatidan katta bo‘ladi. Natijada qaynatgichga sarflanadigan bug‘ sarfi ortadi va qaynash jarayoni jadallashadi, shuningdek, kolonnadagi hamma issiqlik massa almashinish jarayonlari jadallashadi, bu vaqti kelib, uning talab qilingan ishlash rejimining tiklanishiga olib keladi.
ARS (6-1, 6-2, 6-3) epyuratsion kolonnada texnologik rejimni barqarorlashtirish uchun qo‘llaniladi. Farq shundaki, mazkur ARS da temperatura kolonnaning pastki qismida rostlanadi, u yerdan maqsadga yo‘naltirilgan mahsulot - epyurat olinadi.
Rektifikatsion kolonnadan olinadigan spirtning konsentratsiyasiii rostlash sifatiga ayniqsa yuqori talablar qo‘yiladi, chunki u ishlab chiqarishning pirovard mahsulot hisoblanadi. Buning uchun ikki konturli ARS xizmat qiladi, u spirt rektifikatni nazorat likopchasidagi temperaturasi bo‘yicha korreksiyalab sarfini rostlaydi. Rotametr 9-1 sarflash datchigi hisoblanib, uning pnevmatik chiqish signali 9-3 PI-rostlagichli ikkilamchi asbob 9-2 ga va undan keyin rostlovchi klapan 9-4 ga uzatiladi.
Nazorat likopchasidagi temperatura manometrik termometr 10-1 bilan o‘lchanadi, undan kelayotgan pnevmosignal 10-3 PI-rostlagichli ikkilamchi asbob 10-2 ga keladi. Bu rostlagichning chiqishidan signal topshiriq sifatida rostlagich 9-4 ga uzatiladi.
BRQ ni avtomatlashtirish sxemasida hamma kolonnalarning deflegmatoriga uzatilayotpan sovituvchi suvning sarflanishini rostlash ko‘zda tutilgan. Bunda braga kolonnali deflegmatoriga sarflanadigan suv ketayotgan isitilgan suv temperaturasining barqarorlashuvini ta’minlaydi (4-1-4-4). Epyuratsion va refikatsion kolonnalarda bosimni kolonnaning yuqori qismida rostlashning bir turdagi sistemalari qo‘llanilgan, ular datchiklar 7-1 va 11-1 dan, rostlagich 7-3 va 11-3 PI, ikkilamchi asboblab 7-2 va 11-22 dan va tegishli kolonna deflegmatoriga sovituvchi suvning uzatilishini rostlovchi klapanlar 7-4 va 11-4 dan iborat.
Braga rektifikatsiyalashning asosiy texnologik parametrlarini barqarorlashtirish bilan BRQ ni avtomatlashtirish sistemasi kollektordagi bug‘ bosiminn o‘zidan keyin turadigan bevosita ishlovchi rostlagich 13 yordamida rostlashni, shuningdek, issiqlik almashgich V dan keyin (12-1-12-4) spirt rektifikatining temperaturasini rostlashni ta’minlaydi. BRQ dan olinadigan hajmni o‘lchash va hisobga olish, shuningdek, undagi sof alkogol miqdorini o‘lchash va hisobga olish nazorat snaryadi deb nomlangan maxsus qurilma yordamida amalga oshiril:adi (24.4-rasmda u ko‘rsatilmagan).
|