Neftni birlamchi qayta ishlash jarayonini avtomatik rostlash sistemalari quyidagilardan iborat




Download 5,68 Mb.
bet62/71
Sana05.06.2024
Hajmi5,68 Mb.
#260470
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71
Bog'liq
0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni

Neftni birlamchi qayta ishlash jarayonini avtomatik rostlash sistemalari quyidagilardan iborat. 1 kolonnaning yuqori va past qismlarida harorat doimiy ushlab turiladi. Buning uchun bog‘langan rostlash sxemasi qo‘llaniladi. Shuningdek 1 kolonnaning yuqori qismidagi bosim; 3 suvli kondensatordan so‘ng kondensatning harorati; 7 pechga berilayotgan suyuqlik sarflari stabillashtiriladi. 4 sig‘imdagi kondensat sathi uning bir qismini 19 sig‘imga olish orqali rostlanadi. 4 sig‘imning quyi qismida yig‘ilib qoladigan suvni tushirib yuborish uchun sath rostlagichidan foydalaniladi. 1 kolonnaning quyi qismidagi suyuqlik sathini 9 pechdan kelayotgan suyuqlik sarfi orqali stabillashtiriladi. 1 kolonnadagi kabi 14 kolonnada ham
kolonnaning yuqori qismidagi bosim va harorat; 16 suvli kondensatordan so‘ng kondensatning harorati; kolonna quyi qismidagi sath, 10 sig‘imdagi sath stabillashtiriladi. 14 kolonnaning YuSP va PSP doirasidagi harorat purkaluvchi suyuqlik sarfini o‘zgartirish orqali stabillashtiriladi. 14 kolonnaga va bug‘latish kolonnasining seksiyalariga berilayotgan suv bug‘ining sarflari rostlanadi. Seksiyalardagi sathni seksiyadan chiqayotgan tayyor maxsulot sarflarini o‘zgartirish orqali rostlanadi.
32 barqarorlashtirish kolonnasi yuqori qismidagi harorat 35 nasos orqali bu kolonnaga beriluvchi stabillashtirish boshi sarfini o‘zgartirish orqali rostlanadi. 32 kolonnaning yuqori qismidagi bosim 36 pechdan berilayotgan quriq gaz sarfini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Ikkilamchi ajratish uskunasiga 36 pechdan berilayotgan benzin harorati xam yuqorida tavsiflaganimiz kabi amalga oshiriladi. 34 sig‘imdagi sath qurilmadan chiqib ketayotgan stabillashtirish boshi sarfini o‘zgartirish orqali rostlanadi.
38 vakuum kolonnaning qirkulyatsiya purkalishlari doiralaridagi harorat kolonnadan chiquvchi fraksiya sarfini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Bu kolonnaga qaytariladigan purkash sarfini o‘zgarishiga olib keladi.
38 kolonna past qismidagi sath va unga berilayotgan suv bug‘ining sarfi stabillashtiriladi. Kolonnada talab etilgan qoldiq bosim ejektor ishiga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi.



Download 5,68 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71




Download 5,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neftni birlamchi qayta ishlash jarayonini avtomatik rostlash sistemalari quyidagilardan iborat

Download 5,68 Mb.