• 3. Neftni birlamchi qayta ishlash jarayonining optimal ish rejimiga erishish uchun tavsiya etiladigan avtomatlashtirishning funksional sxemasi
  • -mavzu. Neft mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish




    Download 5,68 Mb.
    bet61/71
    Sana05.06.2024
    Hajmi5,68 Mb.
    #260470
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71
    Bog'liq
    0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni

    38-mavzu. Neft mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish.
    Reja.

    Neftni birlamchi qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish. Katalitik kreking jarayonini avtomatlashtirish.




    Neftni birlamchi qayta ishlash jarayonining texnologik sxemasinig tavsifi;
    2. Neftni birlamchi qayta ishlash jarayoni boshqarish ob’ekti sifatida;
    3. Neftni birlamchi qayta ishlash jarayonining optimal ish rejimiga erishish uchun tavsiya etiladigan avtomatlashtirishning funksional sxemasi
    Suvsizlantirilgan va tuzsizlantirilgan neft (ELOU blokidan so‘ng) benzindan ajratish kolonnasi 1ga (90-rasm) beriladi. Bu kalonnada yengil qaynaydigan fraksiyalar (benzin, suv) bug‘latiladi va kolonnaning yuqori qismidan chiqadi, havoli 2 va suvli 3 kondensator-sovutgichlardan o‘tadi va 4 sig‘imga kelib tushadi. Undan gaz fraksiya absorberiga beriladi, suv qismi kanalizatsiyaga tushiriladi, benzinning bir qismi kolonna 1 ga purkash uchun 5 nasos yordamida beriladi, qolgan benzin 19 sig‘imga kelib tushadi va so‘ngra stabillashtirish kolonnasi 32 ga beriladi.
    Benzindan ajratilgan neftning bir qismi kolonna quyi qismidan 8 nasos yordamida quvurli pech 7 ga beriladi, u yerdan kolonna 1 ga qaytariladi. Qolgan neft 6 nasos yordamida 9 pech orqali 14 kolonnaga beriladi. 14 kolonnaning yuqori qismidan benzin va suv bug‘lari oldin havoli kondensator 15 ga, so‘ngra suvli kondensator 16 ga beriladi. kondensat 10 sig‘imda yig‘iladi va u yerdan nasos 11 yordamida qisman 14 kolonnaga purkash uchun beriladi. Qolgan kondensat 19 sig‘imga beriladi. 10 sig‘imda qolgan suv kanalizatsiyaga tushiriladi, gaz esa fakelga tashlanadi.
    Mazutdan tiniq neft maxsulotlarini to‘liqroq ajratib olish uchun 14 kolonnaning quyi qismiga bug‘ periladi. Issiqlikni olish uchun kolonnada ikki sirkulyatsiyalanuvchi purkash qo‘llaniladi – yuqori (YuSP) va pastki (PSP). Buning uchun kolonnadan suyuqlik 13 va 17 nasoslar orqali 12 va 18 issiqlik almashtirgichga uzatiladi, so‘ngra yana kolonnaga qaytariladi. 12 va 18 issiqlik almashtirgichlarda xom neft 1 kolonnaga berilishidan oldin isitiladi. 14 kolonnaning quyi qismidan mazut 21 nasos yordamida 9 pechga beriladi, sungra vakuum kolonna 38 ga kelib tushadi. 14 kolonnaning yon qismidagi uch joydan maxsulot olinadi va uch mustaqil seksiyalardan 22-24 tashkil topgan bug‘latish kolonnasiga beriladi. har bir seksiyagaengil fraksiyalarni ajratish maqsadida bug‘ beriladi. Bu fraksiyalar 14 kolonnaga qaytariladi va ulardan ozld bo‘lgan oxirgi maxsulot 25-27 nasoslar yordamida havo muzlatgichlari 28-30 parkka beriladi. 23 seksiyadagi maxsulot benzin 32 kolonnaga berilishidan oldin 31 issiqlik almashtirgichda isitilishi uchun ishlatiladi, 22 seksiyadagi maxsulot esa qisman absorbent sifatida fraksiyalovchi absorberga beriladi.
    32 barqarorlashtiriuvchi kolonna yuqori qismidagi bug‘lar havoli kondensator-sovutgich 33 dan o‘tadi. Kondensat 34 sig‘imga quyiladi, u yerdan 35 nasos orqali qisman 32 kolonnaga purkash uchun tushadi, qolgan qismi (barqarorlashish boshi) qurilmadan chiqariladi. Quriq gaz 34 sig‘imdan isitish tarmog‘iga beriladi. 32 kolonnaning quyi qismi maxsuloti – barqaror benzin fraksiyasi – 36 pech orqali orqali benzinni ikkilamchi tozalash qurilmasiga beriladi va u yerda tor frakqiyalarga ajratiladi. 32 kolonnada issiqlik rejimini ushlab turish maqsadidi benzin fraksiyasining bir qismi 37 nasos yordamida 36 pech orqali olib o‘tiladi, u yerda bug‘latiladi va bug‘ ko‘rinishida kolonnaga qaytariladi.
    38 vakuum kolonnaning yuqori qismidan suv parlari, ajralish gazlari, kam miqdorda dizel fraksiyasi 47 kondensatorga kelib tushadi. Kondensat xom ashyo nasosiga beriladi, kondensatsiyalanmay qolgan gazlar esa kolonnada siyraklashtirilgan havoni ta’minlab beruvchi ejektor yordamada (chizmada ko‘rsatilmagan) so‘rib olinadi.




    90-rasm. Neftni birlamchi qayta ishlash jarayonini avtomatik rostlash: 1- binzinsizlantirish kolonnasi; 2, 15, 28-30, 33 – havo issiqlik almashtirgichlari; 3, 12, 16, 18, 31, 39, 41, 43, 46, 47 – quvurli issiqlik almashtirgichlar; 4, 10, 19, 34 – sig‘imlar; 5, 6, 8, 11, 13, 17, 20, 21, 25-27, 35, 37, 40, 42, 44, 45 – markazdan qochma nasoslar; 7, 9, 36 – quvurli pechlar; 14- atmosfera kolonnasi; 22-24- bug‘latish kolonnasi seksiyalari; 32- stabillashtirish kolonnasi, 38- vakuum kolonna.

    38 kolonna quyi qismidagi haroratni kamaytirish uchun va yengil komponentlar bug‘lanishini onsonlashtirish maqsadida kolonnaga to‘yintirilgan suv bug‘i kiritiladi.


    38 kolonnadan issiqlikni olish uchun uchta sirkulyatsiyalovchi purkash nazarda tutiladi – yuqori (YuSP), o‘rta (O‘SP) va quyi (QSP). Buning uchun kolonnaning ma’lum tarelkalaridan 40, 42, 44 nasoslar yordamida suyuflik (fraksiya) olinadi, 39, 41, 43 issiqlik almashtirgichlar orqali o‘tadi va qisman kolonnaga qaytariladi. Suyuqlikning qolgan qismi issiqlik almashtirgichlardan o‘tgandan so‘ng 32 kolonnaga qaytariladi.
    Vakuum ajratishning qoldiqlari – gudron- 46 issiqlik almashtirgich orqali qurilmadan chiqariladi. 39 issiqlik almashtirgichda kimyoviy tozalangan suv isitiladi. 41, 43 va 46 issiqlik almashtirgichlarda esa xom neft 1 kolonnaga berilishdan oldin isitiladi.

    Download 5,68 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71




    Download 5,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Neft mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish

    Download 5,68 Mb.