|
1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari
|
bet | 59/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matniNazorat savollari.
36-mavzu. Kimyo sanoatini avtomatlashtirish.
Reja.
Metanni konversiyalash jarayonini avtomatlashtirish. Ammiakni sintez qilish jarayonini avtomatlashtirish.
Metanni konversiyalash jarayoning texnologik sxemasinig tavsifi;
2. Metanning konversiyasi jarayoni boshqarish ob’ekti sifatida;
3. Metanni konversiyalash jarayonining optimal ish rejimiga erishish uchun tavsiya etiladigan avtomatlashtirishning funksional sxemasi.
Zavod kollektoridan kelayotgan tabiiy gaz 1,2 MPa bosim ostida ammiakni sintez qilish bo‘limidan kelayotgan azotovodorod aralashmasi (AVA) bilan 10:1 nisbatda aralashadi va keyin trubasimon pech 1 ga yo‘naladi (88-rasm), u yerda gazlar aralashmasi tutun gazlari bilan ≈ 400°S gacha isitiladi. Keyin u oltingugurtli organik birikmalarni vodorod sulfidgacha gidratlovchi apparat 2 ga yo‘naltiriladi. Keyin vodorod sulfiddan tozalangan tabiiy gaz suv bug‘i bilan bug‘: :gazning 4 ga teng nisbatida aralashtiriladi.
Olingan bug‘ - gaz aralashmasi trubasimon pechning konvektiv qismida joylashgan isitkichga yo‘naltiriladi, u yerda aralashma temperaturasi tutun gazlari issiqligi hisobiga 500-550°S gacha ko‘tariladi.
Isigilgan bug‘-gaz aralashmasi keyin trubasimon pechning radiatsion kamerasiga o‘rnatilgan reaksion trubalarga kelib tushadi, ularda nikelli katalizatorda tabiiy gazning suv bug‘i bilan konversiyasi yuz beradi.
Reaksiya uchun zarur issiqlikni trubasimon pechda tabiiy gazni yoqib olinadi. Trubasimon pechda yenilg‘i yonishi natijasida hosil bo‘ladigan tutunli gazlar atmosferaga tutun so‘rgich 9 bilan chiqarib tashlanadi. Reaksion trubalarda qoldiq metanning taqriban 10% ini ichiga olgan konvertirlangan gaz 800-830°S temperaturada shaxta reaktori 3 aralashtirgichiga keladi. Shu yerga 3 MPa bosim ostida trubasimon pechning konvektiv qismida 500°S gacha qizdirilgan texnologik havo uzatiladi.
Shaxtali reaktor 3 da trubasimon pechdan so‘ng gazda qolgan metannng deyarli to‘la konversiyasi amalga oshiriladi va olinadigan texnologik gaz tarkibiga ammiakni sintez qilish bosqichi uchun zzrur azot kiritiladi.
Shaxta reaktorining yuqori qismining bo‘sh fazosida trubasimon pechdan kelayotgan konvertirlangan gazdagi vodorod va metanning bir qismi havodagi kislorod bilan birga yonib ketadi; bunda qolgan metanning shaxta reaktoridagi nikelli katalizatoridagi suv bug‘i bilan endotermik reaksiya uchun zarur issiqlik ajraladi.
Shaxta reaktorining chiqishida 980-1000°S temperaturada qoldiq metan miqdori ≈ 0,5% bo‘lgan konvertirlangan gaz olinadi.
88 – rasm. Metanning konversiya jarayonini avtomatlashtirish sxemasi
Metan konversiyasining ketma-ket ikki bosqichli konversiya jarayonini amalga oshirishda, unda birinchi bosqichda bug‘ konversiyasi o‘tadi (trubasimon pechda), ikkinchi bosqichda-bug‘-xavo konversiyasi (shaxtali konversiyagacha) o‘tadi, shaxta reaktori chiqishidagi konversiyalangai gazning tarkibi trubasimon pechning chiqishidagi konversiyalangan gazning tarkibi, bosimi va temperaturasi bilan aniqlanadi.
Trubasimon pechning chiqishida temperaturaning va uning kirishida bug‘-gaz nisbatining ortishida undan keyin gazdagi metanning qoldiq miqdori kamayadi. Bug‘-gazning berilgan nisbati nisbiy rostlagich 4 yordamida rostlovchi klapan 31 orqali bug‘ni uzatishni o‘zgartirish yo‘li bilan ta’minlanadi. Tabiiy gazning bosimi tabiiy gazning uzatilishini rostlovchi klapan 32 ga ta’sir qiluvchi bosim rostlagichi 5 bilan barqarorlashtiriladi. Trubasimon pechning chiqishidagi temperatura pechga kelayotgan yonilg‘i gazni sarf rostlagichi 6 va rostlovchi klapan 33 yordamida o‘zgartirib rostlanadi.
Shuningdek, AVA ni uzatishni rostlovchi klapak 34 ga ta’sir qiluvchi nisbat rostlagichi 7 yordamida apparat 7 ga uzatilayotgan gaz: AVA sarflanishi nisbatlari rostlanishi ko‘zda tutilg‘an. Shaxta reaktori 3 dagi berilgan rejim unga uzatilayotgan havoni sarf rostlagichi 8 va rostlovchi klapan 35 yordamida o‘zgartirilib ta’minlanadi.
Metanning konversiya jaraenining asosiy nazorat qilinuvchi parametrlari quyidagilardir:
havoning bosimi (datchik 10), quvursimon pechga kirishda, bug‘-gaz aralashmasi bosimi (datchik 11), quvursimon pechdan chiqishda konversiyalangan gaz bosimi (datchik 12), shaxta reaktori chiqishida konversiyalangan gazning (datchik 14) va tutun tortgich 9 oldida tutunli gazlar bosimi (datchik 15); bug‘ temperaturasi (datchik 16), quvursimon pechning kirishidagi havoning (datchik 17) va shaxta reaktorining (datchik 18), yonilg‘ining (datchik 19), tabiiy gaz va AVA ning trubasimon pechga (datchik 20) va oltingugurt tozalagich apparati 3 ga kirishidagi aralashmasi (datchik 21) temperaturasi, pechning‘ reaksion truba kirishida bug‘-gaz aralashmasi temperaturasi (datchik 22), pechning chiqishida konversiyalangan gazning (datchik 24) temperaturasi, pechning radiatsion komerasidan chiqishida (datchik 25) va tutun tortgich oldidagi (datchik 26) tutun gazlari temperaturasi apparat 2 ning chiqishida gazlar aralashmasi temperaturasi (datchik 27); konversiyalangan gazning trubasimon pechdan (datchik 28) va shaxta reaktoridan (datchik 29) keyingi tarkibi - metan miqdori; trubasimon pechning chiqishida tutunli gazlar tarkibi (datchik 30 )- kislorod miqdori.
|
| |