1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari




Download 5,68 Mb.
bet56/71
Sana05.06.2024
Hajmi5,68 Mb.
#260470
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
Bog'liq
0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni

k = GP / ( GK+bGD ); (8)
T = g / (GK+bGD) (9)
(9) dan ko‘rinib turibdiki GK+GD=GP va T=g/GP=SR bo‘lganligi uchun qorishmaning o‘rtacha vaqt doimiysi SR, b=1 bo‘lganidagi apparatning vaqt doimiysiga teng. b>1 bo‘lgandagi (78-rasm) past konsentratsiyalarda vaqt doimiysi vaqtidan kichik bo‘ladi, b<1 bo‘lgandagi yuqori konsentratsiyalarda doimiy vaqt SR dan katta bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan natijalarni hisobga olgan holda quyidagi rostlash variantlari taklif etiladi.
1-variant. Oddiy rostlash sistemasi olti bir konturli ARSni o‘z ichiga oladi (82-rasm). Umuman olganda bu sistema distillyat tarkibining barqarorligini va uskunadagi moddiy va issiqlik balansi ushlab turilishini ta’minlaydi. Distillyat tarkibini stabillashtiruvchi asosis rostlagich 1 kolonna yuqorisagi harorat rostlagichi hisoblanadi. Chunki bu ko‘rsatgich distillyat tarkibiga bevosita ta’sir qiladi. 2 rostlagich ta’minot haroratini rostlaydi. Sath rostlagichlari 3 va 4 sistemada suyuq faza bo‘yicha, 5-bosim rostlagichi esa bug‘ fazasi bo‘yicha balans ushlab turilishini ta’minlaydi. 6-sarf rostlagichi isitish parining qaynatgichga berilish sarfini rostlaydi.
Agar rostlashning vazifasi kub maxsulot tarkibini stabillashtirish bo‘lsa, u holda isituvchi bug‘ning sarfi kolonna pastidagi 6a harorat rostlagichi orqali belgilanadi, distillyatning sarfi esa 1a rostlagich orqali stabillashtiriladi. Bir vaqtning o‘zida kolonna past va yuqorisidagi maxsulotlar tarkibini (haroratini) rostlash odatta qo‘llanilmaydi. Chunki bu koordinatalar o‘zaro bog‘liq va ularni bir vaqtda rostlash teskari bog‘lanish orqali sistema turg‘unlik zaxirasining kamayishiga olib kelishi mumkin.
.

Куб маҳсулоти

Буғ

Бошланғич аралашма

Иссиқлик ташувчи

Совуқ агент

82-rasm. Rektifikatsion uskunaning alohida texnologik parametrlarning bir konturli ARS yordamida tuzilgan avtomatlashtirish sistemasi.
1- kolonna yoqorisidagi harorat rostlagichi, 2- ta’minot harorati rostlagichi, 3- kalonna kubidagi sath rostlagichi, 4- flegma sig‘imidagi sath rostlagichi, 5- kolonnadagi bosim rostlagichi, 6- isitish bug‘i sarfi rostlagichi, 1a- distillyat sarfi rostlagichi, 6a – pastdagi harorat rostlagichi.

Soddaligiga qaramay avtomatlashtirish sistemasi qator kamchiliklarga ega. Masalan bug‘ sarfini sistemadagi real sharoitni hisobga olmay stabillashtirish bug‘ning ortiqcha sarf bo‘lishiga olib keladi. Chunki sarf rostlagichiga bug‘ entolpiyasi o‘zgarishini, flegmaning sovib ketishi va boshqa g‘alayonlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hollarini hisobga olgan xolda oshirilgan vazifa qo‘yiladi.


G‘alayon bo‘yicha kompensatsiyalovchi ta’sirlarning yo‘qligi maxsulot tarkibini rostlashda katta dinamik xatoliklarga olib keladi.
2-variant. Birinchi variantdagidan mahsulot bo‘linishiga ketadigan energiya xarjatlarini kamaytirishni ta’minlovchi bug‘ va ta’minot sarflari (yoki flegma va ta’minot sarflari) nisbati rostlagichi 6 dan foydalanishi bilan farq qiladi (83-rasm). Bundan tashqari maxsulot haroratini rostlashda nazorat tarelkasidan olingan yordamchi oraliq impuls qo‘llanilgan kaskad ARSdan foydalaniladi.

Куб суюқлиги

Буғ

Бошланғич маҳсулот

Иссиқлик ташувчи

Совуқ агент

83-rasm. Rektifikatsion uskunaning ta’minot sarfi bo‘yicha g‘alayonni statik kompensatsiyalash va kolonna yuqori qismi haroratining kasad
ARS avtomatlashtirish sistemalari.
1- kolonna yuqorisi harorati rostlagichi, 1a- differensiator, 2- ta’minot harorati rostlagichi, 3,4,- sath rostlagichlari, 5- bosim rostlagichi, 6- sarflar nisbati rostlagichi.

Ko‘rib chiqilgan variantlar rektifikatsion kolonnaga nisbatan rostlash usullari va sistemalarining xil xilligini to‘liq ko‘rsata olmaydi. Masalan 84-rasmda kolonnada bosimni flegma sig‘imidan chiqib ketayotgan inert gazlar sarfi orqali rostlash sistemasi ko‘rsatilgan. Flegma va distellyat sarflari nisbatini distillyat tarkibi bo‘yicha korreksiyalash orqali rostlash flegma sonini o‘zgartirish natijasida maxsulot tarkibini stabillashtirishni ta’minlaydi. Distillyat bo‘yicha kolonnaning unimdorligi 1 sarf rostlagichi orqali ushlab turiladi, flegmaning sathi esa deflegmatorga berilayotgan sovuq agent sarfi orqali rostlanadi.


Nasadkali rektifikatsion kolonnalarda asosiy rostlanuvchi parametrlardan biri apparatda berilgan gidrodinamik rejimni ta’minlovchi bosimlar farqi hisoblanadi (85-rasmdagi 5 rostlagich).



Бошланғич махсулот

Инерт газлар

Совуқ агент

84-rasm. Tarelkali rektifikatsion kolonna yuqori qismini rostlash sistemasiniga misol: 1-distillyat sarfi rostlagichi, 2- flegma va distillyat sarflari nisbati rostlagichi, 3- distillyat tarkibi rostlagichi, 4- flegma sig‘imidagi bosim rostlagichi, 5- flegma sig‘imida sath rostlagichi.



Куб махсулоти

Буғ

Бошланғич махсулот

Совуқ агент

85-rasm. Nasadkali rektifikatsion kolonnani avtomatlashtirish sistemasi misoli. 1- tarkib rostlagichi, 2,3- sath rostlagichi, 4- bosim rostlagichi, 5- bosimlar farqi rostlagichi.

Download 5,68 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Download 5,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari

Download 5,68 Mb.