|
1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari
|
bet | 53/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matniNazorat savollari.
Qaysi parametr pechlar uchun rostlanuvchi parametr hisoblanadi?
Qaysi parametr pechlar uchun rostlovchi parametr hisoblanadi?
Pechlar uchun nazorat qilish mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan parametrlarni aytib bering;
Pechlarning prinsipial va struktura sxemalari qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?
Pechlar qanday rostlash variantlarini bilasiz?
30-mavzu. Sanoat korxonalarida qo’llaniladigan kompressorlar ishini avtomatlashtirish.
Reja.
Kompressorlarning turlari va ularni ishga tushirish sxemalari.
Kompressorlarning boshqarish parametrlarini tahlili.
Avariya va himoya tizimlarini sozlash.
Nazorat savollari.
31-mavzu. Bug‘ qozoni ishini rostlash.
Reja.
Bug‘ qozoni rostlash ob’yekti sifatida. Bug‘ qozoni ishining tavsifi. Uning prinsipial va struktura sxemalari. Bug‘ qozonida kechayotgan jarayonning funksional sxemasi.
Bug‘ qozoni rostlash ob’ekti sifatida.
Bug‘ qozoni ishining tavsifi.
Uning prinsipial va struktura sxemalari.
Bug‘ qozonida kechayotgan jarayonning funksional sxemasi.
Ko‘pgina kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarida berilgan parametrlarda bug‘ olish uchun mo‘ljallangan bug‘-qozon qurilmlari mavjud.
Par ishlab chiqarishda kechadigan jarayonlarning ish rejimini tanlashda, avtomatik rostlash sistemalarini qurishda texnologik jarayonning kirish va chiqish oqimlarining taxlilini o‘tkazish va matematik tavsifini olish lozim.
Bug‘ qozonlari uchun asosiy chiqish oqimining rostlanuvchi parametiri sifatida generatsiya qilinayotgan parning bosimi p va buning natijasi o‘laroq barabandagi suvning sathi L ham hisoblanadi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki to‘yingan bug‘ uchun bosim va harorat o‘rtasida ma’lum bog‘liqlik mavjud. Shuning uchun bosimning barqarorligi haroratning ham doimiyligiga olib keladi. Bug‘ qozoni uchun asosiy rostlovchi parametrlar sifatida bug‘ qozon o‘choqxonasiga berilayotgan yoqilg‘ining sarfi GYo va berilayotgan suvning sarfi GS hisoblanadi. Asosiy nazorat qilish mumkin bo‘lgan g‘alayonlar sifatida o‘choqxonaga berilayotgan yoqilg‘i va havo sarfi nisbatlari ning buzulishi, isitish kamerasidagi siyraklashtirilgan havo rk , yoqilg‘i harorati Yo, suvning harorati S kabilar hisoblanadi. Nazorat qilib bo‘lmaydigan g‘alayonlar – istemlchi tamondan bug‘ga talabning o‘zgarib turishi, issiqlik yo‘qotilishi v.h.k.lar hisoblanadi.
76-rasmda bug‘ qozoninig soddalashtirilgan sxemasi keltirilgan.
Ҳаво
Ёқилғи
Истиш камераси
Тутун газлари
Сув
Буғ
76-rasm. Bug‘ qozonining soddalashtirilgan sxemasi.
Bug‘ qozoni ishini rostlash masalalari bug‘ istemolchilarining talablari hamda qozonlarning ishonchli va samarali ish rejimini ta’minlashning zaruriyatidan kelib chiqadi va ular quyidagilardan iborat:
bug‘ qozoni ishi yuklamasini berilgan vazifaga muofiqligi;
istemolchiga berilayotgan bug‘ bosimi va haroratini berilgan qiymada ushlab turish;
yoqilg‘i va havo berilishini shunday nisbatda ushlab turish lozimki, uning natijasida yonish jarayoni eng yuqori samaraga erishsin;
isitish kamerasi va o‘chlqdagi siyraklashtirilgan havoni barqarorlashtirish;
barabandagi suv sathini doimiy ushlab turish.
Keltirilgan ish rejimidan tashqari yana qator parametrlarning doimiyligi e’tibordan chetta qolmasligigaerishish lozim (suvning tarkibi, harorati,tutun gazlari tarkibi v.h.k.)
Bug‘ qozoni murakkab dinamik sistema bo‘lib, uning bir necha kirish va chiqish parametrlarining o‘zaro aloqalari mavjud. Qozondagi yonish jarayonini rostlashdagi jiddiy masalalardan biri havo berilishining ma’lum miqdori orqali yoqilg‘i yonishining tejamkorligiga erishish hisoblanadi. Havo va yoqilg‘i nisbatlarining ko‘rsatgichi sifatida havo ortiqchaligi koeffitsienti xizmat qiladi (sarflar nisbati) =GH/ GYo 1.1. Agar yoqilg‘i sifati o‘zgarsa u holda murakkabroq rostlash sistemasi talab etiladi va bu sistema tutun gazlaridagi kislorod miqdoriga ko‘ra GH/ GYo nisbatni rostlash imkonini berishi lozim bo‘ladi.
77-rasmda bug‘ qozonini rostlashning soddalashtirilgan funksional sxemasi keltirigan. Bu sxema shunday tuzulganki, bug‘ bosimi o‘zgarsa yoqilg‘ining berilishi o‘zgaradi. Bu holda bir vaqtning o‘zida GH/ GYo sarflar nisbati ham o‘zgaradi.
Isitish kamerasidagi siyraklashtirilgan havoning o‘zgarishi kuchli g‘alayon hisoblanadi va bu parametrning barqarorligiga tutun gazlari sarfini o‘zgartirish orqali erishiladi. Sxemada moddiy balansning ushlab turilishi sath rostlagichi orqali amalga oshiriladi. Bunda rostlovchi ta’sir oziqa suvi sarfini o‘zgartirish orqali kiritiladi.
Shunday qilib bug‘ qozoni ishining ARS umuman olganda alohida yopiq rostlash konturlaridan tashkil topgan
to‘yingan bug‘ bosimi va issiqlik yuklamasini rostlash;
yoqilg‘i yonish jarayonining tejamkorligi;
isitish kamerasining yuqori qismidagi siyraklashtirilgan havo;
barabandagi suv sathi;
“yoqilg‘i-havo” sarflar nisbati.
Rostlashning yuqori aniqligiga bo‘lgan talab butun sistemaning samarali va ishonchli ishlashini ta’minlaydi. Bunda PI-rostlash qonunli zamonaviy rostlash qurilmalaridan foydalanish maqsadga muofiq hisoblanadi.
Ҳаво
Ёқилғи
Сув
Тутун газлари
Буғ
7 7-rasm. Bug‘ qozoni ishini avtomatlashtirishning funksional sxemasi.
|
| |