Suv tayyorlash qurilmalari (STQ) va suvning kimyoviy rejimi (SKR)ni nazorat qilish va boshqarishning asosiy ob’ektlari va avtomatlashtirish vazifalari




Download 5,68 Mb.
bet67/71
Sana05.06.2024
Hajmi5,68 Mb.
#260470
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni

Suv tayyorlash qurilmalari (STQ) va suvning kimyoviy rejimi (SKR)ni nazorat qilish va boshqarishning asosiy ob’ektlari va avtomatlashtirish vazifalari.
STQ va SKR ni nazorat qilish va boshqarishni avtomatlashtirishda qayta ishlanuvchi muhitning kimyoviy xossalari va issiqlik-fizik parametrlarini ushlab turish asosiy vazifa hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, texnologik belgilarga mos holda issiqlik tashuvchining tarkibini me’yorlash bo‘yicha tadbirlar majmuasini nazorat qilish va boshqarish masalasini ikki yo‘nalishda hal qilsa bo‘ladi: qo‘shimcha suvni kimyoviy qayta ishlash uskunalari va jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish, ya’ni kimyoviy suv tozalash qurilmasi bilan; energoblokning kondensatli ta’minot traktida issiqlik tashuvchining asosiy oqimini kimyoviy qayta ishlash jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish, ya’ni elektrstansiyaning suv-kimyoviy rejimi bilan.
Bu yo‘nalishlar bo‘yicha masalalarning yechimi maxsus apparatura bilan ta’minlanadi, shuning uchun elektrstansiyaning suv-kimyoviy rejimi va suv tayyorlash qurilmalarini nazorat qilish va boshqarishni avtomatlashtirish bo‘yicha ishlarning yana bir yo‘nalishi bo‘lib avtomatikaning maxsus apparaturasini hamda qayta ishlanuvchi suvli muhitning tarkibini nazorat qilish asboblari va vositalarini yaratish va ishlatish hisoblanadi.
Shuning uchun STQ va SKR ni nazorat va boshqarishni avtomatlashtirishning quyidagi ob’ektlari farqlanadi: kimyoviy suv tozalash qurilmasining uskunalari; suv-kimyoviy rejimni yuritish bo‘yicha qurilmalar uskunalari; energoblokning kondensatli ta’minot trakti.
Kimyoviy suv tozalash qurilmasining uskunalariga quyidagilar kiradi: tindirgichlar, oldindan suvni tozalash qurilmasining me’yorlash qurilmalari va mexanik filtrlar, suvni kimyoviy tuzsizlantirish qurilmasining regeneratsion eritmalarini tayyorlash va uzatish uchun ion almashinuvchi filtrlar va qurilmalar.
STQ ni yuritish bo‘yicha qurilma uskunalariga quyidagilar kiradi: turbina kondensatini tozalash qurilmasining regeneratsion eritmalarini tayyorlash va uzatish uchun ion almashuvchi va temirsizlantiruvchi filtrlar va qurilmalar; ta’minot suvini va kondensatni korreksion qayta ishlash qurilmasining reagentlarini tayyorlash va me’yorlash qurilmalari.
STQ majmuasini avtomatlashtirish vazifalari, suv tayyorlash jarayonlarining optimal va ishonchli kechishini ta’minlovchi asosiy shartlar bilan hamda qurilmani ekspluatatsiya qilish va unga xizmat ko‘rsatishga ketgan xarajatlarni kamaytirish yo‘li bilan qayta ishlangan suvning tannarxini tushirish zarurligi bilan aniqlanadi.
STQ majmuasining avtomatlashtirilishi birinchi o‘rinda quyidagi ishchi jarayonlarni tezlatishi va yaxshilashi kerak:
– suvni oldindan tozalashda – qayta ishlanuvchi suvning haroratini nazorat qilish va rostlash qurilmasining ishlab chiqaruvchanligi, tindirgichlarning quyqali rejimi, reagentlarni me’yorlash, qayta ishlanuvchi suvning sifatini, mexanik filtrlarning ish rejimini va ta’mirlanishini nazorat qilish;
– qo‘shimcha suvni kimyoviy tuzsizlantirishda va issiqlik tarmog‘ining ta’minot suvini yumshatishda – ishlab chiqarish qurilmasini nazorat qilish va boshqarish, regeneratsion eritmalarni tayyorlash va uzatish; qayta ishlanuvchi suvni, ion almashinish filtrlarining ish rejimini va ta’mirlanishini nazorat qilish; oqova suvlarning neytrallanish jarayonlarini rostlash;
– turbina kondensatini tozalashda – qo‘shimcha suvni kimyoviy tuzsizlantirishdagi ishchi jarayonlar hamda kondensatni temirsizlantirish filtrlari ekspluatatsiyasini nazorat qilish;
– ta’minot va qozon suvlarini korreksion qayta ishlashda – reagentlarni me’yorlashni nazorat qilish, rostlash va qayta ishlanuvchi suvning sifatini nazorat qilish;
– barabanli qozonlarning puflab tozalashni rostlashda – puflab tozalash va qozon suvining sifati ustidan nazorat qilish.



Download 5,68 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Download 5,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suv tayyorlash qurilmalari (STQ) va suvning kimyoviy rejimi (SKR)ni nazorat qilish va boshqarishning asosiy ob’ektlari va avtomatlashtirish vazifalari

Download 5,68 Mb.