|
1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari
|
bet | 45/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni1-variant. Reaksion aralashmani kirishidagi haroratiga ta’sir qilib reaktordagi topshiriq qiymatdan haroratni cheklanishi bo‘yicha rostlash:
x2–x =– S1(y2–y ), (10)
bu yerda: S1 – P-rostlagichning kuchaytirish koeffitsienti; y2 – reaktordagi harorat; y – reaktorga berilgan harorat; x2 – reaksion qorishmaga kiruvchi harorat; x -y2=y bo‘lgandagi qorishmaga kiruvchi harorat qiymati.
Bu usul reaktor chiqishidagi reaksion qorishma solingan maxsus issiqlik almashtirgichning ishlash rejimini o‘zgarishiga asoslangan bo‘lishi mumkin. Lekin bunday tizim o‘ta inersion bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari reaktorga kiruvchi sovuq va issiq oqimlarning nisbatini o‘zgartirish bilan reaksion qorishmani qizdirib uni kirish haroratini o‘zgartirish mumkin.
2-variant. Reaksion aralashmani kirishidagi konsentratsiyasiga ta’sir qilib reaktordagi topshiriq qiymatni haroratini chetlanishi bo‘yicha rostlash:
x1 – x = – S1 ( y2 – y ), (11)
bu yerda: x1 – reaksion qorishmaning kirish konsentratsiyasi; x –y2=y bo‘lgandagi reaksion qorishmaning kirish konsentratsiyasining qiymati.
Bu rostlash usulida eng murakkabi reaktorga kiruvchi reaksion qorishmaning konsentratsiyasini o‘zgartirishdir. Odatda bu ko‘p miqdorda beriluvchi reagent sarfini o‘zgarishi bilan amalga oshiriladi.
3-variant. Reaksion aralashmaning kirishdagi haroratini reaktordagi topshiriq qiymatdan reaksion aralashma konsentratsiyasining chetlanishi bo‘yicha rostlash:
x2 – x = – S1 ( y1 – y ), (12)
bu yerda: y1 – reaktordagi konsentratsiya; y – reaktorga beriladigan konsentratsiya.
Reaktordan oqib o‘tayotgan konsentratsiyani o‘lchovchi datchiklarning yo‘qligi yoki katta kechikish bilan o‘lchanishi sababli bunday rostlash usuli ancha murakkab hisoblanadi.
4-variant. Reaksion aralashmaning kirishidagi konsentratsiyasiga ta’sir qilib, reaktordagi topshiriq qiymatdan reaksion aralashma konsentratsiyasining chetlanishi bo‘yicha rostlash:
x1 – x = – S1 ( y1 – y ). (13)
5-variant. Reaktorda bo‘lish vaqtini reaktordagi topshiriq qiymati haroratining chetlanishi bo‘yicha rostlash: (oqimning hajmiy tezligi bo‘yicha)
– 0 = – S1 ( y2 – y ). (14)
bu yerda: – reaktorda bo‘lish vaqti (oqimning hajmiy tezligi), 0 – y2=y bo‘lgandagi bo‘lish vaqti.
6-variant. Reaktorda bo‘lish vaqtiga ta’sir qilib, reaksion aralashmaning topshiriq qiymatini konsentratsiyasining chetlanishi bo‘yicha rostlash:
– 0 = – S1( y1 – y ). (15)
7-variant. Reaktor g‘ilofidagi issiqlik tashuvchining haroratiga ta’sir qilib, reaktordagi topshiriq qiymatni haroratining chetlanishi bo‘yicha rostlash:
y2XL – y = – S1 (y2 – y ), (16)
bu yerda: y2XL – reaktor g‘ilofidagi harorat; y – y 2 = y bo‘lgandagi reaktor g‘ilofidagi harorat qiymati.
Ushbu rostlash tizimini amalga oshirish reaktordagi modda konsentratsiyasini o‘lchash qiyinchiliklariga bog‘liq. Bunday rostlash usulining qo‘llanilishi undagi harorat o‘zgarishi bilan reaktordan issiqlik ajratishning o‘zgarishiga imkon beradi.
8-variant. Reaktor g‘ilofidagi issiqlik tashuvchining konsentratsiyasiga ta’sir qilib, reaktordagi topshiriq qiymatning haroratini chetlash bo‘yicha rostlash:
y2XL – y = – S1 (y1 – y ) (17)
Bunday rostlash tizimlarining qo‘llanilishi reaktordagi moddalar konsentratsiyasini o‘lchashda ancha qiyinchiliklarga olib keladi.
|
| |