• Nazorat savollari. 26-mavzu. Issiqlik jarayonlarini rostlash. Aralashtirish issiqlik almashtirgichlarni rostlash Reja.
  • Aralashtirish issiqlik almashtirgichlari rostlash ob’ekti sifatida taxlili. 2.Ularning prinsipial va struktura sxemalari.
  • 1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari




    Download 5,68 Mb.
    bet46/71
    Sana05.06.2024
    Hajmi5,68 Mb.
    #260470
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71
    Bog'liq
    0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni

    Sinov savollari:
    1. Reaktorlarning struktura sxemasi qanday tuzilgan?.
    2. Reaktor matematik modelini qurish usullari va tartibini tushuntirib bering;
    3. Reaktorlardagi jarayonlarni rostlashning qanday variantlarini bilasiz?
    4. Kimyoviy reaktorlar ish tartibi turg‘unligi va dinamikasining o‘ziga xosliklari nimalarda namoyon bo‘ladi?
    5. Aralashtirgichli va quvurli reaktorlardagi jarayonlarni rostlashda asosiy rostlanuvchi, rostlovchi va g‘alayonli faktorlarga qaysi parametrlar kiradi?
    Nazorat savollari.


    26-mavzu. Issiqlik jarayonlarini rostlash. Aralashtirish issiqlik almashtirgichlarni rostlash
    Reja.

    Aralashtirish issiqlik almashtirgichlari rostlash ob’yekti sifatida tahlili. Ularning prinsipial va struktura sxemalari. Aralashtirish issiqlik almashtirgichlari jarayonlarini rostlash variantlari.




    Aralashtirish issiqlik almashtirgichlari rostlash ob’ekti sifatida taxlili.
    2.Ularning prinsipial va struktura sxemalari.
    3.Aralashtirish issiqlik almashtirgichlari jarayonlarini rostlash variantlari.
    Issiqlik energiyasining uzatilishi ko‘pchilik kimyo-texnologik jarayonlarning ajralmas bo‘lagidir. Issiqlik almashinuv apparatlarini rostlash ob’ekti sifatida quyidagi asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin: aralashtirish issiqlik almashtirgichlari; moddalar agregat holati o‘zgarmaydigan kojux-quvurli issiqlik almashtirgichlar (“gaz-gaz”, “suyuqlik-suyuqlik”, “gaz-suyuqlik” turidagi issiqlik almashtirgichlar); bir moddalarning bo‘lsa ham agregat holati o‘zgaradigan kojux-quvurli issiqlik almashtirgichlar (“bug‘-gaz”, “bug‘-suyuqlik” turidagi issiqlik almashtirgichlar, bug‘latgichlar, kondensatorlar); pechlar.
    Kimyoviy qurilmalarda zarur haroratli rejimni yaratish uchun ikki yoki undan ortiq turli xil issiqlikka ega bo‘lgan moddalarni aralashtirib energiyani uzatishdan foydalaniladi.
    Ko‘pgina haroratni yoki tarkibni rostlash masalalarida uzatish funksiyalarini aniqlaganda aralashmali suv saqlanadigan idishda, ya’ni rezervuarda aralashtirish ideal deb qabul qilinadi. Bu holda ob’ektning holatini rezervuarda turgan davriga teng bo‘lgan doimiy vaqt orqali ifodalanuvchi 1-tartibli differensial tenglama orqali yoziladi. Biroq amaliyotda kechikish kuzatiladi, bu esa rezervuar chiqishidagina modda konsentratsiyasi yoki haroratining o‘zgarishiga olib keladi. Bu kechikish (aralashtirish kechikishi) rezervuar o‘lchamlari, suyuqlikning qovushqoqligi, aralashtirgichning tuzilishi va aylanish tezligiga bog‘liq.
    Aralashtirish issiqlik almashtirgichlarini avtomatlashtirish tizimlarini ko‘rib chiqamiz. Misol uchun to‘xtovsiz ishlaydigan qurilma turini ko‘rib chiqamiz: bu qurilmaga G1 va G2 sarfga ega ikki oqim kelib tushmoqda, ularning harorati 1 va 2 orqali belgilanadi va cr1, cr2 esa solishtirma issiqlik sig‘imlari (58,a-rasm).




    58-rasm. Siljish issiqlik almashtirgichning prinsipial (a) va
    struktura (b) sxemalari

    Rostlash masalasini - chiqish oqimining berilgan 0 harorati qiymatini stabillashtirishdan iborat. Bunday ob’ektlarning avtomatlashtirish ob’ekti sifatidagi taxliliga ko‘ra asosiy rostlovchi paramatr G1birinchi oqim sarfi, o‘lchash mumkin bo‘lgan asosiy g‘alayonlanish manbalari ikkinchi oqimning sarfi G2 va haroratlari 2; birinchi moddaning harorati 1 va solishtirma issiqlik sig‘imlari sr1 va sr2 doimiy deb qabul qilinadi. Ob’ektning statik tavsiflarini rostlash kanali G1-, g‘alayonlanish kanali G2 –  va 2 -  lar bo‘yicha topamiz. Buning uchun issiqlik balansi tenglamasini tuzamiz:


    G1   sr1 + G2  2  sr2 = (G1 + G2)  sr,
    bu yerda sr=( G1 sr1 + G2 sr2) /(G1 + G2),
    bundan . (1)
    (1) dan ko‘rinib turibdiki, aralashtirish issiqlik almashtirgichlarining xarakterli jihati kanal bo‘yicha statik tavsiflarning nochiziqligidadir, u ixtiyoriy modda sarfini qorishmaning  harorati bilan bog‘laydi, 1- va 2- harorat kanallari bo‘yicha ob’ektning kuchaytirish koeffitsientini taxminan topish mumkin. Ob’ektning koordinatalaridagi topshiriq qiymatidan chetlanishlarini chiziqlantirib, xar bir kanali bo‘yicha taxminiy kuchaytirish koeffitsientlarini topish mumkin.
    Kirish va chiqish koordinatalarining berilgan qiymatlarini G1, G2, 2 orqali belgilab olib 1 funksiyaning kichik oralig‘idagi G1, G2, 2 larni Teylor qatoriga yoyamiz. y= - , xR=G - G , xV1=G2 - G , xV2=2 - , chetlanishlardan foydalanib, statik tavsif tenglamasini topamiz
    y = kR  xR + k1  xV1 + k2  xV2, (2)
    bu yerda: ; ; .
    Aralashtirish issiqlik almashtirgichlarni avtomatlashtirish sistemalarining bir necha variantini ko‘rib chiqamiz va rostlash sifati bo‘yicha ularning solishtirma taxlilini amalga oshiramiz.

    Download 5,68 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71




    Download 5,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari

    Download 5,68 Mb.