|
Ko'p hujayralilarni kelib chiqishi to'g'risidagi nazariyalar va ularni mohiyati Mundarija Kirish
|
bet | 1/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #240994 |
Bog'liq ko\'p hujayralilarni kelib chiqishi to\'g\'risidagi nazariyalar va ularni mohiyati
ko'p hujayralilarni kelib chiqishi to'g'risidagi nazariyalar va ularni mohiyati
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………3
Bob.1. Ko’p hujayrali organizmlarning o’rganilishi………………………….6
1.1. Ontogenez va filogenez haqida tushuncha………………………………6
1.2. A.O.Kovalevskiy va I.I.Mechnikovlarning embriologiya sohasidagi asosiy ishlari…………………………………………………………………………8
1.3.Ko’p hujayrali organizmlarning kelib chiqishi haqidagi asosiy nazariyalar……………………………………………………………………11
Bob. 2. Mustamlaka va simbiotik gipotezalar………………………………21
2.1. Ko’p hujayrali hayvonlarning bir hujayrali hayvonlardan kelib chiqishi………………………..………………………………………………21
2.2. Sintitsiya gipotezasi………………………………………………………21
Xulosa………………………………………………………………………..25
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………..…26
Kirish.
XVII asrda mikroskopning ixtiro etilishi bilan hayvon va osimliklarning tana tuzilishini chuqur organishga imkoniyat yaratildi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida esa mikroskopning yanada mukammallashishi va unda tekshirish texnikasining taraqqiyoti osimlik va hayvon tanasini tashkil etgan hujayralarning tuzilishi va hayotiy yonalishlarini organuvchi maxsus sitologiya faninning vujudga kelishiga olib keldi. Ayniqsa, XX asrning 30-yillarida binafsha nurlarida ishlaydigan, so’nggi yillarda esa elektron mikroskoplarning yaratilishi sitologiya fanining rivojini yanada yuqori darajaga kotardi.
Odatda Yer yuzidagi barcha hayvonlar ikki katta guruhga: bir hujayralilar, yani eng sodda hayvonlar – Protozoa va kop hujayrali hayvonlar – Metazoaga bolingan. Bulutlar va kovakichlilar organizmi kop sonli hujayralardan va xujayralararo mahsulotlardan tashkil topgan. Bu hujayralar tuzilish va funksional tomondan differensiallashgan bolib, ular mustaqil yashash qobiliyatiga ega emas.
Qolgan boshqa kop hujayralilar maxsus toqimalardan tarkib topgan organlarga va organlar sistemasi (tizimi) ga ega. Aksariyat kop hujayralilarda hujayralar soni benihoyat kop, ularning soni butun hayot mobaynida ancha ozgarib turadi. Malum bir vazifani bajarishga moslashgan tuzilishi, kelib chiqishi va hayotiy yonalishlari bir xil bolgan hujayralar va hujayralararo mahsulotlar kompleksiga toqima deb yuritiladi. Odatda kop hujayralarning organlari bir necha toqimalardan tashkil topgan.
a) epitelial toqima - himoya vazifasini bajaruvchi toqima bolib, unga tashqi, terini qoplagan va ikkilamchi tana boshligi – selomni, shuningdek ichak va boshqa hazm organlarining ichki va tashqi devorini qoplagan toqimalar kiradi.
b) biriktiruvchi toqimalar – bu toqimalar ularning hujayralararo mahsulotlari turli xil hayvonlar tanasida nihoyatda kop tarqalgan bolib, juda murakkab va xilma-xil vazifalarni bajaradi. Dastlab yassi chuvalchanglarda rivojlangan parenxima deb ataluvchi toqimalar biriktiruvchi toqimalardir. Yuqori darajada tashkil topgan hayvonlardagi qon hosil qiluvchi organlar - taloq, jigar va hokazolar shu xil toqimalardan tashkil topgan.
v) muskul toqimalari bazi kovakichlilar va barcha yassi chuvalchanglardan boshlab rivojlangan bolib, hayvonlarda eng muhim harakat vazifasini bajaradi, ular qisqarish va chozilish xususiyatiga ega (muskul toqimalari faqat nerv tolalari tasirida qisqaradi, harakatlanadi.
g) nerv toqimasining rivojlanishi kovakichlilardan boshlanadi va yuqori darajada rivojlangan kop hujayralilarda takomillashib boradi. Tuban kovakichlilarda (gidralarda) u yulduzsimon nerv hujayralardan tashkil topgan va tarqoq joylashgan, yani markazlashmagan shu sababli ularda tasirot juda sekin tarqaladi, ssifomeduzalar va aktiniyalarda esa tarqoq nerv hujayralari bilan birga nerv tugunchalari rivojlanadi. Chuvalchanglarda markazlashgan nerv tugunlari, bogimoyoqlilardan boshlab miya vujudga keladi. Nerv toqimasining hujayrasi (neyronlar) yuqori darajada differensiallashgan va murakkablashganligi bilan boshqa toqima hujayralaridan farq qiladi. Yuqori darajada tashkil topgan organizmlarda nerv toqimaning miyada joylashgan neyronlari bosh, yani markaziy nerv sistemani, ichki organlarda joylashganlari esa periferik (chetki) nerv sistemani tashkil etadi.
Kopchilik kop hujayrali hayvonlarning tana qismlari bilateral simmetriyali, yani malum bir tartibda joylashgan. Faqat kamgina hayvonlarda, jumladan bulutlarda tana malum simmetriyaga ega emas. Qolgan kop hujayralilar tanasi radial simmetriya (kovakichlilar, dengiz yulduzlari va xokazo)li tuzilgan. Radial simmetriyaga ega bolgan hayvonlarda tanani bir necha qismlarga teng bolish mumkin bo`lsa, bilaterial simmetriyalilarda faqat bir chiziq bilan uni teng ikki qismga ajratish mumkin.Akademik K. I. Skryabin parazitlarning kelib chiqishi xususiyatiga ko’ra, ularni o’rganadigan fanni ikki guruxga bo’ladi. Birinchi gurux - fitoparazitologiya deyilib, u o’simliklar dunyosidan kelib chiqadigan bakteriya, virus va boshqa parazitlar hamda ular ta’sirida sodir bo’ladigan yuqumli kasalliklarni o’rgatadi. Ikkinchi gurux - zooparazitologiya deyilib, qo’zg’atuvchisi hayvonot dunyosidan kelib chiqadigan (protozoolar, gel’mintlar, zuluklar, bo’g’imoyoqlilar va boshqalar) va har xil parazitlar ta’siridan paydo bo’ladigan kasalliklar hamda ularga qarshi kurash choralarini o’rgatadi.
|
| |