|
O. Kovalevskiy va I.I.Mechnikovlarning embriologiya sohasidagi asosiy ishlari
|
bet | 3/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #240994 |
Bog'liq ko\'p hujayralilarni kelib chiqishi to\'g\'risidagi nazariyalar va ularni mohiyati1.2 O. Kovalevskiy va I.I.Mechnikovlarning embriologiya sohasidagi asosiy ishlari
A.O.Kovalevskiy (1840-1901) va I.I.Mechnikov (1845-1916) larning embriologiya sohasidagi ishlari boyicha har bir organizmning embrional taraqqiyoti otalangan tuxum hujayrasi - zigotadan boshlanadi. Zigota oz navbatida kopdan-kop hujayralarga - blastomerlarga bolinadi, blastomerlar bir joyga toplana borib morulani hosil qiladi. Keyinchalik bir qavat hujayralardan tashkil topgan sharsimon yoki ovalsimon blastula hosil boladi. Blastulaning ichida katta boshliq hosil bolib, bu boshliq blastotsel deb ataladi. Kelgusi taraqqiyot davrida blastula invaginatsiya yoli (ichkariga qaytib kirish) yoki immigratsiya (hujayralarning bir qutib tomonga osib kirishi) yollari bilan ikki qator joylashgan qatlamga - ektoderma va endodermaga ega bolgan gastrulaga aylanadi. Yangidan hosil bolgan boshliq gastrotsel deb atalib, bu boshliq tashqariga blastopor yoki birlamchi ogiz deb yuritiluvchi teshik bilan ochiladi. Kopchilik umurtqasiz hayvonlarning voyaga yetgan shakllarida (chuvalchanglar, bogimoyoqlilar, mollyuskalar) bu teshik ularning ogziga aylanadi. Shu sababli bu hayvonlar birlamchi ogizlilar deb yuritiladi. Qolgan hayvon guruhlarida (ignatanlilar, xordalilar) blastopor tamoman bekilib ketadi yoki chiqaruv teshigiga aylanadi, ogiz esa ularda qaytadan hosil boladi, shu sababli ham bu hayvonlar ikkilamchi ogizlilar deb yuritiladi.
Tuban darajada taraqqiy etgan ko`p hujayrali hayvonlar (bulutlar, kovakichlilar) ikki qavatli tana tuzilishiga ega. Yuqori darajada tashkil topgan hayvonlarda esa taraqqiyot davrida ektoderma va endoderma embrion varaqlari orasida uchinchi embrion varaqcha - mezoderma rivojlanadi.
Tuban darajadagi uch qavatli organizmlarda blastotseldan hosil bolgan birlamchi boshliq ularning butun hayoti davrida saqlanib qoladi, shuning uchun ham ularga birlamchi tana boshliqlilar deb nom berilgan. Yuqori darajada taraqqiy etgan uch qavatli organizmlarda embrional taraqqiyot davrida birlamchi tana boshligi qisqara boradi (lakun va tor kanalchalarga aylanib), haqiqiy tana boshligi (selom) esa mezodermaning ichida paydo boladi. Bu xil hayvonlar ikkilamchi tana boshliqlilar deb ataladi. Selomning birlamchi tana boshligidan farqi shundaki, unda mezodermali maxsus pardalar paydo bo’ladi.
Hayvonlarning taraqqiyot davrida embrion varaqchalari har xil toqima va organlarni yuzaga keltiradi. Terining tashqi qatlami (epidermis), teri bezlari, yog va yog bezlari, soch, tishning emal qatlami, shox moddadan tashkil topgan har xil tuzilmalar, nerv sistema, kopayish, sezish organlari (qabul qiluvchi hujayrali) ektodermaning mahsulotidir. Bundan tashqari hayvonlarning ogiz boshligi, ichakning orqa chiqaruv teshigi bilan qoshilgan qismi, jabra yoriqlari ham ektoderma bilan qoplangan (ayrim hayvon guruhlarida oldingi va orqa ichak umuman ektodermali boladi). Entodermadan ovqat hazm qilish organlari, asosan orta ichak, hamda jigar, oshqozon osti bezi, opka, timus, qalqonsimon bezlar (baliqlarning havo pufakchalari) hosil boladi. Kopchilik organlar: qon aylanish sistemasi, ayirish va jinsiy organlar sistemalari, barcha muskullar, qorin pardasi, biriktiruvchi toqima va uning unumlari - chin teri (kutis), togay va suyak skeletlari mezodermaning mahsulotidir.
2-rasm. Pratoazoa.
Embrion varaqlarining hosil bolishini chuqur organish natijasida A.O.Kovalevskiy va I.I.Mechnikovlar embrion varaqchalari togrisida maxsus nazariya yaratishgan. Ularning fandagi xizmatlari butun bor umurtqasiz hayvonlarning embrional taraqqiyotini organish asosida bulutlar va kovakichlilarda embrion varaqchalarini ektoderma va entodermadan nari o’tmasligini, qolgan umurtqasizlarda esa uchta embrion yaproqchasini hosil bolishini aniqlashdadir. Ular yaratgan embrion varaqchalari togrisidagi ma`lumotlar har bir varaqchalarning hosilalarini ham aniqlab bergan.
|
| |