|
Ko'p hujayralilarni kelib chiqishi to'g'risidagi nazariyalar va ularni mohiyati Mundarija Kirish
|
bet | 2/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #240994 |
Bog'liq ko\'p hujayralilarni kelib chiqishi to\'g\'risidagi nazariyalar va ularni mohiyatiMavzuning dolzarbligi. Har bir kop hujayrali organizm bir necha organlar va organlar sistemasidan tashkil topgan. Tananing malum bir vazifani bajaruvchi qismi organ deb yuritiladi. Har bir organ oz navbatida bir necha xil toqimalardan tarkib topgan. Aniq bir yo’nalishdagi vazifani bajarishga moslashgan organlar yigmasi organlar sistemasini tashkil etadi: ovqat hazm qilish organlari sistemasi (ogiz boshligi, tomoq, qizilongach, oshqozon, ichaklar), nafas olish organlari sistemasi, ayirish organlari sistemasi, qon aylanish sistemasi, jinsiy organlar sistemasi, nerv sistemasi va sezuv organlari. Bunday organlar sistemalari har xil hayvonlar tipida turlicha rivojlangan.
Kurs ishining maqsadi. Evolyutsion nazariyalarga asoslarga tayanib ko’p hujayrali organizmlarni kelib chiqishini tahlil qilish va tekshirishdan iborat.
Ishning amaliy ahamiyati. O’rta umumta’lim maktablarida, kollej va litseylarda hamda Oliy o’quv yurtlarida o’quvchi-talabalarga o’qitilib kelinayotgan zoologiya va evolyutsiya fanlaridan mavjud bo’lgan darslik va o’quv hamda uslubiy qo’llanmalarda, ko’p hujayralilar turlarining tarkibi, o’ziga xos tuzilish belgilari, tarqalishi, keng tarqalgan vakillarining biologik xususiyatlari va ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar yetarli darajada yoritilmagan. Bitiruv malakaviy ishda keltirilgan ma’lumotlardan o’quvchi-talabalarga zoologiya va evolyutsiya fanlaridan “Koʻp hujayrali hayvonlarning kelib chiqish nazariyalari” mavzusida dars o’tilganda qo’shimcha manbaa sifatida foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning hajmi 24 sahifani tashkil etadi.
1. Ko’p hujayrali organizmlarning o’rganilishi
1.1. Ontogenez va filogenez haqida tushuncha.
E.Gekkel va F.Myullerlarning biogenetik qonunining mohiyati. Har bir hayvon turining tarixiy otmishi bilan bogliq bolgan evolyutsion taraqqiyotga filogenez deb yuritiladi (4-rasm). Evolyutsion morfologiyaning asoschilaridan akad. A.I.Seversov (1866-1936) evolyutsion jarayonlarni biologik progress va biologik regress yollari bilan borishini korsatdi. Biologik progressning bir yo’nalishi aromorfoz – morfo-fiziologik progressdir. Ushbu biologik progressda u yoki bu hayvonlar guruhining hayot faoliyatining umumiy shiddati yuqori bosqichga kotarilib yangi taraqqiyot bosqichiga yetadi. Bu holda organizm muhim sifat ozgarishlarga duch keladi, uning kopayib ketishiga va boshqa joylarga keng tarqalishiga imkoniyat yaratiladi. Hayvonot dunyosida aromorfozga misol tariqasida kop hujayrali hayvonlarning kelib chiqishini, suv hayvonlarining quruqlikka chiqishini, issikqonlikning paydo bolishini, yurakning tort kamerali bolishini, ikkita qon aylanish doirasining hosil bolishini va hokazolarni keltirish mumkin. Biologik progressning ikkinchi evolyutsion yonalishi – idioadaptatsiya yani - organizmlarning malum bir yashash sharoitiga moslanishi (hayot faoliyatining shiddati oshmasdan). Bu evolyutsion taraqqiyotda organizmda bir qancha ozgarishlar roy bersada, hayvonning tuzilishi avvalgi darajada turaveradi: odamda oyoqlarning qolga, kitsimonlarda oldingi oyoqlarning suzishga moslashgan kurakoyoqqa, korshapalaklarda oldingi oyoqlarning qanotga aylanganligi va hokazolar. Bu xil oyoqlar har xil organizmda har xil sharoitda har xil funksiyani bajarsada, ular bir-biriga oxshash skeletlardan tuzilgan va hammasi ham tort oyoqli qadimgi ajdod oyoqlaridan kelib chiqqan. Kopchilik turkum, oila, avlod va turlar idioadaptatsiya yoli bilan kelib chiqqan. Regressiv tipdagi morfo-fiziologik ozgarishga degeneratsiya misol boladi.
Degeneratsiya - evolyutsion taraqqiyot natijasida hayvon va osimlik organizmlarining ayrim organlari yoqolib ketishi oqibatida ularning birmuncha oddiy tuzilishga otishi.
1-rasm. Ivanov bo’yicha ko’p hujayrali hayvonlarning kelib chiqishi.
Umumiy degeneratsiya organizmlarni aktiv hayotdan passiv hayot yoliga otishi natijasida yoki harakatli holdan harakatsiz holga, erkin yashash sharoitidan parazitizm yoliga otishi natijasida ro’y beradi. A.N.Seversov tushunchasi boyicha umumiy degeneratsiya hayvon va osimliklarni turlarini kopayishiga, geografik va ekologik arealining kengayishiga olib keluvchi uchinchi biologik progressiv yoldir. Degeneratsiyaga uchrovchi hayvon turlarida harakat, sezuv, hazm organlari va boshqa xil organlar reduksiyalashadi, yani qisqaradi yoki tamoman yoqolib ketadi. Evolyutsion jarayonda lentasimon chuvalchanglarda ovqat hazm qilish organlarining yoqolishi, sezuv organlari faoliyatining susayishi, assidiyalarda esa xorda va nerv nayining tamoman yoqolib ketishi degeneratsiyaga misol boladi.
Umumiy degeneratsiyada turning urchish xususiyatini oshishini kuzatish mumkin. Bu hol jinsiy organlarning keskin rivojlanishiga, ularning tuxum va lichinkalarining tashqi muhitga chidamli bolishiga olib kelgan (sestodlarda). Degeneratsiyaga hayvonlarning individual taraqqiyotida ro’y beruvchi toqima va organlarning yemirilishi ham misol bola oladi. Masalan, har xil hasharotlarning lichinkalarini gumbakka aylanishida ularning ichki organlarining degeneratsiyaga uchrashi, qurbaqalarning lichinkalarida esa jabra va dumlarining yo`qolishi.
U yoki bu hayvon turlarining individual taraqqiyotiga ontogenez deb yuritiladi. Ontogenez asosan uchta taraqqiyot davrlaridan iborat: embriogenez, postembriogenez va voyaga yetish. 1866-yil nemis olimlari E.Gekkel va F.Myuller biogenetik qonun yaratdi. Bu qonunning qisqacha mazmuni "ontogenez filogenezning tez va qisqa muddat ichida takrorlanishi" demakdir. Bu qonun shajara daraxtlari tuzishda katta ahamiyatga ega.
Paleontologiyada hayvonlarning qazilma qoldiqlari, solishtirma anatomiyada oraliq formalari bolmagan organizmlarning individual rivojlanish tarixini, yani ontogenezini organish har xil hayvonlar ortasidagi qarindoshlik aloqalarini va ularni qaysi ajdoddan kelib chiqqanligini aniqlashda biogenetik qonun qo`llaniladi.
|
| |