• bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich
  • Uzlukli ishlovchi
  • A. X. Vаxidov, D. A. Abdullaеva avtomatikaning tеxnik vositalari toshkеnt- 2011




    Download 2,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/73
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,39 Mb.
    #100404
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73
    Bog'liq
    avtomatikani texnik vositlar

     
     
     
     


    136
    8-bob. Avtomatika rostlagichlari 
    8.1. Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari. 
    Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli soxalarida texnologik jarayonlarni 
    avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnikaviy vositalar hisoblanadi. 
    Rostlagichlarni klassifikatsiyalash rostlanuvchi miqdorning turi, rostlagichning ish 
    usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga 
    ko’rsatiladigan ta’sirning xarakteri, rostlagich ishining tavsifnomasi (rostlash 
    qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi. 
    Rostlanuvchi miqdorning turiga ko’ra rostlagichlar quyidagilarga bo’linadi: 
    bosim, sarf, satx, namlik va kabi rostlagichlar. Ishlash usuliga ko’ra bevosita va 
    bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi 
    organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob’ektdan olingan energiyaning o’zi 
    bilan ishlovchi rostlagichlar  bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich deb ataladi. Agar 
    ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qo’shimcha 
    energiya kerak bo’lsa, bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. 
    Foydalaniladigan energiya turiga ko’ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va 
    aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va xokazo) rostlagichlarga bo’linadi.
    Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko’rsatiladigan ta’sirning 
    xarakteri jihatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo’ladi. Uzlukli 
    ishlovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi 
    rostlanuvchi miqdorning uzluksiz muayyan qiymatida xarakat qiladi. Rostlanuvchi 
    miqdorning o’zgarishi va rostlovchi ta’sir o’rtasidagi bog’lanish (yoki ijro etuvchi 
    mexanizm rostlovchi organining xarakati), ya’ni rostlash qonuni nazarda tutilgan 
    ish tavsifnomasiga ko’ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik), proporsional 
    (statik), izodrom (proporsional-integral), proporsional-differitsial (oldindan ta’sir 
    etuvchi statik), proporsional-integral-differinsial (oldindan ta’sir etuvchi izodrom) 
    bo’ladi.Rostlanuvchi miqdorni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab 
    turish jihatidan rostlagichlar stabillovchi, programmali va kuzatuvchi 


    137
    rostlagichlarga bo’linadi. Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi miqdorning 
    berilgan qiymatga (ma’lum darajadagi xato bilan) tenglashishini ta’minlaydi. 
    Programmali rostlagichlar maxsus programmali topshiriq bergich yordamida 
    rostlanuvchi miqdorning vaqt bo’yicha avvaldan ma’lum bo’lgan programma 
    (qonun) bo’yicha o’zgarishini ta’minlaydi. Bu programma texnologik reglament 
    talablariga muvofiq tuzilgan bo’ladi. Kuzatuvchi rostlagichlarda rostlanuvchi 
    miqdorning vaqt bo’yicha o’zgarishi rostlagich topshiriq bergichga bilvosita ta’sir 
    qiluvchi boshqa kattalikning o’zgarishiga mos bo’ladi. 

    Download 2,39 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73




    Download 2,39 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. X. Vаxidov, D. A. Abdullaеva avtomatikaning tеxnik vositalari toshkеnt- 2011

    Download 2,39 Mb.
    Pdf ko'rish