127
Chiquvchi organning xarakatlanish tezligiga ko’ra IM lar doimiy tezlikka
ega bo’lgan hamda chiquvchi organning surilish tezligi chiquvchi signalga
proporsional bo’lgan IM larga ajratiladi.
Qishloq va suv xo’jaligi ishlab chiqarishida elektrik IM lar keng tarqalgan.
Ularni 2 ta asosiy guruxga ajratish mumkin: elektr dvigatelli va elektromagnitli
(7.2-rasm).
Birinchi guruxga elektr yuritmali IM lar kiradi. Elektr yuritmali IM lar
odatda elektr yuritma, reduktor va tormozdan tashkil topadi (oxirgisi bo’lmasligi
ham mumkin). Boshqaruv signali bir vaqtning o’zida yuritma va tormozga beriladi,
mexanizm to’xtay boshlaydi va yuritma chiquvchi organni xarakatga keltiradi.
Signal yo’qolganda yuritma ishdan to’xtaydi, tormoz mexanizmni to’xtatadi.
Ikkinchi guruxga solenoidli IM larni kiritish mumkin. Ular turli xil
rostlovchi klapanlar, vintellar, zolotniklar va boshqa elementlarni boshqarish
uchun qo’llanilishi mumkin. Bu guruxga elektromagnitli muftalarni kiritish
mumkin. Solenoidli mexanizmlar odatda faqat ikki pozitsiyali rostlash tizimlarida
qo’llaniladi.
Elektr yuritmali IM lar odatda elektr yuritma, reduktor va tormozdan tashkil
topadi (oxirgisi bo’lmasligi ham mumkin). Boshqaruv signali bir vaqtning o’zida
yuritma va tormozga beriladi, mexanizm to’xtay boshlaydi va yuritma chiquvchi
organni xarakatga keltiradi. Signal yo’qolganda yuritma ishdan to’xtaydi, tormoz
mexanizmni to’xtatadi.
7.1-rasm. Ijro mexanizmlarining energiya turiga qarab turlanishi