143
qarshi yuk momenti xisobiga ikkinchi tarafdan sath datchikiga ko’rsatiluvchi
gidrostatik bosim ta’sirida o’z holatida ya’ni balans holatida bo’ladi.
Agar zatvor oldidagi sath ko’tarilsa yoki pasaysa tenglik yo’qoladi va
zatvor berilgan satx o’z holiga qaytishi uchun zarur bo’lgan kattalikka ochiladi.
Rostlash jarayonida turli tebranishlarni yo’qotish maqsadida zatvorlar tarkibiga
moyli amortizatorlar kiritiladi.
Pastki b’ef bo’yicha sathni stabellash
zatvori xam shu tartibda
xarakatlanadi, lekin sath datchigi pastki b’ef tarafidan o’rnatiladi.
Aralash rostlovchi avtomat zatvor normal ish jarayonida pastki sath
bo’yicha rostlashni amalga oshiradi, agar suv sathi yuqori b’ef bo’yicha ko’tarilib
ketsa, yoki suv yetishmasligi natijasida kelsa suv ko’rib qolishi kuzatilsa avtomatik
ravishda yuqori b’ef bo’yicha rostlash amalga oshiriladi. Bunday zatvorlar mahsus
kameraga joylashtirilgan ikkita sath datchigiga (membranali pukak) ega: ularning
biri yuqori, ikkinchisi pastki b’ef bilan bog’langan. Yuqori b’ef
datchigi
belgilangan sath yuqoriga ko’tarilganda zatvorni ochadi, shuningdek sath minimal
qiymatga erishganda uni yopadi. Bir vaqtni o’zida pastki b’ef kamerasidagi datchik
uning belgilangan sathini ushlab turadi.
8.4-rasm. Suv sarfini avtomatik to’sqichi
sxemasi: a) bitta tusqichli; b) qushaloq
tusqichli; 1-
suv chiqaruvchi qisim; 2-
suv tagidagi devorlar; 3- qo’shaloq
egilgan kaziroklar; 4- ko’taruvchi
mexanizim; 5- suriluvchi to’sqich;
8.5-rasm. Suvni sathini
me’yorlovchi «Neyrpik» tipidagi
gidravlik to’sqichlarning sxemasi: a)
yuqori bef bo’yicha; b) pastki bef
bo’yicha; v)
aralash rostlovchi; 1-
qalqovich; 2- to’sqich; 3- aylanish
o’qi; 4- qarshi yuk;
144
GТIlarni avtomatlashtirishda suvni sathini tekis zatvorlar yordamida pastki
b’ef bo’yicha stabilovchi regulyatorning tarkibiy sxemasini ko’rib chiqamiz (8.6.-
rasm). Suvni berilgan sathi 1-topshiriq bergach (zadatchik) yordamida belgiladi va
2-elementda amalda mavjud sath bilan solishtiriladi.
Agar belgilangan sathdan chetga chiqish mavjud bo’lsa 2-solishtirish
elementi 3-kuchaytirish bloki (nol-organ) yordamida 5-ishga tushirgich orqali 6-
elektr yuritilgani xarakatga keltiradi. Buni natijasida sath o’zgarishi qiymati
ishorasiga ko’ra 7-zatvor tengsizlik yo’qotilguncha
va belgilangan sath
o’rnatilguncha ochiladi yoki yopiladi.
Sxemadan ko’rinadiki, yopiq zanjirli rostlash tizimi tarkibiga kanalning
o’lchash va rostlash elementlari 8-sath datchigi va 7-zatvor orasidagi masofaga
ega bo’lgan qismi kiradi. Bu masofa bir necha un yoki yuzlab metr masofani o’z
ichiga olishi mumkin. Shuning uchun bu holda 8-datchik oraligi bilan o’lchangan
masofa bilan 7-zatvor oralig’idagi boshlang’ich masofa oralig’ida kechikish vaqti
paydo bo’ladi va rostlash sxemasiga proporsional-impulsli rostlovchi organ – 4
kiritilishi maqsadga muvofiqdir. Bu rostlagich rostlash vaqtida kechikish vaqtini
yo’qotishga xizmat qiladi. Bunday oraliqda rostlash jarayoni to’xtatiladi va
zatvorning elektr yuritmasi o’chiriladi. Bunday rostlagich proporsional - integral
rostlagich
deb yuritiladi, chunki bu xolda berilgan impulslar vaqti kelishmaslik
vaqtiga proporsional ravishda o’zgaradi.
8.6. – rasm. Suvni satxi pastki bef bo’yicha stabillovchi regulyatorning tartibiy
sxemasi.
145
Shunday qilib, bunday suv tarqatishni avtomatik boshqaruv tizimlarida
boshqaruv ob’ekti sof kechikish vaqtiga ega bo’lgani uchun impulsli ARSlarini
qo’llash maqsadga muvofiqdir.
8.7-rasm. Kanaldagi sug’orish tizimi rostlanuvchi parametrining o’zgarish
tavsifnomasi.
Sug’orish kanali boshqaruv ob’ekti sifatida sof kechikishdan tashqari
inersion kechikishga ega. Shuning uchun u kechikish vaqtiga ega bo’lgan
davriy
inersion bo’g’in ko’rinishida berilishi mumkin (Т - vaqt doimisi). Bu holda vaqti
tavsifnomalari kanalni sathini rostlash tizimi uchun 8.7 - rasmda keltirilgan
ko’rinishda berilishi mumkin. Agar n-kirish kattaligi noldan birgacha sakrashsimon
ravishda o’zgarsa 2-chiqish signali ham toza kechikish vaqti bilan sakrashsimon
tarzda o’zgaradi ( t - vaqti bilan) (8.7-rasm, a, b). Umumiy rostlash vaqti
t u kirish
signalining o’rnatilgan vaqtigacha bo’lgan kattalikni o’z ichiga oladi (v) t+(3….5)
Т, bu yerda ikkinchi qo’shiluvchi inersion kechikish vaqti xisoblanadi.