• .3. Oqim quvurchali gidravlik kuchaytirgichlari
  • A. X. Vаxidov, D. A. Abdullaеva avtomatikaning tеxnik vositalari toshkеnt- 2011




    Download 2,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/73
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,39 Mb.
    #100404
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73
    Bog'liq
    avtomatikani texnik vositlar

    6.2. GIDRAVLIK KUChAYТIRGIChLAR 
    Gidravlik kuchaytirgichlar avtomatika tizimlarida keng ishlatilmoqda. 
    Ayniqsa, zolotnik bilan boshqariladigan porshenli gidravlik kuchaytirgichlar eng 
    ko’p tarqalgan. Qishloq va suv xo’jaligi ishlab chiqarishidagi avtomatika 
    tizimlarida gidravlik kuchaytirgichlar pnevmatik kuchaytirgichlarda nisbatan 
    ko’proq ishlatiladi. Ular mobil mashinalarning avtomatika tizimlarida (o’rnatma 
    agregatlarni boshqarish uchun) va traktorlar hamda kombaylarni avtomatik 
    xaydash (boshqarib borish) tizimlarida ishlatilmoqda. 
    Zolotnik bilan boshqariladigan porshenli gidravlik kuchaytirgichning 
    prinsipial sxemasi 6,9 a-rasmda ko’rsatilgan (odatda porshenli nasoslar ishlatiladi).
    Ish suyuqligi yoki temperaturali qovushoqlik koeffitsiyenti kichik bo’lgan 
    maxsus suyuqliklarning bosimini hosil qiladi va bu bosimni saqlaydi. Bosim 
    o’tkazib yuborish klapani bilan rostlanadi. Kuch silindri 4 ga birlashtirilgan 
    kanallar neytral vaziyatda to’liq yopilgan bo’ladi. Porshen 5 xarakatlanmaydi. 
    Agar zolotnik 3 ga yuqoriga yo’nalgan kirish ta’siri x berilsa, u holda zolotnik 
    yuqoriga xarakatlanib, teshiklarni ochadi, shunda kuch silindrining yuqori
    bo’shlig’iga bosim ostidagi moy kiradi, pastki bushlik esa ayni vaqtda kaytarib 
    tukish trubasiga tutashadi. Nasos 1 ishlab, bak 6 dagi moyni kuch silindri ichiga 
    xaydagani uchun yuqori bushlikdagi bosim oshadi va porshen 5 pastga siljiydi. 


    124
    Porshenning xarakati tezligi - silindrga kelayotgan va undan ketayotgan moy 
    miqdoriga bog’lik, bu esa o’z navbatida teshiklarning ochilish qiymatiga bog’lik. 
    Gidravlik kuchaytirgichlarnig statikaviy xarakteristikasi 6,9 b-rasmda 
    ko’rsatilgan.
    6.9 -rasm. Zolotnikli gidravlik kuchaytirgichning sxemasi va uning statik 
    tavsifnomasi. 
    Хarakteristikada quyidagi zonalar bor: 2a ga teng nosezgirlar zonasi. Bu 
    zonaning paydo bo’lishiga sabab shuki, zolotnik belbog’ining kengligi teshikning 
    kengligidan bir oz katta - to’yinish zonasi. Bu zona zolotnik teshiklarning to’liq 
    ochilishiga mos bo’ladi, shuning uchun porshening xarakatlanish tezligi bu yerda 
    endi kattalasha olmaydi. Agar zolotnik siljiganda (6.9-rasm) topshiriqlar to’liq 
    ochiladigan holatga (Х max) yeta olmasa va nosezgirlik zonasi e’tiborga olinmasa, 
    statik xarakteristkasini taxminan chiziqli deb hisoblash mumkin (rasmda punktir 
    bilan ko’rsatilgan).
    Gidrokuchaytirgichlar teskari aloqasiz va gidrotsilindr porshenning vaziyati 
    bo’yicha bikr teskari aloqali qilib ishlab chiqariladi. Gidrokuchaytirgichlarning 
    chiqishida katta quvvatlarni olish uchun kaskadli birlashtirish usuli qo’llaniladi, 
    shunda birinchi kuchaytirgichning ijrochi organi navbatdagisining rostlovchi 
    organiga ta’sir etadi. 


    125
    Gidrokuchaytirgichlarning 
    chiqish 
    quvvati bir, o’n, yuz va bundan ortiq 
    kilovattni tashkil etishi mumkin, kuchaytirish koeffitsenti juda katta (3.10. --- 
    3.10. ) bo’lib, kuchaytirgichi juda tezkor. 
    6.3.  Oqim quvurchali gidravlik kuchaytirgichlari 
     
    Ushbu turdagi kuchaytirgichning sxemasi 6.10-rasmda ko’rsatilgan. 
    Mumdshtukdan 3 tezlik bilan oqib chiqarilgan suyuqlikning bosimi uning holati 
    neytraldan o’zgartirilganda 4 va 5 quvurchalarda o’zgaruvchan bosimga 
    aylantiriladi. Oqim quvurchasi 2 olib beruvchi 1 quvurga ulangan. Mumdshtukdan 
    oqib chiqayotgan suyuqlik quvurchalarni birisiga o’tib tezlikni bosimga 
    aylantiriladi. Mumdushtukni neytral holatida 4 va 5 quvurchalardagi bosim teng va 
    porshen 7 xarakatlanmaydi. Mumdshukni holati o’zgarilishi bilan quvurchalarni 
    bittasida bosim oshib, ikkinchisidan kamayib ketadi. Buning natijasida porshen 
    xarakatlanib ijro mexanizmni ishga tushiradi. 
    6.10.-rasm. Oqim quvurchali gidravlik kuchaytirgichning sxemasi. 


    126

    Download 2,39 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73




    Download 2,39 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. X. Vаxidov, D. A. Abdullaеva avtomatikaning tеxnik vositalari toshkеnt- 2011

    Download 2,39 Mb.
    Pdf ko'rish