• 1-bob. ISHLAB CHIQARILAYOTGAN MOBIL ILOVALAR VA ULARNING TASNIFI 1.1 § Android operatsion tizimi va uning xususiyatlari
  • 1.2 § Internet magazinlarni mobil ilovalari va ularning tasnifi
  • Abbosov Azizqul Kitob do’konini tizimini loyihalash




    Download 0,52 Mb.
    bet2/17
    Sana17.12.2023
    Hajmi0,52 Mb.
    #121548
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Abbosov Azizqul Kitob do’konini tizimini loyihalash

    Mavzuning dolzarbligi.
    Bugungi kunga kelib ko`plab internet magazinlar rivojlan-moqda.Foydalanuvchilarga saytga kirish noqulayliklarni yaratmoqda, hamda ko`plab foydalanuvchilarda mobil qurilma mavjud.Bu esa foydalanuvchilarga ask qotadi.Shuni oldini olish maqsadida mobil ilovalar ishlab chiqarilmoqda.
    1-bob. ISHLAB CHIQARILAYOTGAN MOBIL ILOVALAR VA ULARNING TASNIFI
    1.1 § Android operatsion tizimi va uning xususiyatlari
    Android — Linux yadrosiga asoslangan kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elektron kitoblar, raqamli musiqa uskunalari,qo‘l soatlari, netbuklar va smartbuklar uchunportativ (tarmoqli) operatsion tizimdir. Android Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxona orqali qurilmani boshqaruvchi Java-ilovasini yaratishga imkon beradi. Android Native Development Kit Si va boshqa tillarda yozilgan ilovalarni yaratadi.2012-yilning uchinchi choragida sotilgan smartfonlarning 75 foizida Android operatsion tizimi o‘rnatilgan.

    1-rasm.
    HTC Dream (T-Mobile G1) — Android OT asosida birinchi smartfoni yangiliklar kiritilishi tarixi 2008-yil sentabr oyida birinchi versiyasi chiqarilgandan so‘ng tizimga bir necha yangiliklar kiritilishi sodir bo‘ldi. Ushbu yangiliklar odatda, aniqlangan xatolarni tuzatish va tizimga yangi funksiyani kiritish bilan bog‘liq bo‘ldi. Tizimning har bir versiyasiyangilik sifatida o‘zining kodli nomi bilan ataldi. Kod nomlari alifbo tartibida berildi. 2012-yil noyabr oyiga kelib, tizimning 14 ta versiyasi yaratildi. Oxirgi versiyasi — 4.1 Jelly Bean («qo‘shimchasi bilan chaynash obaki») deb nomlandi. HTC kompaniyasi tomonidan yaratilgan HTC Dream smartfoni (T-Mobile G1 nomi ostida rasman T-Mobile mobil aloqa operatori tomonidan yaratilgan) Android boshqaruvi ostida ishlovchi birinchi qurilma bo‘ldi, uning taqdimoti 2008 - yil 23-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Ko‘p o‘tmay, smartfonlar boshqa ishlab chiqaruvchilari tomonidan Android asosida qurilma ishlab chiqarish istagi bilan ko‘plab murojaatlar kelib tusha boshladi. Planshetlaruchun mo‘ljallangan Android uchinchi (Honeycomb) versiyasi chiqishi bilan borgan sari ko‘proq ishlab chiqaruvchilar ushbu platformada planshetlar ishlab chiqarishlarini e’lon qila boshladilar.Smartfonlar va planshetlardan tashqari Android operatsion tizimini boshqa qurilmalarga ham o‘rnata boshladilar.2009-yil oxirida Android asosida ishlovchi birinchi fotoramka savdoga chiqarildi. 2011-yil iyun oyida Italiyaning BlueSky kompaniyasi Android operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlovchi i’m Watch intellektual qo‘l soatlarini ishlab chiqarishini ma’lum qildi. 2012-yil avgust oyida Nikon Google platformasida ishlovchi jahonda birinchi foto kamerasini taqdim etdi.Bundan tashqari, tashabbuskor Androidni qator mashhur qurilmalarga ko‘chirib o‘tkazib joriy qildilar, ular orasida misol uchun, Windows Mobile HTC Touch Dual va HTC TyTN II platformasidagi smartfonlar bor,ularda Android emulyatsiya rejimida ishga solingan. Maemoda ishlovchi — Nokia N810 va Nokia N900 (Nitdroid nomli port) internet-planshetlari — Windows Mobile operatsion tizimida, MeeGo, va HTC HD2 platformasida ishlovchi Nokia N9 smartfonlari kabi qurilmalarga to‘laqonli ko‘chirib o‘tkazish ham amalga oshirildi, ularda Android operatsion tizimini micro SD-kartalar sifatida ichki NAND-xotira sifatida ham ishga solish mumkin. Koolu kompaniyasi Neo Free Runnerga Androidni o‘rnatish bilan shug‘ullanish bilan birga, qayta o‘rnatilgan Google mobil platformasi bilan ushbu smartfonlarni sotishda o‘z biznesini rivojlantirmoqda. Koolu kompaniyasidan Neo Free Runnerga birinchi rasmiy va umumiy foydalanish uchun Android o‘rnatilishi beta-relizi 2008-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tdi. Android x86 arxitekturasiga ham ko‘chirib o‘tkazilgan.Ustunliklari : Ba’zi sharhlovchilar Android qator hollarda veb-syorfing, Google Inc. servislari bilan mosligi kabi va boshqa xususiyatlari bilan o‘z raqobatchilaridan biri Apple iOS kompaniyasiga qaraganda o‘zini yaxshi namoyon qilishini aytadilar. Android, iOS ga nisbatan ochiq platforma hisoblanadi, bu holat unda ko‘proq funksiyalarni amalga oshirishga imkon beradi. iOS va Windows Phone 7 dan farqli ravishda, Androidda fayllarni qabul qilish va uzatishga ham imkon beruvchi Bluetooth oqimini to‘la amalga oshirish mavjud. FTP-serverini, tarmoqqa ulanish nuqtasi rejimi (PAN xizmati) va Bluetooth orqali guruhli birinchi darajali tarmoqni (GN xizmati) amalga oshirish mavjud. Android-apparatlarida, odatda, USB va xotira kartalarini olmasdan turib boshqa uzatish usullari tezlik cheklanishlaridan qat’iy nazar kompyuter fayllarini tezlikda telefonga ko‘chirishga imkon beruvchi, MicroSD-kardrider mavjud; bundan tashqari, iOS va Window Phone 7 sinxronlashtirish dasturi (iTunes va Zune), orqali amalga oshirishdan tashqari, biror-bir fayllarni telefonga/telefondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish mumkin emas, Android operatsion tizimidagi telefonlar esa xotira kartasi fayllar tizimini USB mass storage device («fleshka») kabi uzatish imkoniga ega. Аvvaldan dasturni "tekshirilmagan manbalardan" (misol uchun, xotira kartasidan) o‘rnatish taqiqlanishiga qaramay,ushbu cheklash apparat sozlashlarida doimiy vositalar yordamida o‘chiriladi, bu holat esa internet-ulanishlarsiz dasturlarni telefonlar va planshetlarga o‘rnatishga imkon beradi (misol uchun, Wi-Fi-ulanish nuqtalariga ega bo‘lmagan va odatda juda qimmat turadigan mobil internetga pul sarflashni istamaydigan foydalanuvchilar uchun), hamda barcha istaganlarga Android uchun ilovalarni bepul yozish va o‘z apparatida test sinovlaridan o‘tkazish imkonini beradi, shu bilan birga, iOS va Windows Phone 7 da hatto o‘z dasturlarini tarqatish istagi bo‘lmaganda ham loyihachining qayd etish ro‘yxatini sotib olishi kerak bo‘lardi. Android ARM, MIPS, x86 kabi turli apparatli platformalarda foydalanish mumkin. Ilovalar boshqa muqobil Google play magazinlari mavjud, misol uchun Amazon’dan Appstore for Android, Opera Store, Yandex.Store. Android rivojlanishi tarixi : 2005-yil iyul — Google kompaniyasi Android Inc. kompaniyasini sotib oldi. 2007-yil 5-sentabr — Open Handset Alliance (OHA) kompaniyalar guruhi tashkil etilganligi rasman e’lon qilindi, uning maqsadi mobil qurilmalar uchun ochiq standartlarni ishlab chiqish hisoblanadi.

    1.2 § Internet magazinlarni mobil ilovalari va ularning tasnifi


    Ko'pchiligimiz internet orqali ko'plab mahsulotlarni reklamasini ko'ramiz, ularni realni xarid qilishimiz, yoki internet magazinlardan xaridlarni amalga oshirish mumkin. Qanday to'lov qilinadi, kelishiga "garantiya" bormi, mahsulotni qanday olaman ? degan savollar o'ylantirishi tabiy. Albatta har qanday odam o'ziga kerakli narsalarni internetdan topib harid qilishi mumkin. Hatto dunyoni narigi chekkasidan turib bo'lsa ham insonlar bir-birlari bilan savdo sotiq ishlarini amalga oshirishlari mumkin. Buning uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar xaridorlarni keng ko'lamda topish uchun o'zlari sayt ochib savdoni yo'lga qo'yishadi, yoki taniqli internet do'konlari va bozorlarida mahsulotlarini sotishadi. To'lovlarni amalga oshirish uchun esa elektron pullar orqali amalga oshirishingiz mumkin yoki, oddiy qilib aytsak bankdagi plastikingizdagi pulni, sotuvchini hisobiga o'tkarasiz, u esa sizga mahsulotni yuboradi. Hammasi oddiy.

    2-rasm.
    Endi o'zimizdagi internet do'konlar haqida gapirsak. O'zbekistonda internet do'konlari juda kam yoki yo'q desa ham bo'ladi. Arba.uz ni misol ketirish mumkinu lekin u ham faqat toshkent viloyatida ishlayapti. Chet elda eng mashxurlari ebay.com, amazon.com, aliexpress.com, alibaba.com xullas sanog'i ko'p.Ular O'zbekistonda ham mahsulotlar sotishadi. To'lov tizimlari esa paypal.com, webmoney.ru, qiwi.com va ko'plab misollar keltirish mumkin, bularni ham eng ommaboplarini sanab o'tdik. O'zbekistondagi to'lov tizimlari hammani plastik kartasida bo'lgan uzcard va shu asosida ishlovchi ko'plab, click.uz, payme.uz, u-pay.uz, mobil bankin, paynet va websum keyin boshqalardir.
    Hozirgi internet magazinlar - elektron savdo maydonlarining pul aylanmasi dunyo bo‘yicha umumiy savdo aylanmasining 9% qismini tashkil qiladi. Ayrim texnologik rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatgich 25% gacha oshib borgan. Amazon, eBay, AliExpress, Alibaba, Wallmart, Flipcart, BestBuy kabi gigant internet do‘konlar dunyo bo‘yicha chakana savdo amaliyotlarini muvaffaqqiyat bilan olib bormoqda. 




    Amazon.com
    Internet tarmog'ida mahsulotlar va xizmatlar sotish bilan shug'ullanuvchi dunyodagi yirik kompaniyalardan biri. Amazon xizmati katta talabni qondirishga yo'naltirilgan o'ttizdan ortiq mahsulot turini o'z ichiga oladi. Amazon.com birinchilardan bo'lib internet imkoniyatlaridan foydalanishga erishdi: oddiy jismoniy do'kondagiga qaraganda mijozlarning ancha ko'proq soniga murojaat qilish imkoniyati, omborda mavjud bo'lgan mahsulotlar bilan cheklanmagan mahsulotlarning yanada ko'proq.



    Macy's
    Bugungi kundagi 900 dan ortiq universal do'konlardan tashkil topgan nooziq-ovqat mahsulotlar chakana savdosining yoshi ulug' tarmog'idir. Macy's AQShdan tashqarida o'n ikkidan ortiq sho'balariga ega bo'lib, uning xizmatchilari soni esa qariyb 200 000 kishiga yetadi. Macys.com an'anaviy savdo rastalarida taklif qilinadigan mollar kabi mahsulotlar savdo tarmog'i portali. Ayollar, erkaklar va bolalarga mo'ljallangan yirik to'plam saytni dunyoning eng mashhur internet-do'konlaridan biriga aylantirdi.




    • Wallmart
      Dunyodagi eng yirik oziq-ovqat va sanoat mollarining chakana savdosi tarmog'i. Hozirgi kunda tarmoq dunyoning 27 mamlakatida 10 000 dan ortiq do'konlariga egadir. Kompaniya boshqaruvi ilgari surishga muvaffaq bo'lgan va takomillashtirishda davom etayotgan Hammasi bir joyda va past narxlarda g'oyasi Wallmartning afzalligi bo'lib qoldi. Wallmart.com sayti har bir kishi uydan chiqmasdan kerakli mahsulotni topishi mumkin bo'lgan gipermarketlarning internet talqinidan iboratdir. 




    Costco
    Dunyodagi yirik o'z-o'ziga xizmat qilish omborxonalari tarmog'idir. Costco birinchi bo'lib, katta bo'lmagan miqdordagi ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini 60% gacha bo'lgan ma'lum darajadagi chegirmalarni o'rnatishga imkon beradigan past narxda sotish g'oyasini yo'lga qo'ydi. Omborxonalardan sotib olish qonun-qoidasi dunyoda hammabop xaridlardan biri bo'lib qoldi, chunki bu har ikki tomon uchun qulay va foydalidir. Costco.com sayti deyarli barcha narsalar xarid qilish mumkin bo'lgan internetdagi mahsulotlarning yirik omborxonasi ni namoyish qiladi.



    Download 0,52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abbosov Azizqul Kitob do’konini tizimini loyihalash

    Download 0,52 Mb.