|
chiqishda dalillarni to'plash va baholash masalalarini (so'roq qil Pdf ko'rish
|
bet | 159/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)chiqishda dalillarni to'plash va baholash masalalarini (so'roq qil
ish, tintuv qilish, ko'zdan kechirish, tergov eksperimenti o'tkazish
va boshqa shunga o'xshash protseduralar tartibini) tartibga
soluvchi tegishli moddalaridir.
Axborotlashtirish - huquqni qo'llash organlari barcha faoliyat
sohalarini texnik jihatdan qayta jihozlashning asosiy vositalaridan
biridir. Huquqni muhofaza qilish va huquqni qo'llash organlarini
axborot bilan ta’minlash maqsadida mahalliy tizimlar tashkil etiladi
(O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Sudi, O'zbekiston
Respublikasining Oliy Sudi, O'zbekiston Respublikasining Oliy
Xo'jalik Sudi, Prokuratura organlari tizimi, Adliya vazirligi, Ichki
ishlar vazirligida). Mazkur tizimlarning ma’lumotlar bazalarida har
bir organning faoliyat sohasiga mos keluvchi juda ko'p nonorma-
tiv axborotlar jamlanadi.
Ko'rib chiqilayotgan sohada o'ziga xos axborot munosabatlari
amal qiladi. Bu awalambor gorizontal munosabatlardir (masalan,
ikki idoraning axborot markazlari o'rtasidagi munosabatlar).
Axborot ishlab chiqarish va undan foydalanish bilan u yoki bu
darajada bog'liq bo'lgan jismoniy va yuridik shaxslar huquqni
qo'llash sohasidagi axborot munosabatlarining subyektlari hisobla
nadi. Ma’lum sharoitlarda fuqarolar ham bu sohaning subyektlari
bo'lishi mumkin. Bu o'rinda IIV axborot markazlari to'playdigan
shaxsiy ma’lumotlar bilan bog'liq holatlar nazarda tutilmoqda.
Manfaatdor shaxslar bu ma’lumotlar va ulaming nazorat qilinishi
bilan tanishishga haqlidir. Militsiya o'z zimmasiga yuklangan ma-
jburiyatlami bajarish uchun: korxona, tashkilot, muassasa va fu-
qarolardan axborotlarni beminnat olishga haqli, qonunda maxsus
|
| |