|
holatda yuridik normalarni amalga oshirish borasidagi maxsus Pdf ko'rish
|
bet | 158/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)holatda yuridik normalarni amalga oshirish borasidagi maxsus
tashkil qilingan harakatlardan iborat davlat-hokimiyat faoliyatidir.
Bu yuridik faoliyatning asosiy shakllaridan biri bo'lib, uning maz-
muni pozitiv huquq talablarini uning subyektlarining real xulq-
atvoriga o'tkazishdan iborat. Bunda umumiy huquqiy tartibga
solish individual huquqiy tartibga solish bilan almashtiriladi.
Huquqni qo'llash faoliyatini uning subyektlariga qarab turkum
lash mumkin. Huquqni qo'llash faoliyatining asosiy subyekti -
sud. Sud huquqni qo'llash faoliyatini adliya yo'li bilan amalga
oshiradi. Boshqa subyektlar - prokuratura organlari, IIV (har biri
o'z vakolatlari doirasida), ijro etuvchi hokimiyat organlari (vazirlar,
qo'mitalar), shuningdek barcha miqyosdagi mansabdor shaxslar
o'z burchlarini ado etish jarayonida huquqni qo'llash faoliyatini
amalga oshiradilar1.
Huquqni qo'llash faoliyati axborot ishlarining alohida turi -
yuridik isbotlash bilan bog'liq. Yuridik isbotlash - bu huquq
subyektlarining ishning asl holatlarini aniqlashga qaratilgan faoli
yatidir. Yuridik isbotlash jarayoni axborotlarning alohida turi -
dalillarga asoslanadi. Yuridik isbotlash - o'ziga xos axborot
jarayonidir.
Huquqni qo'llash faoliyatini axborotlar bilan ta’minlashni opti-
mallashtirish masalalariga bir qator normativ hujjatlar bag'ishlangan.
Avvalambor bu JPKning jinoyat ishlarini tergov qilish va ko'rib
1 Huquqni qo'llash faoliyatining mexanizmi Huquq normalarining talablarini amalga
oshirish subyektlari, davlat organlari, jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar, fuqaro-
lar va yuridik normalarning talablarini bajaruvchi boshqa individlaming bir qator
elementlarini (tizimchalarini) o'z ichiga oladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|
| |