|
sharoitlarida bir-birini aks ettirish jarayonlaridir. Bu jarayonlarning Pdf ko'rish
|
bet | 154/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)sharoitlarida bir-birini aks ettirish jarayonlaridir. Bu jarayonlarning
xususiyatlarini hisobga olish va ularni modellashtirish nizoli
vaziyatlarda ayniqsa muhimdir. Ijtimoiy boshqaruvning murakkab
vazifalarini hal qilishda refleksiv jarayonlar va ulardan amalda
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiyki, refleksiv o'yinlar
nazariyasining ayrim xulosalari va natijalari informatikaning ham
e’tiborini tortadi, chunki bu fanda ham ba’zan o'yinlar va ehtimol
tutilgan qonuniyatlar nazariyasi asosida maqbul strategiyani tan
lash talab etiladigan har xil nizoli vaziyatlar vujudga keladi. Har xil
protsessual manfaatlar vakillarining munosabatlari, aloqalari va
o'zaro ta’sirlari murakkab tizimini tashkil etuvchi jinoyat protsessi
bunga misol bo'lishi mumkin. Aynan shu holat nizoli vaziyatlarni
modellashtirish uchun obyektiv shart-sharoitlar yaratadi.
Situatsion boshqaruv nazariyasining metodlari. Situatsion
boshqaruv nazariyasi murakkab texnik va iqtisodiy tizimlarda
boshqaruv vazifalarini hal qilish quroli sifatida vujudga kelgan.
Bunday tizimlaming ko'pchiligining harakatini tenglama yoki teng-
lamalar sistemasi tilida ifoda etib bo'lmaydi. Boshqaruv ta’siri
muayyan vaziyatlarga tatbiqan shakllanadi. «Boshqaruv koman-
dalari» «ro'yxat» bilan beriladi. Har bir komanda tartibga soli-
nayotgan obyektning muayyan holatidan kelib chiqib beriladi.
Xuddi shunday vaziyat mohiyat e ’tibori bilan huquqiy tartibga
solishda ham uchraydi.
Huquq tizimida o'ziga xos senariylar almashishi jarayoni sodir
bo'ladi. Bir normativ vaziyat boshqa normativ vaziyatga o'tadi. Bir
amaliy tarkibning boshqa amaliy tarkibga o'tishi va dinamikasining
ma’lum qonuniyatlari va qoidalari mavjud bo'lsa kerak. Masalan,
|
| |